Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston SSJ aholisini, ayniqsa aholi jon boshiga oʻrtacha daromadi kam boʻlgan oilalarni ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlarini roʻyobga chiqarishni davom ettirish maqsadida, jumhuriyatda keng avj olgan uy-joy qurilishi koʻlamlarining kattaligini hisobga olib hamda SSJI Prezidentining “Aholiga mahsulot sotishdan olinadigan soliqqa oid imtiyozlarni kengaytirish haqida” 1991-yil 5-apreldagi Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 28-martdagi 72-son qarorining
1-punkti toʻldirilib, shu yil 15-apreldan boshlab aholiga quyidagi mollarni sotishdan besh foizli soliq olinmasin:
3-kategoriyadagi umumiy ovqatlanish korxonalarining mahsulotlari;
mahalliy binokorlik materiallari;
pishiq gʻisht, xom gʻisht;
toshqol, keramzit va beton bloklar;
ohakli, sementli va murakkab qorishmalar;
gips, shagʻal, ohak, qum.
2. Oʻzbekiston SSJ Savdo vazirligi, Oʻzbekbirlashuv, Oʻzbekiston SSJ Moliya vazirligi, SSJI Davlat bankining Oʻzbekiston jumhuriyat banki, Qoraqalpogʻiston MSSJ Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya qoʻmitalari va Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasi mazkur qarorning bajarilishini taʼminlasinlar.