1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.03.00 Import bojxona bojlari;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
“ISTEʼMOL TOVARLARINING AYRIM TURLARINI OLIB KELISh VA OLIB ChIQIB KETIShNI TARTIBGA SOLIShGA DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA” OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 1998 YIL 25 DEKABRDAGI PF-2160-SON FARMONIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Import operatsiyalarini bojxona-tarif yoʻli bilan tartibga solish chora-tadbirlari tizimini yanada erkinlashtirish va takomillashtirish maqsadida:
1. “Isteʼmol tovarlarining ayrim turlarini olib kelish va olib chiqib ketishni tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 25-dekabrdagi PF-2160-son Farmonining 1-bandi va ilovasi 2002-yilning 1-iyulidan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda import boj poshlinalarining amaldagi stavkalarini tanqidiy tahlil etib, ularni bir xil qilish va import operatsiyalarini bojxona-tarif yoʻli bilan tartibga solishni yanada takomillashtirish yuzasidan Hukumat qarorini qabul qilsin.
3. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 29-may,
PF-3078-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 96-modda)