1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.02.00 Oʻrmonlarni muhofaza qilish va foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi / 11.06.02.01 Umumiy qoidalar;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Tabiiy resurslar / Oʻsimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish]
VAZIRLAR MAHKAMASINING “QIShLOQ VA SUV XOʻJALIGI VAZIRLIGINING OʻRMON XOʻJALIGI BOSh BOShQARMASI HUZURIDA MANZARALI BOGʻDORChILIK VA OʻRMON XOʻJALIGI RESPUBLIKA ILMIY-IShLAB ChIQARISh MARKAZINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA” 2005 YIL 2-MARTDAGI 76-SON QARORIGA OʻZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-sonli “Oʻrmon xoʻjaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi huzuridagi Manzarali bogʻdorchilik va oʻrmon xoʻjaligi respublika ilmiy-ishlab chiqarish markazini moliyalashtirish manbalarini aniqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi huzurida Manzarali bogʻdorchilik va oʻrmon xoʻjaligi respublika ilmiy-ishlab chiqarish markazini tashkil etish toʻgʻrisida” 2005-yil 2-martdagi 76-son qarorining 6-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“6. Manzarali bogʻdorchilik va oʻrmon xoʻjaligi respublika ilmiy-ishlab chiqarish markazi hamda uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning faoliyati xoʻjalik faoliyatidan olingan daromadlar, oʻrmon xoʻjaligi tadbirlariga budjetdan ajratilgan mablagʻlar hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi”.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 17-iyun,
167-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 25-son, 287-modda)