1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.07.00 Alohida toifadagi xodimlarni mehnatining muhofaza qilish;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.09.00.00 Ijtimoiy muhofazaga muhtoj xodimlar mehnatini tartibga solishning qoʻshimcha kafolatlari va xususiyatlari / 05.09.02.00 Yoshlar mehnati]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASh VAZIRLIGINING
Qarori
Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar koʻtarishlari va tashishlari mumkin boʻlgan ogʻir yuk normalarining chegarasini belgilash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 12-mayda 1954-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 1-songa ilova) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 12-sentabrdagi 207-son “Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh toʻgʻrisidagi Konvensiyani hamda Bolalar mehnatining ogʻir shakllarini taqiqlash va yoʻq qilishga doir shoshilinch choralar toʻgʻrisidagi Konvensiyani amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 37-38-son, 377-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar koʻtarishlari va tashishlari mumkin boʻlgan ogʻir yuk normalarining chegarasini belgilash toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri v. b. A. XAITOV
Toshkent sh.,
2009-yil 21-aprel,
17/QQ-son
Sogʻliqni saqlash vaziri F. NAZIROV
Toshkent sh.,
2009-yil 21-aprel,
8-son
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligining 2009-yil 21-apreldagi 17/QQ, 8-sonli qarori bilan TASDIQLANGAN
Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar koʻtarishlari va tashishlari mumkin boʻlgan ogʻir yuk normalarining chegarasini belgilash toʻgʻrisida
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 1-songa ilova) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 12-sentabrdagi 207-son “Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh toʻgʻrisidagi Konvensiyani hamda Bolalar mehnatining ogʻir shakllarini taqiqlash va yoʻq qilishga doir shoshilinch choralar toʻgʻrisidagi Konvensiyani amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 37-38-son, 377-modda) muvofiq oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar koʻtarishlari va tashishlari mumkin boʻlgan ogʻir yuk normalarining chegarasini belgilaydi.
1. Ushbu Nizom mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, barcha korxonalar, tashkilotlar va muassasalar, shuningdek, ayrim fuqarolar ixtiyorida mehnat shartnomasi (kontrakt) boʻyicha ishlayotgan jismoniy shaxslarning mehnatga oid munosabatlarida qoʻllanishi shart.
3. Oʻn olti yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan shaxslar ish vaqtining uchdan bir qismi yuklarni koʻtarish va tashish bilan bogʻliq ishlardan iborat boʻlganda, ular uchun yuk koʻtarish va tashish normalarining chegarasi ushbu Nizomning ilovasiga muvofiq holda belgilanadi.
4. Oʻn olti yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan shaxslarning ish vaqti faqat yuklarni qoʻlda koʻtarish va tashish bilan bogʻliq boʻlgan ishlardan iborat boʻlganda, ular uchun yuk koʻtarish va tashish normasining chegarasi 4,1 kg dan ogʻir boʻlmasligi, shuningdek ular aravacha va vagonetka yordamida yuk tashishlariga jalb etilmasligi lozim.
5. Oʻn olti yoshgacha boʻlgan voyaga yetmaganlar ish vaqtining uchdan bir qismi yuklarni qoʻlda koʻtarish va tashish bilan bogʻliq ishlardan iborat boʻlganda, qoʻlda yuk koʻtarish va tashish normalarining chegarasi: oʻgʻil bolalar uchun — 6,5 kg, qiz bolalar uchun — 3,5 kg dan ogʻir boʻlmasligi lozim.
6. Oʻn olti yoshgacha boʻlgan voyaga yetmaganlarning ish vaqti faqat yuklarni qoʻlda koʻtarish va tashish bilan bogʻliq ishlardan iborat boʻlganda, ular uchun yuk koʻtarish va tashish normasining chegarasi 2 kg dan ogʻir boʻlmasligi lozim.
7. Oʻn olti yoshgacha boʻlgan voyaga yetmaganlarga aravacha va vagonetka yordamida yuk tashishlariga ruxsat etilmaydi.
III. Yakuniy qoida
Ushbu Nizom Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi D. JAHONGIROVA
Toshkent sh.,
2009-yil 15-aprel
Savdo-sanoat palatasi raisi A. ShAYXOV
Toshkent sh.,
2009-yil 15-aprel
Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar koʻtarishlari va tashishlari mumkin boʻlgan ogʻir yuk normalarining chegarasini belgilash toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Ish vaqtining uchdan bir qismi yuklarni koʻtarish va tashish bilan bogʻliq ishlardan iborat boʻlganda, oʻn olti yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan shaxslarning yuk koʻtarish va tashish normalarining chegarasi
qiyalik balandligi 0,01 dan yuqori boʻlmaganda ruxsat etiladi
Bir gʻildirakli aravachada
39 kg gacha
qizlarga ruxsat etilmaydi
qiyalik balandligi 0,02 dan yuqori boʻlmagan faqat taxtali yoʻlakda harakatlanishga ruxsat etiladi
Ikki gʻildirakli aravachada
47 kg gacha
qizlarga ruxsat etilmaydi
qiyalik balandligi 0,02 dan yuqori boʻlmagan tekis yoʻlda harakatlanishga ruxsat etiladi
qiyalik balandligi 0,01 dan yuqori boʻlmagan notekis yoʻlda va koʻpriklarda harakatlanishga ruxsat etiladi
Uch va toʻrt gʻildirakli aravachada
67 kg gacha
52 kg gacha
qiyalik balandligi 0,02 dan yuqori boʻlmagan tekis yoʻlda harakatlanishga ruxsat etiladi
Vagonetkalarda
405 kg gacha
224 kg gacha
qiyalik balandligi 0,01 dan yuqori boʻlmagan temir yoʻllarda harakatlanishga ruxsat etiladi
Izoh:
1. Barcha yuk normalari yukning ogʻirligi bilan birgalikda ularni koʻtarishlari va tashishlari mumkin boʻlgan moslamalarni ham oʻz ichiga oladi.
2. Ruxsat etilgan qiyalikning balandligi deganda qiyalikning eng yuqori balandligini yoʻlning uzunligiga nisbati tushuniladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 19-20-son, 242-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.03.2023-y., 10/23/1954-1/0147-son)