toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.04.2018
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLIK PROTSESSUAL KODEKSINING 52-MODDASIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChA KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2009-yil 12-avgustda qabul qilingan
Senat tomonidan 2009-yil 28-avgustda maʼqullangan
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi OʻRQ-463-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 2018-yil 1-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustda qabul qilingan 477–I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 9-songa ilova; 2001-yil, № 1-2,11-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 8, 367-modda; 2008-yil, № 4, 185-modda; 2009-yil, № 1, 1-modda) 52-moddasining ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Quyidagilar shartnoma boʻyicha (ixtiyoriy) vakil boʻla oladilar:
1) advokatlar;
2) nasl-nasab shajarasi boʻyicha toʻgʻri tutashgan yoki yon shajara boʻyicha qarindoshlar, shuningdek er (xotin) yoxud uning qarindoshlari;
3) yuridik shaxslarning xodimlari — shu yuridik shaxslarning ishlari boʻyicha;
4) notijorat tashkilotlarning vakolatli vakillari — shu tashkilotlar aʼzolarining ishlari boʻyicha;
5) qonunga binoan boshqa shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish huquqi berilgan notijorat tashkilotlarning vakolatli vakillari;
6) birgalikda ishtirok etuvchilardan biri boshqa ishtirokchilarning topshirigʻi boʻyicha;
7) ishni koʻrayotgan sud tomonidan ishda jismoniy shaxslarning vakillari sifatida qatnashishga ruxsat berilgan shaxslar.
Sudda ish yuritish boʻyicha vakil sifatida professional faoliyat bilan faqat advokatlar shugʻullanishi mumkin”.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
 LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2009-yil 12-sentabrdagi 180 (4843)-sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 11-sentabr,
OʻRQ-218-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 37-son, 405-modda)