Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Mannon Uygʻur nomidagi Toshkent davlat sanʼat institutining respublikadagi teatr sanʼati, kino, televideniye va sanʼatning boshqa sohalarida malakali mutaxassislar tayyorlovchi asosiy taʼlim muassasasi sifatidagi nufuzini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining Mannon Uygʻur nomidagi Toshkent davlat sanʼat institutini Oʻzbekiston Davlat sanʼat instituti deb qayta nomlash toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
2. Oʻzbekiston SSR Vazirlar Kengashining “A.N.Ostrovskiy nomidagi Toshkent davlat teatr-rassomlik institutini Mannon Uygʻur nomidagi Toshkent davlat sanʼat instituti deb qayta nomlash toʻgʻrisida” 1990-yil 24-sentabrdagi 318-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1990-y., 9-son, 34-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R. Qosimov zimmasiga yuklansin.