toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.11.2023
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
“STANDARTLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA OʻZGARTIShLAR KIRITISh HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2008-yil 18-dekabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2009-yil 27-martda maʼqullangan
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 3-noyabrdagi OʻRQ-800-sonli “Standartlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 2023-yil 5-noyabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrda qabul qilingan “Standartlashtirish toʻgʻrisida”gi 1002-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 2, 46-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 2-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Standartlashtirish ishlarini tashkil etish, muvofiqlashtirish va taʼminlashni:
xalq xoʻjaligi tarmoqlarida — Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (“Oʻzstandart” agentligi);
qurilish, qurilish industriyasi sohasida, shu jumladan loyihalash va konstruksiyalashda — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi;
tabiiy resurslardan foydalanishni tartibga solish hamda atrof muhitni ifloslanishdan va boshqa zararli taʼsirlardan muhofaza qilish sohasida — Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi;
tibbiyot uchun moʻljallangan mahsulotlar, tibbiy texnika buyumlari, dori vositalari sohasida, shuningdek mamlakat sanoati ishlab chiqarayotgan, shu jumladan import boʻyicha yetkazib berilayotgan mahsulotlardagi inson uchun zararli moddalar miqdorini aniqlash masalalarida — Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi;
mudofaa qobiliyatini va safarbarlik tayyorgarligini taʼminlash, mudofaa ahamiyatiga molik mahsulotlar sohasida — Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi amalga oshiradi”;
2) 3-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzstandart” agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi standartlashtirish ishlarini bajarishni oʻz vakolatlari doirasida boshqa tashkilotlarga topshirishga haqlidir”;
3) 8-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xoʻjalik faoliyati subyektlari tomonidan standartlarning majburiy talablariga, standartlashtirishga taalluqli boshqa qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini “Oʻzstandart” agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va ularning hududiy organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, shuningdek boshqa maxsus vakolatli davlat boshqaruv organlari oʻz vakolatlari doirasida amalga oshiradi”.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
 LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2009-yil 7-apreldagi 70 (4733)-sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 3-aprel,
OʻRQ-202-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 15-son, 172-modda)