1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.01.00 Oldi-sotdi / 03.11.01.09 Avtomototransport vositalarining oldi-sotdisi;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
AVTOMOTOTRANSPORT VOSITALARI BILAN BOGʻLIQ BITIShUVLARNI RASMIYLAShTIRISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA QOʻShIMChA KIRITISh HAQIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekistonda ishlab chiqarilayotgan avtobuslar va yuk avtomobillarining raqobatbardoshliligini yanada rivojlantirish va oshirish, respublikaning avtotransport vositalari parkini toʻldirish va yangilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-martdagi 38-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 3-son, 17-modda) bilan tasdiqlangan Avtomototransport vositalari bilan bogʻliq bitishuvlarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-bandining ikkinchi xatboshiga “shuningdek “Samarqand avtomobil zavodi” MChJda ishlab chiqarilgan avtotransport vositalari yuzasidan lizing shartnomalari boʻyicha lizing tashkilotlari” soʻzlari qoʻshilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari U.U. Rozuqulov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 23-aprel,
119-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 17-son, 214-modda)