toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
TELEKOMMUNIKATSIYALAR SOHASIDAGI FAOLIYATNI LITSENZIYALASh TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibini takomillashtirish maqsadida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Loyiha-tadqiqot tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 29-apreldagi PQ-847-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
2. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi:
telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish va (yoki) qurish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun ilgari berilgan litsenziyalar boʻyicha litsenziya bitimlariga 2010-yil 1-iyulgacha belgilangan tartibda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishini taʼminlasin;
koʻrsatib oʻtilgan muddat tugagandan keyin ushbu qaror talablariga muvofiq boʻlmagan telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish va (yoki) qurish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatish yuzasidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni koʻrsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 28-aprel,
122-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 18-son, 223-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)