1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.20.00 Jamgʻarma ishi. Bank tomonidan naqd pul berilishi;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
“FUQAROLARNING BANKLARDAGI OMONATLARINI HIMOYALASH KAFOLATLARI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINING 10-MODDASIGA OʻZGARTISHLAR KIRITISH HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2008-yil 18-dekabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2009-yil 27-martda maʼqullangan
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekistan Respublikasining 2025-yil 18-fevraldagi OʻRQ-1031-sonli “Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 5-aprelda qabul qilingan “Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari toʻgʻrisida”gi 360-II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 4-5, 70-modda) 10-moddasiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
“Fuqarolarning omonatlari boʻyicha haq toʻlash bankning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan oraliq tugatish balansida aks ettirilgan omonatlarning qoldigʻidan kelib chiqqan holda bank va Fond mablagʻlari hisobidan toʻliq hajmda amalga oshiriladi”;