toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.09.2019
Hujjat 19.01.2019 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
MEHNATGA HAQ TOʻLAShNING YAGONA TARIF SETKASINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-sentabrdagi 775-sonli “Mehnatga haq toʻlash yagona tarif setkasini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida” 2009-yil 8-iyuldagi PF-4119-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda ish haqining ragʻbatlantiruvchi ahamiyatini yanada kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdori Mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasiga asos qilib olinsin va yangi tarif koeffitsiyentlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 11-yanvardagi 6-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 2-son, 17-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-dekabrdagi 976-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2018-y., 09/18/976/2282-son)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Ushbu qaror 2009-yil 1-avgustdan boshlab kuchga kiradi.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 21-iyul,
206-son
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 21-iyuldagi 206-son qaroriga
1-ILOVA
Mehnatga haq toʻlashning yagona tarif
SETKASI
Oldingi tahrirga qarang.

Mehnatga haq toʻlash razryadlari‎

Tarif koeffitsiyentlari‎

1‎

2,847‎

2‎

2,997‎

3‎

3,148‎

4‎

3,297‎

5‎

3,612‎

6‎

3,941‎

7‎

4,284‎

8‎

4,640‎

9‎

4,997‎

10‎

5,362‎

11‎

5,733‎

12‎

6,115‎

13‎

6,503‎

14‎

6,893‎

15‎

7,292‎

16‎

7,697‎

17‎

8,106‎

18‎

8,522‎

19‎

8,943‎

20‎

9,371‎

21‎

9,804‎

22‎

10,240‎

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-yanvardagi 47-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2019-y., 09/19/47/2508-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-dekabrdagi 976-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2018-y., 09/18/976/2282-son)
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 21-iyuldagi 206-son qaroriga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2006-yil 26-oktabrdagi 218-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2006-yil 26-oktabrdagi 218-son qaroriga oʻzgartirish kiritish haqida” 2007-yil 7-avgustdagi 166-son qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2006-yil 26-oktabrdagi 218-son qaroriga oʻzgartirish kiritish haqida” 2007-yil 19-noyabrdagi 239-son qarori.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2006-yil 26-oktabrdagi 218-son qaroriga oʻzgartirish kiritish haqida” 2008-yil 9-apreldagi 65-son qarori.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 30-31-son, 344-modda; 2012-y., 2-son, 17-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2018-y., 09/18/976/2282-son; 19.01.2019-y., 09/19/47/2508-son)