Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Mintaqaviy avtomobil yoʻllarini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 28-fevraldagi PQ-804-son
qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasi “TRANSYOʼLQURILISN” davlat kompaniyasining muassisi hisoblanishi;
“TRANSYOʼLQURILISN” davlat kompaniyasining ustavi 2008-yil 19-sentabrda “Mintaqaviy avtomobil yoʻllarini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish boʻyicha
Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi – Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi kompleksi rahbari tomonidan tasdiqlanganligi;
“TRANSYOʼLQURILISN” davlat kompaniyasi 2008-yil 24-sentabrda Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumani hokimligi tomonidan yuridik shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtkazilganligi;
“Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi kengashi tomonidan “Oʻzyoʻlmashservis” yoʻl-taʼmirlash korxonasi balansida turgan va “TRANSYOʼLQURILISN” davlat kompaniyasiga uning ustav fondini shakllantirish hisobiga belgilangan tartibda beriladigan davlat mol-mulki roʻyxati belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi kengashi tomonidan belgilangan roʻyxatga kiritilgan davlat mol-mulkini ikki hafta muddatda baholasin hamda uni belgilangan tartibda “TRANSYOʼLQURILISN” davlat kompaniyasining ustav fondiga bersin.
3. Belgilab qoʻyilsinki, “Mintaqaviy avtomobil yoʻllarini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish boʻyicha
Muvofiqlashtiruvchi kengash loyiha davrida Vazirlar Mahkamasi nomidan “TRANSYOʼLQURILISN” davlat kompaniyasining muassisi funksiyasini amalga oshiradi.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.M.Xanov zimmasiga yuklansin.