toggle_night_mode
Hujjat 16.10.2017 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
TOSHKENT SHAHRIDA TURIN POLITEXNIKA UNIVERSITETI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
Sanoatning yuqori texnologiyaga asoslangan tarmoqlari, sanoat va xoʻjalik obyektlarini loyihalashtirish hamda qurish uchun ilgʻor taʼlim standartlari darajasida oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlashni yanada rivojlantirish va takomillashtirish, oliy taʼlim sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi, “Jeneral Motors” korporatsiyasi va Turin politexnika universitetining (Italiya Respublikasi) Toshkent shahrida Turin politexnika universitetini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti (keyingi oʻrinlarda Universitet deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Turin politexnika universiteti (Italiya Respublikasi), “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi va boshqa manfaatdor xoʻjalik birlashmalari hamda korxonalari tomonidan notijorat tashkilot sifatida tashkil etiladigan oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Turin politexnika universitetida (Italiya Respublikasi) qabul qilingan taʼlim dasturlariga hamda oliy taʼlim sifatiga qoʻyiladigan umumiy eʼtirof etilgan xalqaro talablarga, Oʻzbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash milliy dasturi maqsad va vazifalariga muvofiq avtomobil, mashinasozlik va elektrotexnika sanoati, energetika, sanoat va xoʻjalik obyektlarini loyihalashtirish hamda qurish korxona va tashkilotlari uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash Universitetning asosiy vazifasi hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
“Toshkent shahrida Turin politexnika universitetining tashkil etish boʻyicha Tashkiliy komissiya tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki:
Universitet Turin politexnika universiteti (Italiya Respublikasi) bilan tuziladigan servis va litsenziya bitimlari asosida 2009-yilning 1-sentabridan boshlab kadrlarga boʻlgan ehtiyojni hisobga olgan holda, 2-ilovaga muvofiq asosiy taʼlim yoʻnalishlari (mutaxassisliklar) boʻyicha barcha darajalardagi mutaxassislar, shu jumladan ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlaydi, shuningdek kadrlar tayyorlashning asosiy yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshiradi;
abituriyentlarni qabul qilish va Universitet bitiruvchilarini attestatsiyadan oʻtkazish, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan holda, Turin politexnika universitetida (Italiya Respublikasi) belgilangan tartib, talab va muddatlarga muvofiq amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
talabalarni oʻqitish, Oʻzbekiston Respublikasi davlat taʼlim standartlari talablarini hisobga olgan holda, Turin politexnika universiteti (Italiya Respublikasi) oʻquv rejalari va dasturlari boʻyicha olib boriladi;
Universitet bitiruvchilariga Oʻzbekiston Respublikasida oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat sifatida eʼtirof etiladigan Turin politexnika universitetining (Italiya Respublikasi) belgilangan namunadagi diplomi beriladi.
Universitetga 2009/2010 oʻquv yillari uchun bakalavrlar tayyorlash boʻyicha qabul kvotasi 200 kishi etib belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Turin politexnika universiteti (Italiya Respublikasi):
Universitetda ilgʻor pedagogika va axborot texnologiyalari, ilm-fan va texnikaning eng soʻnggi yutuqlaridan foydalanishga asoslangan holda, oʻquv-uslubiy rahbarlikni va oʻquv jarayonini amalga oshirishni taʼminlashi;
Universitetning kutubxona fondini shakllantirish va uni zamonaviy oʻquv, oʻquv-uslubiy va ilmiy-texnika adabiyotlari bilan toʻldirishga, oʻquv-laboratoriya bazasi hamda zamonaviy axborot markazini tashkil etishga koʻmaklashishi;
oʻzbekistonlik yosh va istiqbolli ilmiy-pedagog kadrlarning malakasini, shu jumladan chet elda oshirishga koʻmaklashishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
5. Belgilansinki, Universitet faoliyatini moliyalashtirish:
talabalarni toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish uchun tushadigan mablagʻlar, shu jumladan manfaatdor tashkilotlar tomonidan talabalar bilan tuzilgan kontraktlar asosida beriladigan grantlar;
Universitet Vasiylik kengashi qarorlari asosida jalb qilinadigan boshqa mablagʻlar, shuningdek homiylar mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti Vasiylik kengashining shaxsiy tarkibi 3-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
6. Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti barcha turdagi soliqlardan va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha respublikamizga Universitetni rekonstruksiya qilish, jihozlash va uning faoliyatini taʼminlash uchun olib kelinadigan asbob-uskunalar, kompyuter va tashkiliy texnika, adabiyot, multimediya mahsulotlari, qurilish materiallari, jihozlar va moddiy-texnika resurslari bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) 5 yil muddatga ozod etilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi va Universitet buyurtmanomalari boʻyicha Universitetning ushbu qarorni amalga oshirish doirasida jalb qilinadigan chet ellik professor-oʻqituvchilari va maʼmuriy xodimlari, shuningdek ularning oila aʼzolari uchun kirish vizalarini konsullik va boshqa yigʻimlar undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirishni taʼminlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi va Universitet buyurtmanomalari boʻyicha Universitetning chet ellik professor-oʻqituvchilari va maʼmuriy xodimlariga, ularning oila aʼzolariga, davlat bojlari toʻlashdan ozod etgan holda, koʻp martalik vizalar berilishi va uzaytirilishini, shuningdek vaqtinchalik yashash joyida vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazilishini va vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Oʻzbekiston Respublikasiga chet ellik professor-oʻqituvchilar va maʼmuriy xodimlarni jalb qilish uchun Universitetga, uni davlat boji toʻlashdan ozod etgan holda belgilangan tartibda ruxsatnomalar berilishini taʼminlasin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-oktabrdagi PF-5204-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2017-y., 06/17/5204/0114-son)
Keyingi tahrirga qarang.
10. Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti quyidagi manzildagi tutash hududga ega binolar kompleksida joylashtirilsin: Toshkent shahri, Niyozov koʻchasi (Kichik halqa yoʻli), 17-uy.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oʻn kun muddatda yuqorida koʻrsatilgan tutash hududga ega binolar kompleksini “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi balansiga, 2009/2010 oʻquv yili boshlangunga qadar binolar kompleksini kompaniya tomonidan rekonstruksiya qilish va Universitetni zarur mebellar, jihozlar, oʻquv va laboratoriya anjomlari, kompyuter va boshqa tashkiliy texnika bilan zamonaviy talablarga muvofiq jihozlashni taʼminlash sharti bilan berishni nazarda tutadigan qaror qabul qilsin.
12. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 27-aprel,
PQ-1106-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 27-apreldagi PQ-1106-son qaroriga
1-ILOVA
Toshkent shahrida Turin politexnika universitetini tashkil etish boʻyicha Tashkiliy komissiya
TARKIBI

R.S. Azimov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, Tashkiliy komissiya raisi

U.U. Rozuqulov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari — “Oʻzavtosanoat” AK Boshqaruv raisi

R.S. Qosimov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari

N.M. Xanov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari — Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi

A.P. Parpiyev

Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri

J.A. Qoʻchqorov

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri oʻrinbosari

A.R. Toʻxtayev

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari

A.X. Toʻxtayev

Toshkent shahar hokimi

Sh.F. Yusupov

“Oʻzavtosanoat” AK Boshqaruv raisi oʻrinbosari

M. Kiaya Bernardino

Turin politexnika universiteti prorektori

Izoh: Tashkiliy komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
 LexUZ sharhi
1-ilova norasmiy tarjima.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 27-apreldagi PQ-1106-son qaroriga
2-ILOVA
Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida mutaxassislarni oʻqitish va tayyorlash boʻyicha
ASOSIY TAʼLIM YOʻNALISHLARI (MUTAXASSISLIKLAR)
1. Mashinasozlik texnologiyasi;
2. Avtomobil injiniringi;
3. Energetika;
4. Sanoat va fuqarolik (xoʻjalik) qurilishi injiniringi;
5. Arxitektura va sanoat dizayni;
6. Axborot texnologiyasi va sanoatda ABT.
Izoh: Taʼlim yoʻnalishlari (mutaxassisliklar) roʻyxati tashkilotlarda kadrlarga boʻlgan ehtiyojlardan kelib chiqib, Iqtisodiyot vazirligi va Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Turin politexnika universiteti (Italiya Respublikasi) bilan kelishgan holda toʻldirilishi yoki oʻzgartirilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
2-ilova norasmiy tarjima.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 27-apreldagi PQ-1106-son qaroriga
3-ILOVA
Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti Vasiylik kengashining
TARKIBI

U.U. Rozuqulov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari, Vasiylik kengashi raisi

A.X. Toʻxtayev

Toshkent shahar hokimi

A.P. Parpiyev

Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri

J.A. Qoʻchqorov

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri oʻrinbosari

N.E. Maksumov

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari

X.A. Muxitdinov

Oʻzbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining birinchi oʻrinbosari

B.M. Teshaboyev

“Oʻzbekenergo” DAK Boshqaruv raisi

A.F. Izbosarov

“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi raisi

Sh.F. Yusupov

“Oʻzavtosanoat” AK Boshqaruv raisi oʻrinbosari

Q.S. Sanaqulov

Navoiy KMK bosh direktori

A.K. Farmanov

“Olmaliq KMK” OAJ bosh direktori

A.S. Nurutdinov

“Oʻzmetkombinat” AIB bosh direktori

Izoh:
1. Respublika komissiyasi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
2. Vasiylik kengashi tarkibiga Vasiylik kengashi qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasining boshqa manfaatdor xoʻjalik birlashmalari va korxonalar rahbarlari, xorijiy davlatlar va chet el kompaniyalari vakillari kiritilishi mumkin
 LexUZ sharhi
3-ilova norasmiy tarjima.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 18-son, 222-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2017-y., 06/17/5204/0114-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son; 16.06.2022-y., 07/22/279/0530-son; 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son; 21.07.2025-y., 06/25/114/0633-son)