1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.02.00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
“AGROBANK” AKSIYADORLIK TIJORAT BANKINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
Iqtisodiyotning agrar sektorini yanada barqaror rivojlantirish, qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni izchillik bilan chuqurlashtirib borish, fermerlik harakatini qoʻllab-quvvatlash, uning moddiy va moliyaviy bazasini mustahkamlash, qishloq xoʻjalik ishlab chiqaruvchilariga qishloq xoʻjalik mahsulotlarini chuqur qayta ishlovchi zamonaviy korxonalarni jadal barpo etish, yuqori sifatli, raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish boʻyicha zamonaviy texnologiyalar va uskunalarni tatbiq qilish hamda ichki bozorni mahalliy oziq-ovqat tovarlari bilan toʻldirishga yoʻnaltirilgan keng turdagi bank xizmatlarini koʻrsatish maqsadida:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.20.00.00 Banklar va kredit tashkilotlarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Bank va kredit faoliyatini litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari]
1. “Paxtabank” aksiyadorlik tijorat banki aksiyadorlarining uni “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki etib qayta tashkil qilish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Belgilansinki, “Agrobank” ATB ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil qilinadi hamda mulkiy, moliyaviy va boshqa majburiyatlar boʻyicha, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablagʻlari saqlanishi va oʻz vaqtida qaytarilishini kafolatlovchi talablar boʻyicha “Paxtabank” ATBning huquqiy vorisi hisoblanadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.18.00 Bank tomonidan tartibga solish va nazorat;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.21.00 Bank faoliyatining boshqa masalalari;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.01 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini kreditlash (shuningdek, 09.14.17.05 ga qarang)]
2. Quyidagilar “Agrobank” ATBning asosiy vazifalari etib belgilansin:
qishloq xoʻjalik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi fermer xoʻjaliklariga kredit berish va kompleks tarzdagi bank xizmatlari koʻrsatish;
qishloq xoʻjalik ishlab chiqaruvchilari, barcha mulkchilik shaklidagi korxonalar, shu jumladan paxta va gʻalla mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash, tashish va sotishga ixtisoslashgan paxta tozalash va donni qayta ishlash sanoati korxonalariga kredit berish va moliyalashtirish mexanizmlarini izchil takomillashtirib borish;
yerlarning meliorativ holatini yaxshilashga, agrosanoat kompleksi tarmoqlarida ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilashga, zamonaviy chet el texnologiyalari va uskunalarini jalb etishga yoʻnaltirilgan faol investitsiya siyosatini amalga oshirish;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
bankning shaxsiy resurslarini safarbar qilish, omonatlar va depozitlarning yangi jozibador turlarini taklif etish yoʻli bilan aholi va korxonalarning mablagʻlarini jalb qilish, ulardan samarali, shu jumladan investitsiya loyihalarini amalga oshirishda samarali foydalanish, qoʻyilgan mablagʻlar oʻz vaqtida va toʻliq qaytarilishini taʼminlash;
xalqaro moliya institutlari va yetakchi xorijiy banklarning imtiyozli kreditlari, investitsiyalari va grantlarini jalb etib, keyinchalik qishloq xoʻjalik ishlab chiqaruvchilari va respublika iqtisodiyoti agrosanoat sektori korxonalarini ana shu mablagʻlar hisobiga qayta moliyalashtirish.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.04.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek qaralsin 10.01.05.00);
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.05.00 Xorijdan mablagʻ jalb qilish]
3. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi Moliya vazirligi va Markaziy bank bilan birgalikda “Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankiga bankning resurs bazasini mustahkamlash uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy moliya-kredit tuzilmalarining imtiyozli kreditlari, investitsiya va grantlarini jalb etishda yordam koʻrsatsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-avgustdagi PF-5158-sonli Farmoni tahririda)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda “Agrobank” ATB Kengashining tarkibini tasdiqlasin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.01.00 Umumiy qoidalar;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.01.00 Markaziy bank, uning tarkibiy boʻlinmalari va muassasalari]
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Adliya vazirligi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
6. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 30-mart,
1084-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 14-son, 155-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)