Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Sanʼatshunoslik ilmiy-tadqiqot institutining izlanishlar yoʻnalishlari Fanlar akademiyasi ijtimoiy-gumanitar ilmiy muassasalarida olib borilayotgan tadqiqotlar bilan uzviy bogʻliqligini hisobga olib, institutda olib borilayotgan fundamental tadqiqotlarni yuqori darajada tashkil qilish va samarali boshqarish, olib borilayotgan tadqiqotlarning jamiyat ijtimoiy hayotidagi ahamiyatini oshirish hamda institutning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi tarkibidagi Sanʼatshunoslik ilmiy-tadqiqot institutini Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tarkibiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2010-yilda Sanʼatshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti binosini kapital taʼmirlash va uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha ishlarni moliyalashtirishni nazarda tutsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S.Qosimov zimmasiga yuklansin.