Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Nogiron bolalarning oʻqishi va dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Turon shoyisi” ochiq aksiyadorlik jamiyati, Fargʻona viloyati hokimligi, “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining Fargʻona viloyati, Margʻilon shahri, B.Margʻiloniy koʻchasi, 32-uyda joylashgan “Turon shoyisi” sanatoriy-profilaktoriy kompleksini “Turon shoyisi” ochiq aksiyadorlik jamiyati balansidan Fargʻona viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi balansiga Margʻilon shahridagi 22-son ixtisoslashtirilgan maktabining nogiron bolalari uchun bepul oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Fargʻona viloyati hokimligi, Xalq taʼlimi vazirligi “Turon shoyisi” ochiq aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda:
bir oy muddatda “Turon shoyisi” sanatoriy-profilaktoriy kompleksining belgilangan tartibda balansdan balansga berilishini va qabul qilib olinishini taʼminlasinlar;
berilayotgan “Turon shoyisi” sanatoriy-profilaktoriy kompleksi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 9-iyuldagi 321-son
qarori bilan tasdiqlangan 2004 — 2009-yillarda buziladigan, mukammal rekonstruksiya qilinadigan, mukammal va joriy taʼmirlanadigan umumtaʼlim maktablari oʻrniga yangi umumtaʼlim maktablarini qurishning asosiy koʻrsatkichlari doirasida 2006-yilda Maktab taʼlimini rivojlantirish dasturiga kiritsinlar, berilayotgan kompleksni keyinchalik rekonstruksiya qilsinlar va uning negizida aqliy jihatdan zaif bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab tashkil qilsinlar.
3. Vazirlar Mahkamasining “2003-2004-yillarda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturi toʻgʻrisida” 2003-yil 17-apreldagi 185-son
qaroriga 2-ilovadan 183-pozitsiya (“Turon shoyisi” sanatoriy-profilaktoriy kompleksi) chiqarib tashlansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari M.Z.Usmonov zimmasiga yuklansin.