toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “XALQ BADIIY HUNARMANDChILIKLARI VA AMALIY SANʼATINI YaNADA RIVOJLANTIRIShNI DAVLAT YOʻLI BILAN QOʻLLAB QUVVATLASh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA” 1997-YIL 31 MARTDAGI FARMONINING 2-BANDIDA KOʻZDA TUTILGAN IMTIYOZLARNING AMAL QILISh MUDDATINI UZAYTIRISh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq badiiy hunarmandchiliklari va amaliy sanʼatini yanada rivojlantirishni davlat yoʻli bilan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1997-yil 31-martdagi PF-1741-sonli Farmonining 2-bandida koʻzda tutilgan imtiyozlarning amal qilish muddati 2005-yilning 1-apreliga qadar uzaytirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 29-yanvar,
PF-3020-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 1-son, 33-modda)