1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.04.00 Olimpiya va paralimpiya harakati]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Jismoniy tarbiya va sport]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTONDA FUTBOLNI RIVOJLANTIRIShNI QO‘LLAB-QUVVATLASh MASALALARI TO‘G‘RISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2006-yil 1-maydagi PQ-338-son qarorini bajarish, shuningdek futbol klublari, O‘zbekiston Futbol federatsiyasi va uning hududiy bo‘linmalarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Professional futbol klublari, O‘zbekiston Futbol federatsiyasi va uning hududiy bo‘linmalari 2009-yil 1-apreldan boshlab uch yil muddatga:
respublikada ishlab chiqarilmaydigan, stadionlarni rekonstruksiya qilish va futbol klublarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun zarur bo‘lgan chetdan keltiriladigan jihozlar, asbob-uskunalar va materiallar uchun bojxona to‘lovlarini (bojxonada rasmiylashtirish uchun yig‘imlardan tashqari);
soliqlar va yig‘imlarning barcha turlarini (yagona ijtimoiy to‘lovdan tashqari) to‘lashdan ozod qilinsin, bo‘shab qoladigan mablag‘lar futbolni rivojlantirishga maqsadli yo‘naltirilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi ko‘rsatib o‘tilgan imtiyozlar berilishi munosabati bilan bo‘shab qoladigan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi yuzasidan qat’iy nazoratni amalga oshirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 1-aprel,
92-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 14-son, 161-modda)