1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.10.00.00 Xalqaro xavfsizlik huquqi / 19.10.02.00 Qurollanishni cheklash va qisqartirish. Qurolsizlanish]
[TSZ:
1.Tashqi siyosat va xalqaro munosabatlar / Xalqaro shartnomalar (bitmlar)]
ATOM ENERGIYASIDAN TINCHLIK YOʻLIDA FOYDALANISH SOHASIDAGI XALQARO SHARTNOMALAR BOʻYICHA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING MAJBURIYATLARINI BAJARISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 28-moddasiga muvofiq, shuningdek atom energiyasidan tinchlik yoʻlida foydalanish sohasidagi xalqaro shartnomalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlarini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining2019-yil 6-martdagi 195-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son)
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.02.00 Shartnomalarni tuzish va ularning kuchga kirishi]
Oʻzbekiston Respublikasi va Atom energiyasi boʻyicha xalqaro agentlik oʻrtasidagi Yadroviy qurolni tarqatmaslik toʻgʻrisidagi 1994-yil 8-oktabrdagi shartnoma bilan bogʻliq boʻlgan kafolatlarni qoʻllash toʻgʻrisidagi Bitim hamda Bitimga 1998-yil 22-sentabrda Toshkent shahrida imzolangan Qoʻshimcha protokol boʻyicha;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Atom energiyasi boʻyicha Yevropa Hamjamiyati (Yevratom) oʻrtasida atom energiyasidan tinchlik yoʻlida foydalanish sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida 2003-yil 6-oktabrda Bryussel shahrida imzolangan Bitim boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishini taʼminlash boʻyicha vakolatli organ etib belgilansin.
2. Atom energiyasi boʻyicha xalqaro agentlikka (MAGATE) va Yevratomga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda axborotlar tayyorlash va ularni (bayonot, hisobotlar, xabarnomalar, hisobotlarga qoʻshimcha va tushuntirishlar) taqdim etish Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasiga yuklansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining2019-yil 6-martdagi 195-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi MAGATE va Yevratomni Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi ushbu qarorning 1-bandida koʻrsatilgan Bitimlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi majburiyatlarining bajarilishini taʼminlash boʻyicha vakolatli organ etib belgilanganligi toʻgʻrisida belgilangan tartibda xabardor qilsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining2019-yil 6-martdagi 195-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son)
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.R. Shoismatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 25-iyun,
179-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 27-son, 314-modda; 2010-y., 51-son, 486-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)