Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
“Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazi huzuridagi kardioxirurgiya boʻlimini rekonstruksiya qilish va jihozlash” loyihasini oʻz vaqtida amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Arab iqtisodiy taraqqiyot Quvayt jamgʻarmasi ishtirokida “Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazi huzuridagi kardioxirurgiya boʻlimini rekonstruksiya qilish va jihozlash” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 6-maydagi 85-son qarorini amalga oshirishda Quvayt Davlati Amirining Oʻzbekistonga rasmiy tashrifi paytida Arab iqtisodiy taraqqiyot Quvayt jamgʻarmasi bilan Qarz bitimi Oʻzbekiston tomoni bilan kelishgan holda teng darajani taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri tomonidan imzolanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri Oʻzbekiston tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri imzolagan Oʻzbekiston Respublikasi bilan Arab iqtisodiy taraqqiyot Quvayt jamgʻarmasi oʻrtasidagi Qarz bitimi yuzasidan belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S.Qosimov zimmasiga yuklansin.