Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi
Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning Urganch shahrida pravoslaviye cherkovi qurilishi toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Xorazm viloyati hokimligi pravoslaviye cherkovi qurilishi uchun Urganch shahri hududida yer maydoni ajratilishini taʼminlasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi Urganch shahrida pravoslaviye cherkovi qurilishi loyiha-smeta hujjatlarining belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini taʼminlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Urganch shahridagi pravoslaviye cherkovining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosarlari N.M. Xanov va R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.