Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Gazni qayta ishlash zavodi qurilishini jadallashtirish va oʻz vaqtida foydalanishga topshirish hamda konlarning Kondim guruhini kompleks jihozlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi bilan “LUKOYL” neft kompaniyasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati va “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasidan iborat tarkibdagi investorlar konsorsiumi oʻrtasida 2004-yil 16-iyunda tuzilgan konlarning Kondim guruhi uchastkasi, Xauzak va Shodi uchastkalari, shuningdek Qoʻngʻirot uchastkasiga nisbatan Mahsulot taqsimotiga oid bitimni amalga oshirish doirasida Buxoro viloyatidagi Xauzak uchastkasining gaz koni oʻz vaqtida foydalanishga topshirilganligi va tabiiy gaz qazib olish boshlanganligi;
tabiiy gazni qazib olish va qayta ishlash hajmining oʻrtacha yillik prognoz darajasi 8 mlrd kub m, tozalangan tovar gaz boʻyicha 6 519,5 ming tonna, stabil kondensat — 213,6 ming tonna, suyultirilgan gaz — 17,5 ming tonna va oltingugurt — 191,1 ming tonna ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻlgan “Gazni qayta ishlash zavodi kompleksini qurish va konlarning Kondim guruhini jihozlash” investitsiya loyihasining dastlabki texnik-iqtisodiy asoslashi vakolatli organlar tomonidan ekspertizadan oʻtkazilganligi va belgilangan tartibda tasdiqlanganligi;
Mahsulot taqsimotiga oid bitimga muvofiq konlarning Kondim guruhi uchastkasining birinchi ishga tushirish kompleksini foydalanishga topshirish muddati 2011-yilning dekabr oyiga moʻljallanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. “LUKOYL Oʻzbekiston Opereyting Kompani” masʼuliyati cheklangan jamiyatga shunga oʻxshash obyektlarni loyihalashtirishning normativ muddati doirasida “Konlarning Kondim guruhini kompleks jihozlash” loyihasining texnik-iqtisodiy asoslashini belgilangan tartibda ishlab chiqish bilan bir vaqtning oʻzida ish hujjatlarini ishlab chiqishga va ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlarini parallel ravishda qurishga ruxsat berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi belgilangan tartibda loyiha hujjatlari ekspert jihatdan kuzatib borilishini hamda bajariladigan loyiha va qurilish-montaj ishlarining sifati ustidan nazoratni taʼminlasin.
3. Belgilansinki, “LUKOYL Oʻzbekiston Opereyting Kompani” masʼuliyati cheklangan jamiyat “Konlarning Kondim guruhini kompleks jihozlash” loyihasini amalga oshirish va uni texnik-iqtisodiy asoslash parametrlarini aniqlash doirasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda:
texnik-iqtisodiy asoslashni, ish hujjatlarini ishlab chiqish yuzasidan tanlov savdolari oʻtkazilishini va kontrakt tuzilishini hamda qurilish ustidan mualliflik nazorati amalga oshirilishini;
loyihaning texnik-iqtisodiy asoslashini tayyorlash jarayonida ishlab chiqilgan buyurtma beriladigan roʻyxat boʻyicha asbob-uskunalar va materiallar yetkazib berish yuzasidan tanlov savdolari oʻtkazilishini va kontraktlar tuzilishini;
obyektlarni qurish uchun pudrat tashkilotlarini tanlash boʻyicha tanlov savdolari oʻtkazilishini taʼminlaydi.
4. “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi “LUKOYL Oversiz Oʻzbekiston Ltd.” kompaniyasi bilan birgalikda tanlov savdolari natijalarini va tuzilgan kontraktlarni hisobga olgan holda “LUKOYL Oʻzbekiston Opereyting Kompani” masʼuliyati cheklangan jamiyat tomonidan “Konlarning Kondim guruhini kompleks jihozlash” loyihasining texnik-iqtisodiy asoslashi sifatli ishlab chiqilishi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun 2009-yil 31-dekabrgacha boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosarlari E.R. Shaismatov va N.M. Xanov zimmasiga yuklansin.