Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Soliq toʻlovchilarga axborot xizmati koʻrsatishni va davlat soliq xizmati organlarining axborot tizimini yanada takomillashtirish, maʼlumotlar uzatish tezligini oshirish va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash asosida tarmoqqa ruxsatsiz ulanish xavfsizligini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 4-avgustdagi 157-son qarori bilan tasdiqlangan 2006 — 2010-yillarda soliq toʻlovchilarga axborot xizmati koʻrsatish va davlat soliq xizmati organlarining axborot tizimini takomillashtirish
dasturiga muvofiq:
aloqaning yoʻldosh tizimi bazasida maʼlumotlar uzatish tarmogʻidan aloqaning optik tola liniyasiga asoslangan yerusti aloqa kanallari asosida yaratiladigan korporativ tarmoqqa bosqichma-bosqich oʻtishni nazarda tutadigan “Oʻzbektelekom” AK kommunikatsiyalari tarmogʻi bazasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi maʼlumotlar uzatish korporativ tarmogʻini modernizatsiya qilish” investitsiya loyihasi belgilangan tartibda ishlab chiqilgani, vakolatli organlarda ekspertizadan oʻtgani va uning dastlabki texnik-iqtisodiy hisob-kitobi tasdiqlanganligi;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan maʼlumotlar uzatishning korporativ tarmogʻini modernizatsiya qilish uchun texnologik asbob-uskunalarni yetkazib berish va montaj qilishga tender oʻtkazilganligi va uning yakunlari boʻyicha tender gʻolibi “TexnoServ AS” MChJ (Rossiya Federatsiyasi) bilan 3980 ming AQSh dollari summasiga kontrakt tuzilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi oʻtkazilgan tendyerlarni hisobga olgan holda “Oʻzbektelekom” AK kommunikatsiyalari tarmogʻi bazasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi maʼlumotlar uzatish korporativ tarmogʻini modernizatsiya qilish” investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy hisob-kitobini ikki oy muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan roʻyxat boʻyicha davlat soliq xizmati organlari maʼlumotlar uzatish korporativ tarmogʻini modernizatsiya qilish uchun zarur boʻlgan, chetdan olib kelinadigan asbob-uskunalar, buyumlar va materiallarga bojxona toʻlovlari toʻlashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlari bundan mustasno) ozod qilinsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.