

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                        <div class="act_warning">
                            Hujjat kuchini yo‘qotgan&nbsp;28.04.2017
                        </div>
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-1443938" id="-1443938">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-1443939" id="-1443939">Qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-1443940" id="-1443940">Sudlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1995-yil 27-oktyabrdagi “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga oid jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining bajarilishi toʻgʻrisida</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-1443941" id="-1443941">(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 10-sonli <a href="/mact/-2507732">qaroriga </a>asosan kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar bilan)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1443942" id="-1443942"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-3476046" id="-3476046">Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017-yil 28-apreldagi 12-sonli “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga oid jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/-3203265?ONDATE=28.04.2017 00#-3203433">qaroriga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1443943" id="-1443943">Qashqadaryo, Surxondaryo va Xorazm viloyat sudlari raislarining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1995-yil 27-oktabrdagi “Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga oid jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi <a href="/mact/-1440407">qarorining </a>bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼruzalarini, shuningdek, kassatsiya va nazorat amaliyotida toʻplangan hujjatlarni muhokama qilib, Plenum qayd etilgan qaror jamiyat uchun alohida xavfli hisoblanuvchi ushbu toifadagi jinoyatlar toʻgʻrisidagi jinoyat ishlarini sudlar tomonidan koʻrish amaliyotiga ijobiy taʼsir koʻrsatganligini qayd etadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1443944" id="-1443944">Ammo sudlar giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha adolatni oʻrnatish darajasini yuksaltirishga qaratilgan jinoyat va protsessual qonunchilikning va Oliy sud koʻrsatmalarining qatiy bajarilishini hamma vaqt ham taʼminlamayotirlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1443945" id="-1443945">Tarkibida giyohvandlik boʻlgan oʻsimliklar ekilgan maydon hajmini, shuningdek, aybdorning giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar kelgusida tayyorlash, oʻtkazish yoki sotish maqsadini aniqlash bilan bogʻliq boʻlgan xatolarga yoʻl qoʻyilmoqda. Bu esa qilmishga notoʻgʻri baho berilishiga olib kelmoqda. Talay hollarda ushbu toifadagi jinoyatlarning bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilishi asossiz ravishda uyushgan guruh belgisi bilan tavsiflangan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1443946" id="-1443946">Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni oʻtkazish va sotish tushunchalarini bir-biridan notoʻgʻri farqlash hollari koʻplab uchramoqda. Garchand Oliy sud Plenumi ushbu masalada aniq tushuntirishlar berib, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni sotish ularni oʻtkazishning eng xavfli koʻrinishlaridan hisoblanishi va ular uchun moddiy qiymatliklar olinishi taqozo qilinishini, oʻtkazish esa ularni boshqa shaxsga tekinga berib yuborishdan iboratligini uqtirib oʻtgan va bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1995-yil 27-oktabrdagi qarorining<a href="/mact/-1440407#-1440562"> 5</a> va <a href="/mact/-1440407#-1440567">6-bandlarida </a>qayd etilgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1443947" id="-1443947">Bir necha ishlar boʻyicha giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni saqlagan shaxslar, shak-shubhaga oʻrin qoldirmaydigan dalillar yoʻq boʻlsada, asossiz ularni sotishga suiqasd qilish yoki oʻtkazish maqsadida saqlaganlikda ayblanib sudlanganlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1443948" id="-1443948">Giyoxvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarning miqdori va navini ekspertiza tayinlash yoʻli bilan toʻgʻri aniqlash zarurligi toʻgʻrisida Oliy sudning koʻrsatmalari toʻliq bajarilmayotir. Holbuki bu holat aybdorning harakatini tavsiflash uchun muhim ahamiyat kasb etadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1443949" id="-1443949">Ushbu toifadagi ishlarni tergov qilishda va sudda muhokama qilayotganda protsessual qonunchilik normalarini qoʻpol buzish hollariga yoʻl qoʻyilmoqda. Masalan, gumonlanuvchidan giyohvandlik vositalarini olib qoʻyish, nazorat tariqasida sotib olishni amalga oshirish paytlarida ayrim ishlar boʻyicha bu jinoyatni sodir etishga igʻvo qilish alomatlarini tashkil etmoqda, bu esa butunlay yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan holat.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1443950" id="-1443950">Tergov olib borishning ruxsat etilmagan usullari va qonunchilikning boshqa buzilishlari ustidan fuqarolarning shikoyatlari koʻpaymoqda. Sudlar ushbu toifadagi ishlar boʻyicha jazoni tayinlashning umumiy asoslariga hamma vaqt ham amal qilmayaptilar. Jinoyatning ikkinchi darajali ishtirokchilariga, ayollarga, keksa yoshdagi shaxslarga, voyaga etmaganlarga asossiz ravishda ogʻir jazo tayinlangan holatlar boʻldi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1443951" id="-1443951">Shuning bilan birga sudlar jinoyatlarning tashkilotchilariga, uyushgan jinoiy guruh qatnashchilariga qonunning barcha kuchini tatbiq qilishlari lozim. Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashga yoʻnaltirilgan qonunchilikka qatʼiy amal qilishni taʼminlash, sud amaliyotida mavjud boʻlgan xatolarni bartaraf etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1443975" id="-1443975">1. Oʻzbekiston Respublikasi sudlarining eʼtibori giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi yoʻnaltirilgan jinoyat qonunchiligini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1995-yil 27-oktabrdagi ushbu masala boʻyicha <a href="/mact/-1440407">qarorini </a>qatiy bajarishga qaratilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1443976" id="-1443976">2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyat, Toshkent shahar sudlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi raislari giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishni tashkil etuvchi jinoyatlar boʻyicha jinoyat va protsessual qonunchilik normalarining buzilishini bartaraf qilish choralarini koʻrgan holda, jinoyat ishlarini koʻrishda tegishli sud nazoratini taʼminlasinlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1443977" id="-1443977">3. Apellyatsiya, kassatsiya va nazorat sud bosqichlari ushbu toifadagi ishlar boʻyicha sud amaliyotini, yoʻl qoʻyilgan sud xatolarini oʻz vaqtida tuzatgan holda, muntazam ravishda oʻrganib va umumlashtirib borsinlar.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-1443978" id="-1443978"></div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1443979" id="-1443979"></div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1443980" id="-1443980">1997-yil 22-avgust,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-1443981" id="-1443981">13-son</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
