

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-1451534" id="-1451534">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-1451537" id="-1451537">Qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-1451538" id="-1451538">Jinoyat ishlarini kassatsiya va nazorat tartibida koʻrish amaliyoti haqida</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div name="-1451539" id="-1451539">(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi <a href="/mact/-2507732">10-sonli</a>, 2003-yil 19-dekabrdagi <a href="/mact/-2506968">20-sonli</a>, 2004-yil 24-sentabrdagi 15-sonli va 2006-yil 3-fevraldagi <a href="/mact/-2505199">5-sonli </a>qarorlariga asosan kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar bilan)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div name="-1600343" id="-1600343">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2008-yil 15-maydagi 11-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat ishlarini kassatsiya tartibida koʻrish amaliyoti toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/-1596771?ONDATE=15.05.2008 01#-1598886">qarori</a> qabul qilinganligi munosabati bilan ushbu qarorning ishlarni kassatsiya tartibida koʻrish yuzasidan berilgan tushuntirishlarga oid qismi oʻz kuchini yoʻqotgan.<br /></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div name="-1605458" id="-1605458">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2008-yil 15-maydagi 12-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat ishlarini nazorat tartibida koʻrish amaliyoti toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/-1598893?ONDATE=15.05.2008 02#-1599959">qarori</a> qabul qilinganligi munosabati bilan ushbu qarorning ishlarni nazorat tartibida koʻrish yuzasidan berilgan tushuntirishlarga oid qismi oʻz kuchini yoʻqotgan.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1451540" id="-1451540"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1451541" id="-1451541">Jinoyat ishlarini kassatsiya va nazorat tartibida koʻrish, sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini yuqori bosqich sudlari tomonidan tekshirish turlari boʻlib, yoʻl qoʻyilgan sud xatoliklarini bartaraf etishga qaratilgandir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1451542" id="-1451542">Sudlar tomonidan Jinoyat-protsessual qonunlari asosan toʻgʻri qoʻllanilayotgan boʻlsada, ayrim hollarda qonunlarni tatbiq etishda chalkashlikka yoʻl qoʻyilayotganligi natijasida qonun talablariga mos kelmaydigan qarorlar chiqarilmoqda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1451543" id="-1451543">Ishlarni kassatsiya va nazorat tartibida koʻrishda yuzaga kelgan muammolarni hal qilish va sud jarayonining mazkur bosqichlarida yagona sud amaliyotini taʼminlash maqsadida, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning <a href="/mact/-68532#-70640">17-moddasiga </a>asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1451547" id="-1451547">1. Jinoyat ishlarini kassatsiya va nazorat tartibida koʻrish sud xatolarini bartaraf etish orqali odil sudlov samaradorligini oshirishning kafolati ekanligiga sudlarning eʼtibori qaratilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1451548" id="-1451548">2. Tushuntirilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining <a href="/mact/-111460#-260823">498</a>, <a href="/mact/-111460#-260874">510</a>, <a href="/mact/-111460#-260910">511</a> va <a href="/mact/-111460#-256908">516-moddalarida </a>sud qarorlari ustidan belgilangan tartibda shikoyat berish yoki protest bildirishga, shuningdek, sud qarorlarini nazorat tartibida qayta koʻrib chiqishni iltimos qilishga haqli boʻlgan protsess ishtirokchilari va shaxslar qatʼiy belgilangan boʻlib, bunday shaxslar doirasini kengaytirib talqin qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1451549" id="-1451549">3. Yuqori bosqich sudlari, quyi sudlar tomonidan ishlarni kassatsiya tartibida koʻrishga rasmiylashtirishda Jinoyat-protsessual kodeksining 473-moddasining<a href="/mact/-111460#-1324938"> 4-qismi</a>, <a href="/mact/-111460#-260513">479</a>, <a href="/mact/-111460#-260823">498-moddalarida </a>qayd etilgan quyidagi talablarning bajarilganligini tekshirishlari shart:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1451564" id="-1451564">— taraflarga hukmning mazmuni, hukm ustidan ular istagi boʻyicha apellatsiya yoki kassatsiya tartibida shikoyat berish muddati va tartibining tushuntirilganligini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1451566" id="-1451566">— tushgan shikoyat yoki protest kimning manfaatlariga taalluqli boʻlsa, ularga bu haqda maʼlum qilinganligini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1451568" id="-1451568">— sud qarorlarining nusxalari sudlangan (mahkum)ga, jabrlanuvchiga, oqlangan shaxsga topshirilganligini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1451579" id="-1451579">— ular va boshqa manfaatdor shaxslar shikoyat yoki protest bilan, shu jumladan, qoʻshimcha taqdim etilgan hujjatlar bilan tanishganligini va oʻz eʼtirozlarini bildirganligini; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1451581" id="-1451581">— kassatsiya shikoyati bergan shaxs, shuningdek berilgan shikoyat yoki protest kimning manfaatlariga taalluqli boʻlsa, shu protsess ishtirokchilari ishning koʻrilish vaqti va joyi haqida tegishli tartibda xabardor qilinganliklarini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1451584" id="-1451584">— sudlangan (mahkum), oqlangan shaxs, ularning himoyachilari va qonuniy vakillari, jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar hamda ularning vakillari ishning yuqori instansiya sudida koʻrilishida ishtirok etishlari mumkinligi toʻgʻrisidagi qonun talablarining bajarilganligini va h.k.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1451589" id="-1451589">4. Jinoyat-protsessual qonunchiligida nazarda tutilgan himoyalanish huquqi protsess ishtirokchilarining barchasiga nisbatan ish yuritishning har qanday bosqichida ham taʼminlanishi shartligidan hamda sudda jinoyat ishlarining oshkora koʻrilishi, taraflarning oʻzaro tortishuvi va boshqa tamoyillarning mavjudligidan kelib chiqib, protsess ishtirokchilari jinoyat ishi yuzasidan berilgan shikoyat, bildirilgan protest va toʻplangan har qanday qoʻshimcha hujjat bilan tanishishga va oʻz eʼtirozlarini bildirishga haqlidirlar. Ammo, ularga bunday majburiyatlarni yuklash qonunga ziddir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1451591" id="-1451591">Shuning bilan birgalikda, ishni sudda koʻrishga asos boʻluvchi shikoyat yoki protestda ogʻirroq jinoyatga doir qonunni qoʻllash zarurligi, jazoni kuchaytirish yoki sudlangan (mahkum), oqlangan shaxsning ahvolini ogʻirlashtiradigan boshqa oʻzgarishlar nazarda tutilgan boʻlsa, shikoyat (protest) yoxud ularning nusxalari sudlangan (mahkum), oqlangan shaxsga tegishli tartibda taqdim etilib, uning eʼtiroznoma bildirish huquqi real taʼminlangandagina jinoyat ishining kassatsiya yoki nazorat tartibida koʻrilishiga yoʻl qoʻyilishi tushuntirilsin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1451594" id="-1451594">5. Ishning koʻrilishini boshqa kunga qoldirishga faqat uzrli sabablar boʻlganda yoʻl qoʻyiladi. Protsess ishtirokchisi boʻlgan shaxslar, oʻz vaqtida va tegishli tartibda ogohlantirilgan boʻlishiga qaramasdan, sudga kelmasalar va kelmaslik sabablari uzrli ekanligi haqida biron-bir tarzda maʼlum qilmagan boʻlsalar, ishni ularning ishtirokisiz koʻrish masalasi hal qilinib, bu haqdagi sudning ajrimi sud majlisi bayonnomasida koʻrsatilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1451597" id="-1451597">6. Jinoyat-protsessual kodeksining <a href="/mact/-111460#-256852">506</a> va <a href="/mact/-111460#-256908">516-moddalariga </a>asosan, kassatsiya va nazorat instansiya sudlari sud majlisiga sudlangan (mahkum), oqlangan shaxs, jabrlanuvchi, guvoh, ekspert va zarurat boʻlsa, boshqa shaxslarni chaqirish toʻgʻrisida asoslantirilgan ajrim chiqarish masalasini ish holatlaridan va protsessual qonunlar (Jinoyat-protsessual kodeksining<a href="/mact/-111460#-253580"> 46</a>, <a href="/mact/-111460#-253627">55</a> va <a href="/mact/-111460#-260513">479-moddalari</a>) mazmunidan kelib chiqqan holda hal qiladilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1451603" id="-1451603">7. Qonun mazmunidan apellatsiya tartibida koʻrilgan ishlar kassatsiya tartibida koʻrilmasligi kelib chiqsa-da, sudlar buni bir tomonlama tushunmasliklari kerak. Muayyan shaxsga nisbatan va ayni bir asos boʻyicha apellatsiya tartibida koʻrilgan ishlargina kassatsiya tartibida koʻrilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1451604" id="-1451604">8. Chiqarilgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1451605" id="-1451605">9. Ish kassatsiya tartibida koʻrib chiqilgandan soʻng kelib tushgan shikoyat yoki protestni koʻrib chiqish va u boʻyicha ajrim chiqarish masalasi Jinoyat-protsessual kodeksining <a href="/mact/-111460#-256870">508-moddasi </a>asosida hal qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1451606" id="-1451606">Bunday hollarda keyingi ajrim avval chiqarilgan ajrimga zid boʻlsa, ish bir yoki har ikkala ajrim ustidan protest bildirish masalasini hal qilish uchun nazorat tartibida protest keltirish vakolatiga ega boʻlgan sud raisiga yuboriladi. Ishni qoʻshimcha koʻrish tartibi kechikib kelgan xususiy shikoyat yoki xususiy protestni hal qilishga ham taalluqlidir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1451607" id="-1451607">10. Sud, ishni kassatsiya va nazorat tartibida koʻrishda, Jinoyat-protsessual kodeksining <a href="/mact/-111460#-256692">482-moddasi </a>talablariga koʻra, shikoyat yoki protestda bayon etilgan vajlar bilan chegaralanmasdan, ishni barcha mahkum (oqlangan shaxs)larga, shu jumladan, shikoyat bermagan hamda ustidan shikoyat yoki protest bildirilmaganlarga nisbatan ham toʻla hajmda tekshirishga majbur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1451608" id="-1451608">Bunda, quyi bosqich sudi tomonidan yoʻl qoʻyilgan moddiy va protsessual qonun buzilishlari, bu haqda shikoyat yoki protestda koʻrsatilgan-koʻrsatilmaganligidan qatʼi nazar, bartaraf qilinishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1451609" id="-1451609">11. Agar, birinchi instansiya sudi tomonidan yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni toʻldirish va protsessual qonun buzilishlarini bartaraf etish imkoniyati boʻlsa, kassatsiya va nazorat instansiyasi sudlari qisman sud tergovi oʻtkazish va hukmga oʻzgartirishlar kiritishga haqlidir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1451610" id="-1451610">Jinoyat-protsessual kodeksining 490-moddasining <a href="/mact/-111460#-260611">2-qismida </a>nazorat instansiyasi sudi jinoyat ishini nazorat tartibida koʻrib, apellatsiya yoki kassatsiya ajrimini bekor qilish, shuningdek, agar keyin sud qarorlari chiqarilgan boʻlsa, ularni ham bekor qilish va ishni yangidan apellatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrib chiqishga yuborishi belgilangan. Mazkur qoida nazorat instansiyasi sudining mahkum (oqlangan shaxs)ning ahvolini ogʻirlashtirmaydigan holatlarda sud ajrimi va qarorlarini oʻzgartirish vakolatini (Jinoyat-protsessual kodeksining<a href="/mact/-111460#-260955"> 521-moddasi</a>) istisno etmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1451611" id="-1451611">12. Yuqori instansiya sudi, asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, mahkumni oʻta xavfli retsidivist deb topishga, unga tarbiya koloniyasi yoki jazoni ijro etish koloniyasining ogʻirroq turini belgilashga, jinoyat oqibatida yetkazilgan zararni qoplash miqdorini ish hujjatlariga asosan koʻpaytirishga, hukmning ayrim mahkumlarga qoʻyilgan ayblov qismini yoki fuqaroviy daʼvo qismini bekor qilishga yoki oʻzgartirishga haqlidir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1451612" id="-1451612">Sud jinoyat ishini kassatsiya yoki nazorat tartibida koʻrgan vaqtida jazoni kuchaytirishga, shuningdek, ogʻirroq jinoyatga doir qonun moddalarini qoʻllashga haqli emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1451613" id="-1451613">Shuningdek, mahkumning ahvolini ogʻirlashtiradigan oʻzgarishlar nazarda tutilgan boʻlsa, sud qarorlarini nazorat tartibida qayta koʻrib chiqishga ular qonuniy kuchga kirganidan keyin bir yil mobaynidagina yoʻl qoʻyilishiga eʼtibor qaratilsin (Jinoyat-protsessual kodeksining <a href="/mact/-111460#-256897">513-moddasi</a>).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1451614" id="-1451614">13. Yuqori bosqich sudi, zarurat tugʻilganda, Jinoyat-protsessual kodeksining <a href="/mact/-111460#-257069">541</a>, <a href="/mact/-111460#-257074">542-moddalarida </a>koʻrsatilgan tartibda, hukm, ajrim va qarorning mohiyatiga daxl qilmaydigan va mahkumning ahvolini ogʻirlashtirmaydigan holatda sud qarorlaridagi shubha va noaniqliklarni bartaraf qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1451619" id="-1451619">Shuningdek, qonuniy kuchga kirgan sud qarorlaridagi amnistiya aktini tatbiq etishga oid noaniqliklar Jinoyat-protsessual kodeksining <a href="/mact/-111460#-257069">541-moddasi </a>asosida hukm, ajrim va qarorning ijrosiga taalluqli masalalarni hal etish tartibida qoʻshimcha ajrim yoki qaror chiqarish yoʻli bilan ham hal qilinishi mumkin boʻlib, bunda protest bildirilishi talab etilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1451615" id="-1451615">14. Yuqori bosqich sudi shaxsning qilmishlari notoʻgʻri kvalifikatsiya qilingan degan toʻxtamga kelsa, uni tegishli jinoyat qonuniga qayta kvalifikatsiya qiladi. Qayta kvalifikatsiya qilingan qonun boʻyicha qilmish uchun javobgarlikka tortish muddati oʻtgan boʻlsa yoki amnistiya akti asosida jinoyat ishi qoʻzgʻatilmasligi taqozo etilsa, Jinoyat-protsessual kodeksining 84-moddasi 1-qismining <a href="/mact/-111460#-253767">1</a>, <a href="/mact/-111460#-253768">2-bandlari </a>asosida ish tugatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1451616" id="-1451616">Aybdorni jinoiy javobgarlikdan ozod qiluvchi amnistiya aktiga zid ravishda yoki jinoiy javobgarlikka tortish muddati oʻtganidan soʻng jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan va yuritilgan taqdirda, mahkum, garchand, jazoni oʻtashdan ozod qilingan boʻlsada, ayblov hukmi bekor qilinib, ish tugatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1451617" id="-1451617">15. Chiqarilgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1451618" id="-1451618">16. Nazorat instansiyasi sudida jinoyat ishlari Jinoyat-protsessual kodeksining <a href="/mact/-111460#-256852">506-moddasida </a>nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq koʻriladi. Jumladan, ushbu moddada sudyalar maslahatlashuvining sir saqlanishiga rioya etish koʻzda tutilganligini eʼtiborga olish zarur. Zero, Jinoyat-protsessual kodeksining <a href="/mact/-111460#-256724">487-moddasiga </a>binoan, sudyalar maslahatlashuvi sir saqlanishining buzilishi Jinoyat-protsessual qonunining jiddiy buzilishi hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1451620" id="-1451620">17. Jinoyat-protsessual kodeksining <a href="/mact/-111460#-260838">500</a> va <a href="/mact/-111460#-256897">513-moddalari </a>mazmunidan kelib chiqqan holda mahkumning ahvolini ogʻirlashtiruvchi asoslar boʻyicha sudlarning hukm, ajrim va qarorlarini, ular qonuniy kuchga kirgandan keyin bir yil vaqt oʻtgach kassatsiya va nazorat tartibida qayta koʻrib chiqishga yoʻl qoʻyilmaydi. Jumladan:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1451623" id="-1451623">shaxsning ijtimoiy xavflilik xususiyatini yoʻqotishi munosabati bilan uni jazodan ozod qilinishi (Oʻzbekiston Respublikasi JKning <a href="/mact/-111453#-195165">70-moddasi</a>);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1451625" id="-1451625">aybdorning chin koʻngildan pushaymon boʻlganligi munosabati bilan jazodan ozod qilinishi (Oʻzbekiston Respublikasi JKning <a href="/mact/-111453#-1723504">71-moddasi</a>);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1451630" id="-1451630">mahkumning jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilinishi yoki jazoni yengilrogʻi bilan almashtirilishi (Oʻzbekiston Respublikasi JKning <a href="/mact/-111453#-195407">73</a>, <a href="/mact/-111453#-195540">74-moddalari</a>);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1451664" id="-1451664">mahkumning kasallik yoki mehnatga qobiliyatini yoʻqotish oqibatida jazodan ozod qilinishi (Oʻzbekiston Respublikasi JKning <a href="/mact/-111453#-195589">75-moddasi</a>);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1451665" id="-1451665">mahkumning amnistiya akti yoki afv etish asosida jazodan ozod qilinishi (Oʻzbekiston Respublikasi JKning <a href="/mact/-111453#-195680">76-moddasi</a>); </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1451671" id="-1451671">sudlanganlikning olib tashlanishi (Oʻzbekiston Respublikasi JKning<a href="/mact/-111453#-195699"> 79-moddasi</a>);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1451672" id="-1451672">hukm, ajrim va qarorlarni ijroga qaratishga taalluqli ayrim (Jinoyat-protsessual kodeksining <a href="/mact/-111460#-257069">541-moddasi</a>) masalalar (ozodlikdan mahrum etishga shartli ravishda hukm qilinganda sinov muddatini qisqartirish; mahkumni hukmda belgilangan jazoni oʻtashi uchun yengilroq tartibli koloniyaga joʻnatish yoki koʻchirish, axloq tuzatish ishlari oʻtalgan vaqtni umumiy mehnat stajiga qoʻshish) va hokazolar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1451621" id="-1451621">18. Sud qarorlarini ogʻirlashtiruvchi holatlarda qayta koʻrib chiqishga yoʻl qoʻyiladigan bir yillik muddat (Jinoyat-protsessual kodeksining <a href="/mact/-111460#-260838">500</a> va <a href="/mact/-111460#-256897">513-moddalari</a>) qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida munosabat bildirilayotgan sud qarori qonuniy kuchga kirgan kundan boshlanishi tushuntirilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1451622" id="-1451622">19. Jinoyat ishining nazorat tartibida qayta koʻrilishiga faqat ishdagi hujjatlardan kelib chiqadigan asoslar mavjud boʻlgandagina yoʻl qoʻyiladi. Sud qarorlarining qonuniyligi va asosliligini shubhaga soluvchi holatlar, ular qonuniy kuchga kirgandan keyin aniqlangan boʻlsa, bunday sud qarorini qayta koʻrib chiqish masalasi, faqat, yangi ochilgan holatlar munosabati bilan ish yuritish tartibida hal etilishi mumkin. Agarda, shu koʻrsatilgan holatlarda nazorat tartibida protest keltirilgan boʻlsa, nazorat bosqich sudi protestni qanoatlantirmasdan qoldirib, ishni barcha hujjatlar bilan birga yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qoʻzgʻatish uchun prokurorga yuboradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1451624" id="-1451624">20. Kassatsiya bosqich sudlari Jinoyat-protsessual kodeksining <a href="/mact/-111460#-256724">487-moddasida </a>koʻrsatilgan hukmni bekor qilinishiga sabab boʻladigan jiddiy qonun buzilishlarini aniqlasa, bu qonun buzilishlari ish boʻyicha oʻtayotgan shaxslarning qaysi biriga taalluqliligidan, yaʼni ularga nisbatan shikoyat yoki protest mavjud yoki yoʻqligidan qatʼi nazar, hukm barchasiga nisbatan bekor qilinishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1451626" id="-1451626">21. Sud ishni qoʻshimcha tergovga yoki yangidan sudda koʻrish uchun yuborayotganida sudlanuvchiga qoʻyilgan aybning isbotlanganligi yoki u yoki bu dalilning ishonchliligi, bir dalilning ikkinchisidan afzalligi, qilmishning u yoki bu jinoyat qonuni bilan kvalifikatsiya qilinishi lozimligi va jazo chorasi haqida oldindan xulosa qilishga haqli emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1451627" id="-1451627">Hukmni bekor qilib, ishni yangidan koʻrish uchun sudga yuborayotib, yuqori bosqich sudi oʻz qarorida qaysi holatlar hukmni bekor qilinishiga sabab boʻlganligini va ularni bartaraf etish yoʻllarini koʻrsatishi zarur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1451628" id="-1451628">Hukmni yoki ajrimni bekor qilib, ishni qoʻshimcha tergovga yuborayotganda, yuqori bosqich sudi, aynan qanday holatlar tergov yoʻli bilan qoʻshimcha aniqlanishi kerakligini, bunday holatlarni sud yoʻli bilan aniqlash imkoni yoʻqligini koʻrsatishi, shuningdek, avval qoʻllanilgan ehtiyot chorasining maqsadga muvofiqligini, uni oʻzgartirish, masalan, garov tariqasidagi ehtiyot chorasini qoʻllash imkoniyatlari bor yoki yoʻqligini, albatta muhokama qilishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1451629" id="-1451629">22. Jinoyat ishi boʻyicha toʻplangan qoʻshimcha dalil va hujjatlar, sudda tekshirilgan holatlarga taalluqli boʻlsa va yangi ochilgan holatlar mavjudligidan dalolat bermasa, ulardan foydalanish mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1451631" id="-1451631">Qoʻshimcha hujjatlar Jinoyat-protsessual kodeksining <a href="/mact/-111453#-262390">149</a>, <a href="/mact/-111460#-254247">170</a>, <a href="/mact/-111460#-255087">290</a> va <a href="/mact/-111460#-260394">398-moddalarida </a>nazarda tutilgan (murdani eksgumatsiya qilish, telefon va boshqa soʻzlashuv qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, mol-mulkni xatlash, mulkiy zararni qoplashni va mol-mulkni musodara etishni taʼminlash) protsessual harakatlarni oʻtkazishni tergov organining zimmasiga yuklash yoʻli bilan ham toʻplanishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1451666" id="-1451666">Qoʻshimcha hujjatlarga ishdagi mavjud dalillar bilan birga baho berilishi lozim. Ular hukm, ajrim va qarorni oʻzgartirish yoki bekor qilishga asos qilib olinishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1451667" id="-1451667">Qoʻshimcha taqdim etilgan hujjatlar protsessual qonun talablariga rioya etilgan holda olingan yoki toʻplangan boʻlsagina, ular sud tomonidan huquqiy ahamiyatga molik hujjat, shu jumladan, dalil sifatida baholanishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1451668" id="-1451668">23. Agar, mahkumning bir necha epizoddan iborat jinoiy qilmishlari bir xilda kvalifikatsiya qilingan boʻlib, ishni kassatsiya va nazorat bosqichida koʻrishda eʼlon qilingan ayb epizodlaridan biri yoki bir nechtasi oʻzining tasdigʻini topmasa (masalan, shaxsni bir necha marta pora olganlikda aybdor deb topish) va bu holat qoʻshimcha tekshirishni talab qilmasa, sud ushbu epizodlarni sudlanuvchining aybidan chiqarib, ishning shu qismini tugatishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1451669" id="-1451669">Agar, mahkum bir necha jinoyatlarni sodir qilganlikda aybdor deb topilgan va ularning har biri qonunning tegishli moddasi bilan kvalifikatsiya qilingan boʻlib, alohida koʻrilishi mumkin boʻlsa, yuqori bosqich sudi hukmni bir yoki bir necha jinoyatlar qismi boʻyicha bekor qilib, ishni yangidan koʻrish yoki qoʻshimcha tergov oʻtkazish uchun yuborishga va hukmning boshqa qismini oʻzgarishsiz qoldirishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1451670" id="-1451670">24. Jinoiy qilmish jinoyat qonunining bir moddasidan uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatlarni nazarda tutuvchi bir necha moddasiga qayta kvalifikatsiya qilinganda, agar, bu sudlangan (mahkum)ning ahvolini ogʻirlashtirmasa va uning himoya huquqini buzmasa, yuqori bosqich sudi Jinoyat kodeksining<a href="/mact/-111453#-286608"> 59-moddasi </a>tartibida jazo tayinlaydi. Bu jazo birinchi bosqich sudi tomonidan tayinlangan jazodan ogʻir boʻlmasligi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1451673" id="-1451673">25. Kassatsiya va nazorat instansiyasi sudi mahkumga tayinlangan jazoni yengillashtirish masalasini hal qila turib, Jinoyat-protsessual kodeksining <a href="/mact/-111460#-256692">482-moddasiga </a>muvofiq, nafaqat jazoni kamaytirishi, balki, boshqa yengilroq jazo turiga almashtirishi ham mumkin. Bu holatda, qonun doirasida tayinlanadigan yengilroq jazoning muddati hukm boʻyicha tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazosining muddatidan ortiqroq boʻlishi ham mumkin (masalan, bir yil ozodlikdan mahrum qilingan shaxsga sud uch yil axloq tuzatish ishi tayinlashga haqli).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1451676" id="-1451676">Sudlangan (mahkum)ga nisbatan asosiy jazo kamaytirilganda, shu jumladan, qonunda belgilangandan koʻra yengilroq jazoga almashtirilganda ham, hukmning qoʻshimcha jazo tayinlash (muayyan huquqdan, harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish kabi) qismi oʻzgarishsiz qoldirilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1451674" id="-1451674">26. Ishni koʻrish vaqtida sudlangan (mahkum)ning sodir etilgan jinoyatga daxli boʻlmaganligi sababli hukm bekor qilinib jinoyat ishi tugatilsa, javobgarlikka tortilishi lozim boʻlgan shaxsni aniqlash masalasini hal etish uchun, sud, jinoyat ishini prokurorga yuborishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1451675" id="-1451675">27. Yuqori bosqich sudi surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sudlar tomonidan jinoyat sudlov ishlarini yurgizishda jabrlanuvchining ishtirokini tartibga soluvchi qonunlarga rioya qilinganligini sinchiklab tekshirishi, yoʻl qoʻyilgan qonun buzilishlarini eʼtiborsiz qoldirmasligi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1451677" id="-1451677">Jabrlanuvchini protsessual huquqlaridan mahrum qilish yoki ularni cheklash ishning har tomonlama, toʻla va xolisona koʻrilishiga xalal bergan hamda qonuniy, asosli va adolatli sud qarori chiqarilishiga taʼsir qilgan boʻlsa, bu holat sud qarorining bekor qilinishiga sabab boʻluvchi jiddiy qonun buzilishi deb baholanishi mumkin (Jinoyat-protsessual kodeksining <a href="/mact/-111460#-256724">487-moddasi</a>).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1451678" id="-1451678">28. Kassatsiya va nazorat bosqich sudlarining qarorlari aniq, tushunarli, izchil ifodalangan, mantiqiy va huquqiy asoslantirilgan boʻlishi hamda Jinoyat-protsessual kodeksining <a href="/mact/-111460#-260652">496-moddasida </a>nazarda tutilgan holatlarni, albatta aks ettirgan holda tuzilgan boʻlishi shart. Bu talablarning bajarilmaganligi ularni oʻzgartirish yoki bekor qilishga asos boʻla oladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1451679" id="-1451679">29. Kassatsiya va nazorat instansiya sudi Jinoyat-protsessual kodeksining <a href="/mact/-111460#-255126">298</a> va <a href="/mact/-111460#-255131">300-moddalarida </a>nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, shuningdek, surishtiruv, dastlabki tergov jarayonida va sud muhokamasida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarga tegishli mansabdor shaxslarning eʼtiborini qaratish zarur boʻlgan, xususiy ajrim chiqaradi. Biroq, yuqori bosqich sudi, oʻzgartirilmasdan qolidirilgan sud qarorining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligiga shubha tugʻdiruvchi xususiy ajrim chiqarishga haqli emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1451680" id="-1451680">30. Chiqarilgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1451681" id="-1451681">31. Jinoyat ishlari boʻyicha viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarning Rayosatlari muayyan ishni nazorat tartibida koʻrish chogʻida, mazkur ishni koʻrishda ishtirok etishi mumkin boʻlmagan sudyalarni hisobga olmagan holda, qolgan Rayosat aʼzolarining koʻpchiligi hozir boʻlgan taqdirda ham vakolatli hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1451682" id="-1451682">32. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi “Jinoyat ishlarini sudlar tomonidan kassatsiya va nazorat tartibida koʻrish amaliyoti toʻgʻrisida”gi 43-sonli <a href="/mact/-2886473">qarori</a> oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-1451683" id="-1451683"></div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1451684" id="-1451684"></div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1451685" id="-1451685">2001-yil 1-iyun,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-1451686" id="-1451686">5-son</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
