|
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
|
Hujjat 16.05.2008 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish |
| T/r | Maqsad | Tadbirlar | Muddatlari | Bajaruvchilar |
| I. Siyosiy soha | ||||
| 1. | Siyosiy-diplomatik munosabatlarni faollashtirish |
1.1. Toshkentda Oʻzbekiston Respublikasi va Avstriya Tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundini oʻtkazish |
2009-yil | Tashqi ishlar vazirligi |
| II. Iqtisodiy munosabatlar sohasi | ||||
| 2. |
Savdo-iqtisodiy va investitsiya sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish |
2.1. Venada Savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston-Avstriya qoʻshma komissiyasining toʻrtinchi yigʻilishini oʻtkazish |
2008-yil iyul | Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
| 2.2. Iqtisodiyot va mehnat federal vaziri boshchiligidagi Avstriya ishbilarmon doiralari delegatsiyasining Oʻzbekistonga tashrifini tashkil etish | 2008-yil II yarim yillik | Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar | ||
| III. Madaniy-gumanitar hamkorlik | ||||
| 3. |
Turistik qoʻshma charter reyslar tashkil etish hamda Oʻzbekiston vakillarini Avstriya oʻquv yurtlarida oʻqitish yoʻli bilan turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish |
3.1. Oʻzbekiston va Avstriya aviatsiya maʼmurlari oʻrtasida hamkorlik oʻrnatish, ikkala mamlakat oʻrtasida toʻgʻridan toʻgʻri havo aloqasi oʻrnatish masalalarini oʻrganish, shuningdek turistik qoʻshma charter reyslar tashkil etish |
2008-2009-yillar | “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi, “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi |
| 3.2. Oʻzbekiston vakillarini Vena va Zalsburg turizm va mehmonxona xoʻjaligi institutlarida oʻqitishni tashkil etish | 2008-2009-yillar | “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi, Tashqi ishlar vazirligi | ||
| 3.3. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan Avstriya Fanlar akademiyasi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimni imzolash | 2008-yil | Fanlar akademiyasi | ||
| 3.4. Oʻzbekistonda arxeologiya ekspeditsiyasini, Oʻzbekiston hududida topilgan qadimiy tangalar katalogini chiqarishni tashkil etish, Oʻzbekiston Respublikasi Sharqshunoslik instituti kolleksiyasidan eng noyob qoʻlyozmalar nashrini tayyorlash | 2008-yil | Fanlar akademiyasi, “Madaniyat va sanʼat forumi” fondi | ||
| 3.5. Avstriya universitetlarining “AKN” va “LKH” klinikalarida Avstriya tomoni hisobiga Oʻzbekiston vrachlarining stajirovkasini tashkil etish | 2008-2009-yillar | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi | ||
| 3.6. Avstriya va Oʻzbekiston jamoat tashkilotlari oʻrtasida madaniyat va xayriya sohasidagi sheriklik aloqalarini oʻrnatish | 2008-2009-yillar | “Madaniyat va sanʼat forumi” fondi | ||
| 3.7. Qoʻshma tadbirlarni, shu jumladan Avstriyada “Oʻzbekiston fotografiyasi – 125 yil” koʻrgazmasini, Oʻzbekiston vakillarining oʻquv, tajriba almashish va stajirovka dasturlarida, shu jumladan Oʻzbekistonlik tasviriy va amaliy sanʼat ustalari uchun ixtisoslashtirilgan dasturlarda ishtirokini tashkil etish | 2008-2009-yillar | “Madaniyat va sanʼat forumi” fondi | ||
| 3.8. “Yoshlar yili” davlat dasturi doirasida Oʻzbekistonda sogʻlom onalik va bolalik sohasida loyihani amalga oshirish uchun Avstriyaning tegishli tashkilotlarini jalb etish | 2008-yil | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ijtimoiy tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (FOPSI) | ||
| 3.9. Aholini ijtimoiy muhofaza qilish va maxsus taʼlim sohasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish | 2008-2009-yillar | Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Ijtimoiy tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (FOPSI) | ||
| 3.10. 2009-yilda Oʻzbekistonda Avstriya turistik kompaniyalari kongressini tashkil etish | 2009-yil | “Oʻzbekturizm” MK, “Madaniyat va sanʼat forumi” fondi | ||
| 3.11. Avstriyaning Pensionyerlar uyushmasi bilan pensiya yoshidagi kishilar uchun turizm sohasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish | 2008-2009-yillar | “Oʻzbekturizm” MK, “Madaniyat va sanʼat forumi” fondi | ||