1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.78.00 (Кучини йукотган) Taʼlimning boshqa turlari. Qoʻshimcha (maktabdan tashqari) taʼlim;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.88.00 (Кучини йукотган) Toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TAʼLIMI VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
Qarori
OTA-ONALAR TOMONIDAN BOLALARNING MUSIQA VA SANʼAT MAKTABLARIDA OʻQISHI UCHUN HAQ TOʻLASH VA UNDAN FOYDALANISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 8-iyuldagi PQ-910-sonli “Bolalar musiqa va sanʼat maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada yaxshilash boʻyicha 2009 — 2014-yillarga moʻljallangan Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 28-son, 267-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Ota-onalar tomonidan bolalarning musiqa va sanʼat maktablarida oʻqishi uchun haq toʻlash va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 8-iyuldagi PQ-910-sonli “Bolalar musiqa va sanʼat maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada yaxshilash boʻyicha 2009 — 2014-yillarga moʻljallangan Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 28-son, 267-modda) muvofiq bolalar (oʻquvchilar)ning (bundan keyingi oʻrinlarda bolalar deb yuritiladi) musiqa va sanʼat maktablarida oʻqishi uchun toʻlanadigan toʻlovning miqdori, uni toʻlash va undan foydalanish tartibini belgilaydi.
3. Musiqa va sanʼat maktablarida bolalarning taʼlim olishlari uchun toʻlovlar ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar (bundan keyingi oʻrinlarda ota-onalar deb yuritiladi) va maktab maʼmuriyati tomonidan tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
4. Musiqa va sanʼat maktablarida oʻqish uchun toʻlanadigan toʻlov oʻquv yilining (sentabr — may) oylari uchun toʻlanadi. Toʻlovlar har oyda kelgusi oyning 5-sanasidan kechikmasdan toʻlanadi.
5. Bolaning kasalligi davrida (2 haftadan kam boʻlmaganda) musiqa va sanʼat maktabida oʻqish uchun toʻlov olinmaydi. Bunda, bolaning kasalligi toʻgʻrisida ota-onaning arizasi va davolash muassasasidan yoki hudud shifokoridan olingan maʼlumotnoma taqdim etilishi zarur.
6. Musiqa va sanʼat maktablarida oʻqish uchun amalga oshiriladigan toʻlov bank muassasalariga toʻlanadi va toʻlov toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat (kvitansiya) nusxasi musiqa va sanʼat maktabiga taqdim etiladi.
7. Agar toʻlov naqd pulsiz shaklda amalga oshirilgan boʻlsa, musiqa va sanʼat maktabiga toʻlov topshiriqnomasining nusxasi (toʻlov toʻlanganligi toʻgʻrisidagi bank belgisi qoʻyilgan holda) taqdim etiladi.
8. Musiqa va sanʼat maktabida oʻqish uchun toʻlangan toʻlov ushbu muassasalarning alohida budjetdan tashqari talab qilib olguncha bank depozit hisob raqamiga tushiriladi.
9. Agar toʻlov ushbu Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan muddatdan ikki hafta mobaynida uzrli sabablarsiz toʻlanmagan taqdirda, oʻquvchilar bolalar musiqa va sanʼat maktabi roʻyxatidan chiqariladi.
10. Musiqa va sanʼat maktabida oʻqiydigan bolaning taʼlim olishi uchun toʻlanmagan toʻlov bir oy ichida toʻlangan taqdirda, bola mazkur sinfning dasturiy talabini bajargandan soʻng oʻquvchilar safiga qayta tiklanadi.
11. Mazkur Nizomga muvofiq, musiqa maktablarida taʼlim olish uchun ota-onalar tomonidan amalga oshirilgan toʻlovdan tushgan mablagʻ bolalar musiqa va sanʼat maktablarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, oʻqituvchilar va konsertmeysterlarni moddiy ragʻbatlantirish uchun sarflanadi.
III. Oʻqish uchun toʻlovlardan ozod etish hamda oʻqituvchi va konsertmeysterlarga har oylik ustamalar belgilash boʻyicha Komissiyaning faoliyati
12. Har bir musiqa va sanʼat maktabida oʻqish uchun toʻlovlardan ozod etish va oʻqituvchi hamda konsertmeysterlarga har oylik ustamalar belgilash boʻyicha Komissiya (bundan keyingi oʻrinlarda Komissiya deb yuritiladi) tuziladi.
13. Komissiya maktab direktori buyrugʻi asosida 5 — 7 kishidan iborat boʻlgan tarkibda tayinlanadi.
Komissiya raisi — maktab direktori.
Komissiya aʼzolari — maʼnaviy-maʼrifiy va oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari (masʼul kotib), musiqa va sanʼat maktabining kasaba uyushmasi raisi, ikki yetakchi oʻqituvchi va ota-onalar qoʻmitasining ikki vakili.
14. Komissiyaning asosiy vazifasi quyidagilar hisoblanadi:
a) moliya yilining boshlanishida, zarur hollarda oʻquv yili davomida ota-onalarni bolalarning oʻqishi uchun belgilangan toʻlovdan ozod etish masalasini koʻrib chiqish;
b) oʻquv yilining boshlanishida, shuningdek, zarur hollarda oʻquv yili davomida oylik ustama belgilash boʻyicha oʻqituvchi va konsertmeysterlarning nomzodlarini koʻrib chiqish hamda har oylik ustama belgilash.
16. Oʻqituvchi va konsertmeysterlarga ustama belgilash uchun nomzodlarni koʻrib chiqishda oʻqituvchi va konsertmeysterlarning tarbiyaviy va sinfdan tashqari ishlari, kasbiy mahorati, oʻqitish sifati va yuksak koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi musiqa va sanʼat maktablarining boʻlim boshliqlari tomonidan beriladigan tavsiyanomalar Komissiyaga taqdim etilishi kerak.
17. Komissiya, zarur hollarda, oʻquv yili boshida belgilangan ustamalar miqdorining muddatidan oldin oʻzgarganligi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
IV. Oʻqish uchun toʻlovlardan ozod qilish tartibi
18. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 31-dekabrdagi 490-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 22-24-son, 159-modda) asosan musiqa va sanʼat maktablarida oʻquvchilar umumiy sonining (oʻquv yili boshlanishida) 25 foizi doirasida kam taʼminlangan oilalarning iqtidorli bolalari taʼlim olishlari uchun toʻlovdan ozod etiladilar.
19. Kam taʼminlangan oilalarning farzandlarini toʻlovdan ozod etish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:
a) ota-onalarning arizasi;
b) 16 (18) yoshgacha boʻlgan farzandlari bor oilalarning har oylik oladigan nafaqasi va oilaning har bir aʼzosiga toʻgʻri keladigan jami daromadi toʻgʻrisidagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan beriladigan maʼlumotnoma;
g) oʻquvchining respublika, viloyat, tuman (shahar) koʻrik-tanlovlari, festivallar, koʻrgazmalardagi ishtirokini tasdiqlovchi hujjatlar (agar mavjud boʻlsa).
20. Toʻlovdan ozod etilgan kam taʼminlangan oila farzandlari roʻyxati Komissiya tomonidan moliya yilining boshlanishida aniqlanadi va Komissiya qarori bayonnomasi asosida maktab direktori buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
21. Oilaning bir aʼzosiga bir oyda toʻgʻri keladigan jami daromadi eng past darajada boʻlgan kam taʼminlangan oilalarning bolalarini roʻyxatga birinchi navbatda kiritish tamoyiliga rioya qilgan holda toʻldirib boriladi.
23. Davlat qaramogʻida boʻlgan yetim bolalar va ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarning oʻqishi uchun toʻlovdan ozod etishga xalq taʼlimi boʻlimlari tomonidan berilgan maʼlumotnomalar asos boʻladi.
V. Ota-onalarning toʻlovidan tushgan mablagʻlardan foydalanish tartibi
24. Oʻqish uchun toʻlangan ota-onalar toʻlovi mablagʻlari quyidagilarga yoʻnaltiriladi:
a) 50 foizi maktabning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga;
b) 40 foizi maktab pedagog xodimlarining umumiy soni koʻrsatkichining 50 foizidan oshmagan oʻqituvchi va konsertmeysterlarga har oylik bazaviy tarif stavkasining 40 foizigacha moddiy ragʻbatlantirishga;
v) 10 foizi xalqaro va respublika, viloyat, tuman (shahar) koʻrik-tanlovlari, festivallar, koʻrgazmalardagi yutuqlari uchun ragʻbatlantirishga, shuningdek, oʻquvchilarni teatr, konsert, muzeylarga tashrifi hamda madaniy tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazishga.
25. Ota-onalar toʻlovidan tushgan mablagʻlarning taqsimlanishi Komissiya qarori asosida maktab direktori buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
26. Oʻqituvchi va konsertmeysterlarga belgilanadigan ustama miqdori ularning tarbiyaviy va sinfdan tashqari ishlari, oʻquv jarayoniga qoʻshgan shaxsiy hissasi uchun 100 ballik tizim asosida mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq baholanadi
Bunda:
a) 80 ball va undan koʻp ballni toʻplagan oʻqituvchi va konsertmeysterlarga tarbiyaviy va sinfdan tashqari ishlari uchun bazaviy tarif stavkasining 15 foizigacha;
b) 60 balldan 80 ballgacha toʻplagan oʻqituvchi va konsertmeysterlarga tarbiyaviy va sinfdan tashqari ishlari uchun bazaviy tarif stavkasining 10 foizigacha ustama belgilanadi.
27. Oʻqituvchi va konsertmeysterlarga belgilanadigan ustama miqdori ularning kasbiy mahorati va pedagogik ishlarining yuqori koʻrsatkichlari uchun 100 ballik tizim asosida mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq baholanadi.
Bunda:
a) 70 balldan 80 ballgacha toʻplagan oʻqituvchi va konsertmeysterlarga bazaviy tarif stavkasining 25 foizigacha ustama belgilanadi;
b) 60 balldan 70 ballgacha toʻplagan oʻqituvchi va konsertmeysterlarga bazaviy tarif stavkasining 20 foizigacha ustama belgilanadi.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.01.00 Umumiy qoidalar]
VI. Buxgalteriya hisobi va hisoboti
28. Musiqa va sanʼat maktablarida bolalarning oʻqishi uchun amalga oshirilgan toʻlov tushumining buxgalteriya hisob-kitobi quyidagicha:
29. Ota-onalar toʻlovlarining hisobi buxgalteriya hisob-kitobida quyidagi buxgalteriya qaydnomalari orqali rasmiylashtiriladi:
Dt 172
Kt 236
Ota-onalar toʻlovidan tushgan summaga quyidagi buxgalteriya qaydnomasi beriladi:
Dt 111
Kt 172
Tushgan mablagʻlarni musiqa va sanʼat maktablari tomonidan ishlatishda quyidagi buxgalteriya qaydnomasidan foydalaniladi:
Dt 178 (120)
Kt 111
Musiqa maktablarining ota-onalar toʻlovi tushumining aniq sarflanishi oʻquv yili davomida debet boʻyicha 211 yordamchi hisobvaragʻi va hisobot yilining yakunida debet boʻyicha 211 yordamchi hisobvaragʻidagi sarf-xarajatlar 236 yordamchi hisobvaragʻidagi yakuniy oborotlar asosida yopiladi.
30. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va uning hududiy boshqarmalari ota-onalar tomonidan toʻlovni amalga oshirish va pedagog xodimlarga belgilanadigan ustamalarning monitoringini olib boradi.
31. Yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan taʼlim muassasasining rahbari va bosh hisobchisi ota-onalar toʻlovi tushumini maqsadli sarflash boʻyicha javobgar hisoblanadi.
32. Moliya vazirligining nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan bolalar musiqa va sanʼat maktablarida oʻqish uchun toʻlanadigan ota-onalar toʻlovidan tushgan mablagʻlarning oʻz vaqtida qabul qilinishi, shuningdek, maqsadli saflanishi hamda pedagog va konsertmeysterlarning ustamalari miqdorini hisoblashning toʻgʻri taqsimlanishi boʻyicha nazorat olib boriladi.
Oʻquv-tarbiyaviy va sinfdan tashqari ishlarning asosiy koʻrsatkichlari
T/r
Baholashning yuqori bali
1.
Ota-onalar bilan ishlashning pedagogik maqsadga muvofiq koʻrsatkichlari va oʻsib kelayotgan yosh avlodning maʼnaviy saviyasini koʻtarish va iqtidorini rivojlantirganlik boʻyicha
20 ball
2.
Maktab jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun
10 ball
3.
“Musiqa madaniyati va sanʼati” fani boʻyicha umumtaʼlim maktablariga uslubiy yordam berganlik va hamkorlik qilganligi uchun
20 ball
4.
Umumtaʼlim maktablari, mehribonlik uylari, mahallalar va boshqa taʼlim muassasalarida oʻquvchilarning konsertlarini tashkil etish va oʻtkazish uchun
20 ball
5.
Oʻquvchilarning konsertlar, muzeylar, teatr va koʻrgazmalarga olib borishini tashkil etganligi uchun
10 ball
6.
Bolalar musiqa va sanʼat maktablarida taʼlim olish uchun oʻquvchilarni qabul qilish boʻyicha targʻibot ishlarini olib borganligi uchun
20 ball
Ota-onalar tomonidan bolalarning musiqa va sanʼat maktablarida oʻqishi uchun haq toʻlash va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Oʻqituvchi va konsertmeysterlar mahoratining asosiy koʻrsatkichlari
T/r
Baholashning yuqori bali
1.
Yuksak mahorat va taʼlim jarayoniga qoʻshgan shaxsiy hissasi hamda oʻqitishning yuqori koʻrsatkichlari va sifati uchun
15 ball
2.
Ishda taʼlimning eng yangi metodlarini qoʻllash, oʻquv-tarbiyaviy ishlarning zamonaviy shakllarini joriy etish, oʻqitadigan faniga qiziqish uygʻota bilish uchun
20 ball
3.
Bolalar musiqa va sanʼat maktabining rivojiga qoʻshgan hissasi, taʼlim muassasasining jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun
20 ball
4.
Oʻz ustida doimiy ravishda ishlash, yuqori malaka va professional mahorat uchun
10 ball
5.
Bilim olishning barqaror darajasini, testlar asosida aniqlanuvchi (akademik konsertlar, imtihonlar) taʼlimning yuqori sifatini taʼminlovchi pedagogik ishning yuqori samarasi uchun
10 ball
6.
Iqtidorli oʻquvchilar bilan alohida ishlashni tashkil etish, xalqaro va respublika koʻrgazma-tanlovlarida yuqori natijalarga erishish uchun
20 ball
7.
Iqtidorli oʻquvchilarni ushbu yoʻnalishi boʻyicha akademik litsey va kollejlarga kirishga tayyorlash uchun