1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.84.00 (Кучини йукотган) Chet ellik fuqarolarni oʻquv muassasalariga oʻqishga qabul qilish]
XORIJIY FUQAROLARNING OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA DAVLAT UMUMIY OʻRTA TAʼLIM MUASSASALARIGA OʻQIShGA KIRIShI UChUN HUJJATLARNI TAQDIM ETISh VA ULARNI KOʻRIB ChIQISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMANI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2023-yil 29-maydagi 1-mh-sonli ““Oʻzbekiston Respublikasi davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga xorijiy fuqarolar tomonidan oʻqishga kirish uchun hujjatlarni taqdim etish va ularni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1992-4, 06.06.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 4-avgustdagi “Xorijiy fuqarolarni Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish va oʻqitish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 169-sonli qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlaritoʻplami, 2008-y., 31-32-son, 304-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman:
1. Xorijiy fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni taqdim etish va ularni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Xalq taʼlimi vaziri Gʻ. ShOUMAROV
Toshkent sh.,
2009-yil 6-iyul,
180-son
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirining 2009-yil 6-iyuldagi 180-sonli buyrugʻiga ILOVA
Xorijiy fuqarolarni Oʻzbekiston Respublikasi davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni taqdim etish va ularni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisida
1. Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 4-avgustdagi 169-son “Xorijiy fuqarolarni Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish va oʻqitish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 31-32-son, 304-modda) muvofiq xorijiy fuqarolarni Oʻzbekiston Respublikasi davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga (keyingi oʻrinlarda maktab deb yuritiladi) oʻqishga kirish uchun hujjatlarni taqdim etish va ularni koʻrib chiqish tartibini belgilaydi.
2. Maktablarda xorijiy fuqarolarni oʻqishga qabul qilish va oʻqitish boʻyicha barcha ishlarni tashkil etish, oʻquv-uslubiy rahbarlik qilish va muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
3. Maktablarga oʻqishga kirish istagini bildirgan xorijiy fuqarolar mazkur Yoʻriqnoma bilan tanishtirilishi lozim.
II. Xorijiy fuqarolarning hujjatlarini qabul qilish tartibi
4. Xorijiy fuqarolar maktabga oʻqishga kirish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
bola ota-onasining uni maktabga qabul qilish toʻgʻrisidagi arizasi;
oʻrganilgan fanlar va ular boʻyicha imtihonlarda olingan baholar (ballar) koʻrsatilgan maʼlumoti haqidagi hujjatlarning asl nusxalari va notarial tasdiqlangan nusxalari;
5. Hujjatlar xorijiy fuqaro oʻqish istagini bildirgan maktab maʼmuriyati qoshidagi qabul komissiyasiga (keyingi oʻrinlarda qabul komissiyasi deb yuritiladi) taqdim etiladi.
6. Qabul komissiyasi xorijiy fuqaro ishtirokida uning til tayyorgarligidan oʻtish masalasini aniqlaydi va tegishli tavsiya beradi.
Maktablarga oʻqishga kirayotgan xorijiy fuqarolar, zarurat boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda, oʻqiyotgan joyida til oʻrganish boʻyicha tayyorgarlik kursini oʻtaydilar.
7. Qabul komissiyasi tomonidan maktabda oʻqish istagini bildirgan xorijiy fuqaroning hujjatlari, uni oʻqishga qabul qilish boʻyicha tuzilgan dalolatnoma hamda u bilan tuziladigan shartnoma (kontrakt) loyihasi tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimiga yuboriladi, shundan soʻng ular tomonidan hujjatlar jamlanib Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalariga yuboriladi.
III. Xorijiy fuqarolarning hujjatlarini koʻrib chiqish tartibi
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari tegishli xalq taʼlimi boʻlimlari tomonidan taqdim qilingan xorijiy fuqarolar hujjatlarini tekshiradi va bir hafta mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligiga koʻrib chiqish uchun yuboradi.
9. Xorijiy fuqarolarning hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzurida tuzilgan xorijiy fuqarolarni maktabga oʻqish uchun qabul qilish boʻyicha maxsus komissiya (keyingi oʻrinlarda maxsus komissiya deb yuritiladi) tomonidan 10 kunlik muddatda koʻrib chiqiladi.
10. Maxsus komissiya hujjatlarni oʻrganish jarayonida hujjatlarga aniqlik kiritish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi nomidan tegishli vazirliklar, idoralar va tashkilotlarga soʻrov xatlari yuborish huquqiga ega.
11. Maxsus komissiya oʻrganilgan hujjatlarga asoslanib, xorijiy fuqaroni maktabga qabul qilish yoki qabul qilmaslik toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
12. Maxsus komissiyaning xorijiy fuqaroni maktabga qabul qilish toʻgʻrisidagi qarori u bilan shaxsiy shartnoma (kontrakt) tuzish uchun asos boʻladi.
13. Maxsus komissiya tomonidan xorijiy fuqaroni maktabga qabul qilish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingandan soʻng, hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tegishli maktablarga yuborish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalariga yuboriladi.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining xorijiy fuqaroni maktabga qabul qilish boʻyicha yozma koʻrsatmasiga asosan maktab maʼmuriyati xorijiy fuqaroni maktabga qabul qilish yuzasidan oʻz buyrugʻini chiqaradi hamda xorijiy fuqaro va maktab oʻrtasida oʻqish boʻyicha shaxsiy shartnoma (kontrakt) tuzadi.
16. Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan.