1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.03.00 Tarif setkalari. Mansab okladlari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]
MEHNATGA HAQ TOʻLAShNING YAGONA TARIF SETKASINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-sentabrdagi 775-sonli “Mehnatga haq toʻlash yagona tarif setkasini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida” 2009-yil 8-iyuldagi PF-4119-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda ish haqining ragʻbatlantiruvchi ahamiyatini yanada kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdori Mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasiga asos qilib olinsin va yangi tarif koeffitsiyentlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 11-yanvardagi 6-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 2-son, 17-modda)
2. Vazirlar Mahkamasining “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qaroriga 1-ilova (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 12-son, 64-modda) 2-ilovaga muvofiq tahrirda bayon qilinsin.
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 21-iyuldagi 206-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2006-yil 26-oktabrdagi 218-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2006-yil 26-oktabrdagi 218-son qaroriga oʻzgartirish kiritish haqida” 2007-yil 7-avgustdagi 166-son qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2006-yil 26-oktabrdagi 218-son qaroriga oʻzgartirish kiritish haqida” 2007-yil 19-noyabrdagi 239-son qarori.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2006-yil 26-oktabrdagi 218-son qaroriga oʻzgartirish kiritish haqida” 2008-yil 9-apreldagi 65-son qarori.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 30-31-son, 344-modda; 2012-y., 2-son, 17-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2018-y., 09/18/976/2282-son; 19.01.2019-y., 09/19/47/2508-son)