toggle_night_mode
Hujjat 09.09.2009 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT KODEKSINING 227-MODDASIGA OʻZGARTIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2009-yil 26-mayda qabul qilingan
Senat tomonidan 2009-yil 28-avgustda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007-yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008-yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda) 227-moddasining nomi va birinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“227-modda. Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning qatʼiy hisobidagi hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, shuningdek avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, xuddi shuningdek ularni nobud qilish, ularga shikast yetkazish, ularni yashirish gʻarazgoʻylik yoki boshqa past niyatlarda sodir etilgan boʻlsa”.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
 LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2009-yil 9-sentabrdagi 177 (4840)-sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 8-sentabr,
OʻRQ-215-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 37-son, 402-modda)