Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Muborak Qurbon hayitining maʼnaviy hayotimizdagi oʻrni va ahamiyatini, xalqimizga xos mehr-muruvvat, bagʻrikenglik va saxovat ifodasi ekanini eʼtiborga olib hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy bayram — Qurbon hayitini dam olish kuni deb eʼlon qilish haqida”gi 1991-yil 20-iyundagi PF-221-son
Farmoniga muvofiq:
1. 2009-yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 27-noyabrga toʻgʻri kelishi haqida Oʻzbekiston musulmonlari idorasining murojaatini inobatga olib, 2009-yil 27-noyabr dam olish kuni deb belgilansin va mamlakatimizda bayram sifatida keng nishonlansin.
2. Respublika “Nuroniy”, “Mahalla” jamgʻarmalari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati va boshqa barcha mutasaddi davlat va jamoat tashkilotlari Qurbon hayitining joylarda tartibli va yuqori darajada, xalqimizning milliy qadriyatlariga mos ravishda oʻtishi uchun tegishli tadbirlarni amalga oshirsin.
3. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga bayram tadbirlarini keng yoritish tavsiya etilsin.