1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.02.00.00 Moliya va iqtisod sohasidagi boshqaruv]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Moliya / Umumiy masalalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HISOB PALATASINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining ijrosi, davlat aktivlari va passivlarining holati hamda harakati, qimmatbaho metallar va toshlar bilan operatsiyalar amalga oshirilishi, oltin-valyuta zaxiralarini boshqarish, xorijiy kapitalni respublika iqtisodiyotiga jalb etish va undan samarali foydalanish, davlatning tashqi qarzi oʻz vaqtida qaytarilishi doimiy monitoringi va nazoratini taʼminlash maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasining Hisob palatasi tashkil qilinsin.
Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi:
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 4-noyabrdagi PF-3157-son Farmoni bilan oʻz kuchini yoʻqotdi — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 10-11-son, 200-modda)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining 9 shtat birligidan iborat boʻlgan tuzilmasi 1-ilovaga* muvofiq;
(3-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 4-noyabrdagi PF-3157-son Farmoni bilan oʻz kuchini yoʻqotdi — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 10-11-son, 200-modda)
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.01.00 Umumiy qoidalar]
5. Belgilansinki, Hukumat yoki u vakil qilgan organlar oltin-valyuta zaxiralari bilan operatsiyalarni amalga oshirish boʻyicha tomonlardan biri sifatida harakat qiladigan barcha qarorlar Hisob palatasi bilan kelishilgan holda qabul qilinishi shart.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, idoralar bilan birgalikda bir oy muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni kiritsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasining Hisob palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni binosiga joylashtirilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Ishlar boshqarmasi Hisob palatasining faoliyati uchun zarur sharoitlarni yaratsin, shuningdek uskunalar, kompyuter texnikasi, telefon aloqasi, shu jumladan hukumat telefon aloqasi bilan taʼminlasin.
9. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi V.A. Golishev va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 21-iyun,
PF-3093-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 6-7-con, 109-modda, 10-11-son, 200-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 12-13-son, 89-modda; 2017-y., 32-son, 796-modda)