1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.03.00 Tarif setkalari. Mansab okladlari;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.10.00.00 Ayrim toifadagi xodimlarning mehnatini (xizmatini) tartibga solishning xususiyatlari / 05.10.02.00 Fan va taʼlim (ayrim xodimlar xizmati) sohasidagi mehnatni tartibga solishning xususiyatlari;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.04.00 Ilmiy xodimlar, ilmiy muassasalar mutaxassislari (maqom, attestatsiya, ilmiy daraja va unvonlar)]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Fan va ilmiy faoliyat]
ILMIY XODIMLAR MEHNATINI YANADA RAGʻBATLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ilmiy xodimlarning ilmiy tadqiqotlarni ishlab chiqishga va olingan natijalarni amaliyotga joriy etishga qoʻshgan ilmiy va mehnat hissasiga qarab ularni moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2008-yil 29-dekabrdagi PQ-1024-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Budjet mablagʻlari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi hamda ilmiy-texnika dasturlarini bajaruvchi boshqa vazirliklar va idoralar, ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalari, tashkilotlar:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.03.00 Ilmiy muassasalarni va ilmiy faoliyatni moliyalashtirish]
oʻzlariga ilmiy-tadqiqot ishlanmalarini bajarish uchun ajratiladigan budjet mablagʻlarini hisoblash va taqsimlashda ilmiy va rahbar xodimlar bazaviy lavozim maoshlarining ushbu qaror bilan tasdiqlangan miqdorlariga qatʼiy amal qilsinlar;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.03.00 Ilmiy muassasalarni va ilmiy faoliyatni moliyalashtirish]
ilmiy xodimlarni moddiy ragʻbatlantirishni, shu jumladan iqtisodiyot tarmoqlarida ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini joriy etish samaradorligini oshirish, budjet mablagʻlarini tejash va xoʻjalik hisobidagi faoliyatni amalga oshirishdan olinadigan budjetdan tashqari daromadlarni koʻpaytirish hisobiga yanada kuchaytirish boʻyicha tizimli asosda chora-tadbirlar koʻrsinlar.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasining ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda ilmiy-texnika dasturlarini bajaruvchi tashkilotlar tomonidan mehnatga haq toʻlash fondining 5 foizi miqdorida ilmiy xodimlarni moddiy ragʻbatlantirishning maxsus jamgʻarmalarini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
tashkil etilayotgan jamgʻarmalar mablagʻlari hisobiga alohida oʻrnak koʻrsatgan, ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishga aniq mehnat va ilmiy hissa qoʻshgan ilmiy xodimlar moddiy ragʻbatlantiriladi;
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.22.00.00 Davlat mukofotlari, pul va boshqa mukofotlar]
ilmiy xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish ular uchun yiliga 5 tagacha bazaviy lavozim maoshlari miqdorida biryoʻla toʻlanadigan mukofotlar belgilash yoʻli bilan Ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalari huzuridagi ilmiy kengash qarorlariga binoan amalga oshiriladi.
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-avgustdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2018-y., 09/18/662/1764-son)
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.03.00 Mehnatni ragʻbatlantirish. Turlari va qoʻllash tartibi]
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ikki hafta muddatda Ilmiy xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasini shakllantirish va uning mablagʻlaridan foydalanish tartibini tasdiqlasinlar, unda ilmiy xodimlarni mukofotlashning ilmiy-texnika dasturlarini ishlab chiqishga, shuningdek tadqiqotlar natijalaridan iqtisodiyot tarmoqlarida foydalanishga ular qoʻshgan aniq hissa darajasini hisobga oladigan asosiy mezonlar belgilanishini nazarda tutsinlar.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 18-avgust,
233-son
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-avgustdagi 233-son qaroriga ILOVA
Budjet mablagʻlari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari
fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan
7 040 385
fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va katta ilmiy xodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan
6 730 020
fan nomzodi yoki falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan
6 468 660
2.
Direktorning ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, institut va boshqa ilmiy muassasalar filialining direktori
fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan
6 370 650
fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va katta ilmiy xodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan
6 043 950
fan nomzodi yoki falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki ilmiy unvoniga ega boʻlgan
5 553 900
3.
Institutning ilmiy kotibi, Ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi (boʻlimi) mudiri
fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan
6 337 980
fan nomzodi yoki falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va katta ilmiy xodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan
5 945 940
fan nomzodi yoki falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki katta ilmiy xodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan
5 766 255
4.
Filial va boshqa ilmiy muassasalar direktorining ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari
fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan
6 043 950
fan nomzodi yoki falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va katta ilmiy xodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan
5 766 255
fan nomzodi yoki falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki katta ilmiy xodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan
5 341 545
5.
Bosh ilmiy xodim
fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan
6 043 950
fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va yoki katta ilmiy xodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan
5 684 580
fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega boʻlgan
5 423 220
6.
Yetakchi ilmiy xodim
fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va ilmiy unvonga ega boʻlgan
5 112 855
fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega boʻlgan
4 786 155
fan nomzodi yoki falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki ilmiy unvonga ega boʻlgan
4 361 445
7.
Katta ilmiy xodim
fan nomzodi yoki falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va ilmiy unvonga ega boʻlgan
4 459 455
fan nomzodi yoki falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki ilmiy unvonga ega boʻlgan
4 198 095
ilmiy darajaga yoki ilmiy unvonga ega boʻlmagan (2 yildan ortiq ilmiy faoliyat tajribasiga ega boʻlgan)
3 838 725
8.
Kichik ilmiy xodim
fan nomzodi yoki falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki ilmiy unvonga ega boʻlgan
3 936 735
ilmiy darajaga yoki ilmiy unvonga ega boʻlmagan (2 yildan ortiq ilmiy faoliyat tajribasiga ega boʻlgan)
3 675 375
ilmiy darajaga yoki ilmiy unvonga ega boʻlmagan (2 yilgacha ilmiy faoliyat tajribasiga ega boʻlgan)
3 414 015
9.
Stajer tadqiqotchi
3 021 975
Izohlar:
Fan nomzodi yoki falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan bosh ilmiy xodimlarning maoshi fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va katta ilmiy xodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan bosh ilmiy xodimning bazaviy lavozim maoshi darajasida belgilanadi.
Ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari (boʻlimi) mudirlarining oʻrinbosarlarining bazaviy lavozim maoshi ularga berilgan ilmiy darajalar va unvonlarga muvofiq ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari (boʻlimi) mudirlarining lavozim maoshiga nisbatan 5 foizga kamaytirgan holda belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlarida loyihalar rahbarlari lavozimlari yoki shunga oʻxshash lavozimlar nazarda tutilgan hollarda, ushbu lavozimlarga ilmiy-tadqiqot boʻlimlari mudirlarining bazaviy lavozim maoshlari belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining eng kam oylik ish haqi miqdorini oshirish toʻgʻrisidagi Farmonlari qabul qilinishi munosabati bilan bazaviy lavozim maoshlari oʻzgargan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining ilmiy va rahbar xodimlarning bazaviy lavozim maoshlari miqdorlarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qoʻshma qarori chiqariladi.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2019-yil 20-sentabrdagi 13q/q, 29-2019q/q-sonli qarori (roʻyxat raqami 3186, 03.10.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.10.2019-y., 10/19/3186/3847-son)