1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrotaʼminot]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Hisobga olish, statistika va hisobot;
Elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish va nazorat qilish tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qoʻllab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini taʼminlash va eksport potensialini koʻpaytirish chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida” 2008-yil 28-noyabrdagi PF-4058-son Farmonini bajarish yuzasidan, shuningdek xoʻjalik yurituvchi subyektlar, shaharlar va qishloqlar isteʼmolchilari tomonidan elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish va nazorat qilish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekenergo” DAK tomonidan:
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.02.00 Elektr taʼminoti]
“Oʻzbekenergo” DAK korxonalarida, Toshkent viloyatining Angren shahrida va Toshkent shahrining ayrim tumanlarida Elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini sinab koʻrish boʻyicha boshlangʻich loyihalar amalga oshirilayotganligi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.03.00 Kapital qoʻyilmalar. Investitsiyalar (qurilishni moliyalashtirish). Narxlar shakllanishi]
“Oʻzbekenergo” DAKda Elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish” investitsiya loyihasi ishlab chiqilayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
“Oʻzbekenergo” DAK korxonalarida Elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish jadvali 1 va 1a-ilovalarga* muvofiq;
Elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish doirasida xoʻjalik yurituvchi subyektlarga elektr energiyasini hisobga olishning zamonaviy elektron priborlarini oʻrnatish jadvali 2-ilovaga* muvofiq;
Elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish doirasida maishiy isteʼmolchilarga elektr energiyasini hisobga olishning zamonaviy elektron priborlarini oʻrnatish jadvali 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
3. “Oʻzbekenergo” DAK Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar bilan birgalikda 2009-yil 1-iyulgacha boʻlgan muddatda ushbu qarorga 2-ilova asosida, aniq muddatlarini, moliyalashtirish manbalarini va masʼul shaxslarni koʻrsatgan holda, elektr energiyasini hisobga olishning elektron priborlari va apparat komplekslarini joriy etishning hududiy hamda tarmoq jadvallarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.02.00 Elektr taʼminoti]
“Oʻzbekenergo” DAK va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raislari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, Oʻzbekiston Respublikasi Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi, vazirliklar va idoralar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar rahbarlari zimmasiga — Elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish doirasida elektron hisobga olish priborlarini oʻrnatishning tasdiqlangan jadvallari soʻzsiz bajarilishi yuzasidan;
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.02.00 Elektr taʼminoti]
“Oʻzbekenergo” DAK raisi zimmasiga — Elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini koʻrsatkichlarning notoʻgʻri hisoblanishidan va axborotlardan ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilishni taʼminlash yuzasidan shaxsan javobgarlik yuklansin.
5. Belgilab qoʻyilsinki:
maishiy isteʼmolchilarga Elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulanadigan elektr energiyasini hisobga olishning mavjud priborlarini almashtirish va zamonaviy elektron priborlarini oʻrnatish “Oʻzbekenergo” DAK korxonalarining oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi;
xoʻjalik yurituvchi subyektlarga elektr energiyasini hisobga olishning mavjud priborlarini almashtirish va zamonaviy elektron priborlarini va apparat komplekslarini oʻrnatish ularning oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi;
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.02.00 Elektr taʼminoti;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrotaʼminot]
Elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulangan isteʼmolchilarga elektr energiyasi yetkazib berish oldindan toʻlangan haq doirasida elektr taʼminoti boʻyicha ikki tomonlama shartnoma asosida amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.02.00 Elektr taʼminoti;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrotaʼminot]
6. “Oʻzbekenergo” DAK Oʻzbekiston Respublikasi Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar bilan birgalikda 2009-yil 1-iyuldan boshlab barpo etilgan qurilish obyektlarining ular elektr energiyasini hisobga olishning zamonaviy elektron priborlari va apparat komplekslari bilan jihozlangan taqdirda qabul qilib olinishini taʼminlasin.
7. “Oʻzbekenergo” DAK, vazirliklar va idoralar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar 2009-yil 1-iyuldan boshlab:
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.02.00 Elektr taʼminoti]
2009-2010-yillarda yangidan barpo etilayotgan obyektlarning Elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga mos keladigan elektr energiyasini hisobga olishning elektron priborlari bilan jihozlanishini hamda 750 kVA va undan yuqori quvvatga ulangan ishlayotgan elektr taʼminoti obyektlarida koʻp funksiyali elektron hisoblash priborlari joriy etilishini;
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.02.00 Elektr taʼminoti;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrotaʼminot]
2009 — 2011-yillarda yangidan barpo etilayotgan obyektlarning Elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga mos keladigan elektr energiyasini hisobga olish priborlari bilan jihozlanishini va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ishlayotgan elektr taʼminoti obyektlarida elektr energiyasini hisobga olishning elektron priborlari joriy etilishini;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrotaʼminot]
Elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini koʻrsatkichlarning notoʻgʻri hisoblanishidan va axborotlardan ruxsatsiz foydalanishdan kompleks himoya qilishni taʼminlasinlar, bunda inson omili taʼsiri mumkin qadar kamaytirilishini nazarda tutsinlar.
8. “Oʻzbekenergo” DAK:
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.02.00 Elektr taʼminoti]
2009-yil 1-iyulgacha boʻlgan muddatda “Oʻzbekenergo” DAKda Elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish” investitsiya loyihasini aniq texnik-iqtisodiy parametrlar hamda elektr energiyasini hisobga olishning elektron priborlariga va apparat komplekslariga nisbatan zarur talablar bilan birga ishlab chiqish tugallanishini taʼminlasin;
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.02.00 Elektr taʼminoti;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrotaʼminot]
joriy etilayotgan Elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi doirasida maʼlumotlarni uzatish, yigʻish, qayta ishlash va saqlash tartibotlari birxillashtirilishini taʼminlasin;
mamlakatimizdagi va xorijiy yetakchi ekspertlarni Elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini koʻrsatkichlarning notoʻgʻri hisoblanishidan va ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilish boʻyicha kompleks yechimlarni ishlab chiqish uchun jalb etsin;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrotaʼminot]
“Elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish” investitsiya dasturini bir bosqichda, ularni turli toifadagi obyektlarda qoʻllanish uchun namunaviy yechimlarni ishlab chiqqan holda amalga oshirsin;
2012-yil 1-yanvardan boshlab, belgilangan talablarga muvofiq boʻlgan elektr energiyasini hisobga olishning elektron priborlari va apparat komplekslarini oʻrnatmagan isteʼmolchilarga — xoʻjalik yurituvchi subyektlarga elektr energiyasi yetkazib bermasin.
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.09.00 Ommaviy axborot vositalaridagi axborot (shuningdek, 13.03.19.00.ga qarang)]
9. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi “Oʻzbekenergo” DAK, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ushbu qaror qoidalarining amalga oshirilishini ommaviy axborot vositalarida muntazam ravishda yoritib borsinlar.
10. “Oʻzbekenergo” DAK, Oʻzbekiston Respublikasi Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar;
idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.R.Shaismatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 5-iyun,
150-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 24-son, 268-modda; 2013-y., 45-son, 589-modda; 2015-y., 44-son, 562-modda)