1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.02.00 Respublika budjeti daromadlari]
[TSZ:
1.Moliya / Budjet. Budjetdan tashqari jamgʻarmalar]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT BYDJETIGA TUSHUMLAR TOʻGʻRISIDAGI MAʼLUMOTLARNI YIGʻISH VA AYIRBOSHLASH TARTIBI HAQIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 7-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1914]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 17-yanvardagi 224-son, Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 9-yanvardagi 40/20-son va Soliq qoʻmitasining 2025-yil 14-yanvardagi 2025-01-sonli ““Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga tushumlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish va ayirboshlash tartibi haqidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1914-1, 31.01.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Budjet tizimi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga soliqlar, yigʻimlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha maʼlumotlarni tezkor ravishda yigʻish, qayta ishlash va uning asosida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga tushumlar toʻgʻrisidagi tezkor maʼlumotlarni shakllantirishni taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy bank Boshqaruvi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladilar:
1. Ilova qilingan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga tushumlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish va ayirboshlash tartibi haqidagi nizom tasdiqlansin.
2. Mazkur Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 6-fevral,
18-son
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2009-yil 6-fevral,
2/8-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 6-fevral,
2008-47-son
Moliya vazirligi, Markaziy bank Boshqaruvi va Davlat soliq qoʻmitasining 2009-yil 6-fevraldagi 18, 2/8, 2008-47-sonli qarori bilan TASDIQLANGAN
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga tushumlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish va ayirboshlash tartibi haqida
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Budjet tizimi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, tijorat banklari va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga soliqlar, yigʻimlar va boshqa majburiy toʻlovlar (keyingi oʻrinlarda — Davlat budjetiga tushumlar) boʻyicha maʼlumotlarni yigʻish va ayirboshlash, shuningdek ular asosida tezkor maʼlumotlarni shakllantirish va qayta ishlash tartibini belgilaydi.
1. Mazkur Nizomda quyidagi tushunchalar ishlatiladi:
Taraflar — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (keyingi oʻrinlarda — MB), tijorat banklari (keyingi oʻrinlarda — banklar), Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — DSQ), shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Axborot hisoblash markazi (keyingi oʻrinlarda — Moliya vazirligining AHM).
Davlat budjetiga tushumlar boʻyicha maʼlumot — mazkur Nizomda belgilangan shakl boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankidan, tijorat banklaridan balans raqami 23402 “Respublika budjetining mablagʻlari” bank hisobvaragʻi boʻyicha Davlat budjetiga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar tushumi va qaytarilishi boʻyicha olinadigan elektron koʻrinishdagi maʼlumot;
Soliq toʻlovchilar toʻgʻrisidagi maʼlumot — mazkur Nizomda belgilangan shakl boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasidan soliq toʻlovchilarning shaxsiy hisobvaraqlaridan hisoblangan summalar miqdori, soliq toʻlovchilarning identifikatsiya raqami (STIR), bank va boshqa kerakli rekvizitlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladigan, soliq toʻlovchilar toʻgʻrisidagi elektron maʼlumot;
Moliya vazirligi AHM axborot tizimi (MVAHMAT) — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Axborot-Hisoblash markazi tomonidan ishlatiladigan, Davlat budjetiga tushumlar boʻyicha maʼlumotlarni tezkor yigʻish, qayta ishlash va ayirboshlashni amalga oshirishni avtomatizatsiyalashgan jarayoni uchun moʻljallangan vositalar majmui, shu jumladan apparat uskunalar, dasturiy taʼminot va boshqa texnik vositalar;
Meʼyoriy axborotlar maʼlumotnomasi (MAM) — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankidan, tijorat banklaridan va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasidan kelib tushgan, Davlat budjetiga tushumlar boʻyicha maʼlumotlarni qayta ishlashda ishlatiladigan, tarkibida STIR elektron maʼlumotnomasi, bank kodlari, hududlar, soliq toʻlovchilar va boshqa zarur koʻrsatkichlardan foydalaniladigan elektron axborotlar maʼlumotnomasi;
2. MB, banklar va DSQdan Davlat budjetiga tushumlar toʻgʻrisida maʼlumotlarni olish, shuningdek qayta ishlash va ayirboshlash Moliya vazirligining AHM tomonidan amalga oshiriladi.
4. DSQ oʻzining axborotlar bazasidan har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 5-sanasiga Moliya vazirligining AHMga soliq toʻlovchilarning STIR toʻgʻrisidagi maʼlumotni, shuningdek hisobot choragidan (yilidan) keyingi oyning 30-sanasiga hisoblangan summalar, toʻlov muddati kechiktirilgan summalar va maqsadli sxemalar (1-N sonli shakl hisobotiga kiritilmagan holda) boʻyicha oʻtkazilgan summalar toʻgʻrisidagi maʼlumotni mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda beradi.
5. Banklar har kuni soat ertalabki 1000 gacha Markaziy bankning Axborotlashtirish Bosh markaziga (keyingi oʻrinlarda — MB ABM) mazkur Nizomning 2-ilovasida koʻzda tutilgan talablarga muvofiq shartli hisobvaraqlar raqami (SHHR) kesimida balans raqami 23402 “Respublika budjetining mablagʻlari” hisobvaraqlardan, maʼlumotlar taqdim qilinadigan kundan oldingi, oxirgi amaliyot kuni uchun shaxsiy hisobvaraqlardan pul mablagʻlari harakati toʻgʻrisidagi koʻchirmalardan maʼlumot beradilar, MB ABM esa mazkur maʼlumotlarni ertalabki 1100 gacha Moliya vazirligining AHMga yuboradi.
6. Axborotlarni qayta ishlash natijasida olingan maʼlumotlarning bir xilligini taʼminlash uchun MB ABM Moliya vazirligining AHMga SHHR va bank kodlari boʻyicha amaldagi maʼlumotnomalarni, shuningdek ushbu maʼlumotnomalarga kiritiladigan keyingi oʻzgartirishlarni taqdim qiladi.
7. Moliya vazirligining AHM Axborot tizimining maʼlumotlar bazasi Davlat budjetiga tushumlar toʻgʻrisida operativ maʼlumotlarni Moliya vazirligi va DSQga tezkor taqdim etish va Davlat budjetiga tushumlar summasini soliq toʻlovchilar kesimida, ularning shaxsiy hisobvaraqlaridan hisoblangan summalar hisobini yuritish maqsadida DSQ va banklardan qabul qilingan maʼlumotlarni jamlash, qayta ishlash va ayirboshlashni taʼminlaydi.
8. Maʼlumotlar Taraflar tomonidan telekommunikatsiya tarmogʻi kanallari orqali Moliya vazirligi AHM koʻrsatgan manzildagi elektron pochtaga elektron shaklda (fayl koʻrinishida) taqdim qilinadi.
9. Telekommunikatsiya tarmogʻi kanallari orqali beriladigan barcha maʼlumotlar tekst koʻrinishida (ASCII) boʻlishi shart va qonun hujjatlarida belgilangan tartibdagi algoritm boʻyicha shifrlanadi. Ushbu maqsadda Taraflar kelishuviga koʻra bir xildagi maxsus dasturlar ishlatilishi mumkin.
11. Moliya vazirligining AHM DSQdan olinadigan maʼlumotlar asosida MVAHMATda MB va banklardan olinadigan maʼlumotlarni qayta ishlaydi va tahlil qiladi va kunlik asosda mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha Davlat budjetiga tushumlar toʻgʻrisidagi tezkor maʼlumotlarni shakllantiradi hamda Moliya vazirligi va DSQga taqdim qiladi.
12. Barcha chiqadigan maʼlumotlar Moliya vazirligining AHM Axborot tizimida mavjud MAM asosida shakllantiriladi va uning tegishli koʻrsatkichlarini oʻz ichiga oladi.
13. Maʼlumotlarni taqdim qilish sanasi dam olish kuniga toʻgʻri kelgan holatlarda, taqdim qilish muddati undan keyingi birinchi ish kuniga koʻchiriladi.
14. Taqdim qilingan maʼlumotlarda nomuvofiqliklar aniqlangan holatlarda Taraflar bir-birlariga nomuvofiqliklar aniqlanganligi toʻgʻrisida axborot beradilar hamda qonun hujjatlarida oʻrnatilgan tartibda ularni bartaraf qilish uchun zarur choralar koʻradilar.
15. Taraflar tomonidan maʼlumotlar ayirboshlash bepul asosda amalga oshiriladi. Bunda taqdim qilingan maʼlumotlar Taraflar tomonidan xizmat maqsadlarida foydalaniladi va “Xizmatda foydalanish uchun” belgisi qoʻyiladi.
16. Taraflar ayirboshlash natijasida olinadigan maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlash uchun javobgardirlar.
17. Mazkur Nizom Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bilan kelishilgan.
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining birinchi oʻrinbosari X. MUHITDINOV
Toshkent sh.,
2009-yil 6-fevral
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga tushumlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish va ayirboshlash tartibi haqidagi nizomga 1-ILOVA
DSQ tomonidan Moliya vazirligiga taqdim qilinadigan maʼlumot
20__ y. _______________ ga soliq toʻlovchilar toʻgʻrisidagi
* Oylik ravishda hisobot oyidan keyingi oyning 5-sanasiga jadvalning 1-ustunini, shuningdek hisobot choragi (yili)dan keyingi oyning 30-sanasiga qoʻshimcha ravishda 2 — 4-ustunlari toʻldirilgan holda taqdim qilinadi;
** Davlat budjetiga tushumlar ustidan monitoring amalga oshiriladigan barcha vazirlik va idoralar koʻrsatiladi;
*** Soliq toʻlovchilardan tushumlarning barcha turlari boʻyicha umumlashtirilgan soliq toʻlovchilarning shaxsiy hisobvaraqlaridagi hisoblangan summalar toʻliq koʻrsatiladi;
**** Yuqori koʻrsatilgan vazirlik va idoralar kategoriyalariga kirmaydigan boshqa soliq toʻlovchilar.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga tushumlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish va ayirboshlash tartibi haqidagi nizomga 2-ILOVA
Banklar tomonidan Moliya vazirligiga taqdim qilinadigan maʼlumot
Banklar tomonidan (kundalik ravishda) tushgan pul mablagʻlari yuzasidan 23402 hisob boʻyicha shaxsiy hisobvaraqdan koʻchirmaga
TALABLAR
T/r
Nomi
Rekvizit turi
Maksimal qiymati
1.
Soliq toʻlovchining nomi
tekst/simvol
70
2.
Soliq toʻlovchining STIR
Raqam
9
3.
Oluvchi bankning nomi
Tekst
80
4.
Oluvchi bankning MFO kodi
Raqam
5
5.
Oluvchi DSQ hisob raqami nomeri
“
20
6.
Toʻlov hujjati raqami
“
10
7.
Summa
“
17
8.
Hujjat turi
“
2
9.
Toʻlov maqsadi
Tekst/simvol
175
10.
Sana
Date
10
11.
Oluvchi soliq inspeksiyasi STIR (mavjud boʻlganda) yoki “000000000”
Raqam
9
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga tushumlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish va ayirboshlash tartibi haqidagi nizomga 3-ILOVA
Moliya vazirligining AHM tomonidan Moliya vazirligiga va DSQ ga taqdim qilinadigan maʼlumotlar shakli
20___y. “____” _____________ Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga tushumlar toʻgʻrisidagi
TEZKOR MAʼLUMOTLAR
(ming soʻm)
Tashkilotlar boʻyicha
T/r
Soliq toʻlovchilar nomi (vazirlik, idoralar va boshqa soliq toʻlovchilar)
Summa
Hisobot kuni uchun tushgan
Birinchi chorak
______ chorak
Jami
shu jumladan:
Hisoblangan
Kamomad (ust. 10 – ust. 3 – ust. 12 – ust. 13)
Muhlat berilgan
Maqsadli sxemalar (1-N sonli shakl hisobotiga kiritilmagan holda) boʻyicha
…
yanvar
fevral
mart
prognoz
fakt
prognoz
fakt
prognoz
fakt
prognoz
fakt
…
a
b
v
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
…
1.
1.
“Oʻzbekneftegaz” MXK (jami):
Qarashli tashkilot 1
Qarashli tashkilot 2
…
…
2.
2.
“Oʻzbekenergo” DAK (jami):
Qarashli tashkilot 1
Qarashli tashkilot 2
...
...
JAMI:
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 10-11-son, 121-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)