toggle_night_mode
Hujjat 20.08.2009 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING DAVLAT AXBOROT RESURSLARINI HAMDA INTERAKTIV DAVLAT XIZMATLARINI HISOBGA OLIShNI TAKOMILLAShTIRIShGA OID AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Davlat axborot resurslarini hamda interaktiv davlat xizmatlarini hisobga olishni takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
tegishli davlat axborot resurslari hamda interaktiv davlat xizmatlari shakllantirilishini, ulardan foydalanilishini va ularning oʻz vaqtida qoʻllab-quvvatlanishini va yangilanishini taʼminlasinlar;
zaruriyatga koʻra davlat organlarining ishlatilayotgan axborot tizimlarini belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 20-avgust,
239-son
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 20-avgustdagi 239-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat axborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qoʻllab-quvvatlash uchun masʼul boʻlgan davlat organlari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2006-yil 20-fevraldagi 27-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 2-son, 11-modda):
a) 2-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligiga keyinchalik Roʻyxatga kiritish uchun yil mobaynida shakllantirilgan davlat axborot resurslari boʻyicha axborot kiritsinlar”;
b) 3-banddagi “har yili 1-fevralgacha” soʻzlari chiqarib tashlansin;
v) Davlat axborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qoʻllab-quvvatlash uchun masʼul boʻlgan davlat organlari roʻyxatida:
4-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 4-1 — 4-3-pozitsiyalar qoʻshilsin:

4-1.‎

Soliq toʻlovchilarning shaxsiy kartochkalari reyestri

Davlat soliq qoʻmitasi

4-2.‎

Soliq deklaratsiyalari reyestri

4-3.‎

Moliya va soliq hisoboti reyestri
36-1-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 36-2-pozitsiya qoʻshilsin:

36-2.

Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining hamda talabalarining bitiruv malaka ishlari va magistrlik dissertatsiyalari maʼlumotlar bazasi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

39-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 39-1-39-2-pozitsiyalar qoʻshilsin:

39-1.‎

Ozonni buzuvchi moddalarni olib kirish va olib chiqishni hisobga olish boʻyicha maʼlumotlar bazasi

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi

39-2.‎

Mahsulotlar va chiqindilarni ekologik ekspertizadan oʻtkazish maʼlumotlar bazasi
quyidagi mazmundagi 51-2-pozitsiya qoʻshilsin:

51-2.‎

Asosiy xomashyo tovarlari kotirovkalari maʼlumotlar bazasi

Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi

83-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 83-1 — 83-3-pozitsiyalar qoʻshilsin:

83-1.‎

Bojxona yuk deklaratsiyasi maʼlumotlar bazasi

Davlat bojxona qoʻmitasi

83-2.‎

Roʻyxatdan oʻtkazilgan tashqi savdo kontraktlari boʻyicha maʼlumotlar bazasi

83-3.‎

Davlat chegarasi orqali oʻtayotgan transport vositalari boʻyicha maʼlumotlar bazasi
quyidagi mazmundagi 116 — 123-pozitsiyalar qoʻshilsin:

116.‎

Jamgʻarib boriladigan pensiya tizimining yagona maʼlumotlar bazasi

Davlat-tijorat Xalq banki

117.‎

Malaka toifalari toʻgʻrisida sertifikat olgan Oʻzbekiston Respublikasi umumtaʼlim maktablari pedagoglari reyestri

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi

118.‎

Akkreditatsiya qilingan taʼlim muassasalari toʻgʻrisidagi reyestr

119.‎

Yuridik shaxslarga temir yoʻl transporti obyektlari, mahsulotlari va texnologiyalarini ularning belgilangan talablarga muvofiqligi yuzasidan berilgan qabul qilish xulosalari reyestri

Oʻzbekiston Respublikasi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

120.‎

Milliy va xorijiy axborot resurslari maʼlumotlar bazasi

Oʻzbekiston milliy kutubxonasi

121.‎

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining tayyor ilmiy-texnik ishlanmalari maʼlumotlar bazasi

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi

2. Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuridik va jismoniy shaxslar bilan oʻzaro hamkorligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 23-avgustdagi 181-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 8-son, 50-modda):
a) 3-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “har yili 1-dekabrgacha” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 4-banddagi “har yili 1-fevralgacha” soʻzlari chiqarib tashlansin;
v) Bazaviy interaktiv davlat xizmatlari reyestrida:
4-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 4-1 — 4-5-pozitsiyalar qoʻshilsin:

4-1.‎

Davlat notarial idoralari hamda xususiy amaliyot bilan shugʻullanayotgan notariuslar idoralari reyestri toʻgʻrisida maʼlumotlar taqdim etish

Adliya vazirligi

4-2.‎

Advokatlar, shuningdek advokatlik byurolari, advokatlik firmalari, advokatlar hayʼatlari, yuridik maslahatxonalar reyestri toʻgʻrisida maʼlumotlar taqdim etish

4-3.‎

Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilgan yuridik shaxslar birlashmalari reyestri toʻgʻrisida maʼlumotlar taqdim etish

4-4.‎

Oʻzbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarini davlat roʻyxatiga olish reyestri toʻgʻrisida maʼlumotlar taqdim etish

4-5.‎

Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining Davlat reyestri toʻgʻrisida maʼlumotlar taqdim etish
24-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 24-1-pozitsiya qoʻshilsin:

24-1.‎

Elektron soliq deklaratsiyalarini qabul qilish va ularni umumlashtirish

Davlat soliq qoʻmitasi

27-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 27-1-pozitsiya qoʻshilsin:

27-1.‎

Tovarlarni ishlab chiqaruvchilardan olingan tovarlarning ayrim turlari eksport narxlari boʻyicha axborot berish

Davlat bojxona qoʻmitasi

40-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 40-1-40-2-pozitsiyalar qoʻshilsin:

40-1.‎

Radiochastotalarning taqsimlanishi boʻyicha axborot berish

Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi

40-2.‎

Davlat organlarining interaktiv davlat xizmatlari toʻgʻrisida axborot berish
43-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 43-1-pozitsiya qoʻshilsin:

43-1.‎

Viza anketalarini elektron tarzda qabul qilish

Tashqi ishlar vazirligi

quyidagi mazmundagi 50 — 84-pozitsiyalar qoʻshilsin:
50.‎ Aviakompaniya tomonidan real vaqt rejimida koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini aniqlash uchun anketa “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK
51.‎ Olib kirilayotgan va olib chiqilayotgan ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ular boʻlgan moddalar toʻgʻrisida axborot berish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi
52.‎ Ekologiya sertifikati berish boʻyicha axborot berish
53.‎ Yer osti boyliklari uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun berilgan litsenziyalar boʻyicha axborot berish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi
54.‎ Mahsulotlar (xizmatlar)ni sertifikatlash boʻyicha akkreditatsiya qilingan organlar toʻgʻrisida axborot berish Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi
55.‎ Akkreditatsiya qilingan sinov (oʻlchov) laboratoriyalari boʻyicha axborot berish
56.‎ Avtomobil va daryo transportida yoʻlovchilar va yuk tashish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyalar berish boʻyicha axborot taqdim etish Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi
57.‎ Yangi ilmiy loyihalar boʻyicha tanlovga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot muassasalarida bajarilgan ilmiy ishlanmalar toʻgʻrisidagi arizalarni roʻyxatdan oʻtkazish tartibi haqida axborot berish Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
58.‎ Kredit tashkilotlari (banklar, kredit uyushmalari, lombardlar, mikrokredit tashkilotlari), shuningdek qimmatli qogʻozlar blankalarini tayyorlash huquqiga ega boʻlgan yuridik shaxslar toʻgʻrisida axborot berish Markaziy bank
59.‎ Kreditlar, mikrokreditlar berish boʻyicha, shuningdek xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy banklarning kredit liniyalari toʻgʻrisida axborot taqdim etish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, tijorat banklari
60.‎ Bank omonatlari boʻyicha axborot berish
61.‎ Bank kartalari berish boʻyicha axborot taqdim etish
62.‎ Kartochkalar, terminallar, bankomatlardan foydalanish, terminallarni oʻrnatish, taʼmirlash va almashtirish boʻyicha axborot berish
63.‎ Ilmiy loyihalar tanloviga berilayotgan buyurtmanomalarni roʻyxatdan oʻtkazish Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi
64.‎ Innovatsion ilmiy ishlanmalar, ilmiy loyihalar tanlovlari, shuningdek ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejalari toʻgʻrisida axborot berish
65.‎ Innovatsion mahsulotlar yarmarkasida qatnashish uchun buyurtmanomalarni roʻyxatdan oʻtkazish
66.‎ Qimmatli qogʻozlarning chiqarilishi, qimmatli qogʻozlar bozorining professional qatnashchilari toʻgʻrisida axborot berish Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi
67.‎ Paxta mahsulotlari tashqi koʻrinishi standart namunalariga b�yurtmalar qabul qilish toʻgʻrisida axborot berish Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Sifat” Oʻzbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi
68.‎ Quyidagilar:
‎ichki va xalqaro havo yoʻnalishlarida yoʻlovchilar va yuk tashish;
‎havo yoʻnalishlarida yoʻlovchilar va yuk tashish bilan bogʻliq aeroportlarda havo kemalariga xizmat koʻrsatish;
‎aviatsiya ishlarini bajarish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziya berish yuzasidan axborot taqdim etish
Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
69.‎ Ichki va xalqaro yoʻnalishlarda temir yoʻl transportida yuk va yoʻlovchilar tashish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziya berish yuzasidan axborot taqdim etish Oʻzbekiston Respublikasi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
70.‎ Yuridik shaxslarga obyektlarni, mahsulotlar va texnologiyalarni ularning belgilangan standartlarga muvofiqligi yuzasidan berilgan qabul qilish xulosalari boʻyicha axborot berish
71.‎ Gʻallani, dukkakli donlarni, yogʻli ekinlar hosilini va ularni qayta ishlash mahsulotlarini sertifikatlash, gʻallani va uni qayta ishlash mahsulotlarini tekshirish tartibi, ushbu tarmoqda sinov vositalarini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisida axborot berish Davlat don inspeksiyasi
72.‎ Energetik tekshirish va ekspertiza oʻtkazish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziya berish, shuningdek isteʼmol obyektlarining energiya taʼminoti loyihalarini kelishib olish boʻyicha axborot berish Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi
73.‎ Energetik tekshirish va ekspertiza oʻtkazish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litse�ziyaga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar roʻyxatini berish
74.‎ Davlat kinostudiyalari tomonidan tayyorlangan audiovizual asarlar toʻgʻrisida axborot berish “Oʻzbekkino” milliy agentligi
75.‎ Kino, videomahsulotlarni ishlab chiqarish, koʻpaytirish, dublyaj qilish, sotish va prokatga berish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziya berish yuzasidan axborot taqdim etish
76.‎ Elektron katalogdan, milliy va xorijiy elektron resurslardan foydalanishga ruxsat berish, adabiyotlarga buyurtma berish Oʻzbekiston milliy kutubxonasi
77.‎ Shahar transporti yoʻnalishlari toʻgʻrisida axborot berish “Toshshahartrans-xizmat” uyushmasi
78.‎ Elektron temir yoʻl chiptalarini band qilish va sotish xizmatlari koʻrsatish, poyezdlarda yoʻl haqi narxi toʻgʻrisida axborot berish “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi
79.‎ Oʻzbekiston Respublikasi hududida temir yoʻlda yurishda imtiyozlar toʻgʻrisida axborot berish
80.‎ Aholi va xoʻjalik yurituvchi subyektlar uchun tabiiy gazdan foydalanish tariflari hamda tabiiy gaz bilan taʼminlash tarmoqlariga servis xizmati koʻrsatish uchun arizalarning elektron shakllari toʻgʻrisida axborot berish “Oʻzbekneftgaz” MXK
81.‎ “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi zavodlarida ishlab chiqarilayotgan neft mahsulotlari roʻyxatini taqdim etish
82.‎ Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, shu jumladan isteʼmol tovarlari, shartnomalarning namunaviy shakllari, isteʼmol tovarlarining doimiy yangilab boriladigan prays-varaqlari toʻgʻrisida axborot berish “Olmaliq KMK” AJ
83.‎ Rux va qoʻrgʻoshin konsentratini qayta ishlash xizmatlari koʻrsatish, yetkazib beriladigan konsentrat sifatiga, namunaviy kontrakt shakliga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisida axborot berish
84.‎ Lizing xizmatlari toʻgʻrisida axborot berish “Oʻzqishloqxoʻjalik-mashlizing” kompaniyasi
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 34-son, 374-modda; 2017-y., 38-son, 1037-modda)