toggle_night_mode
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MONOPOLIYADAN ChIQARISh, RAQOBAT VA TADBIRKORLIKNI QOʻLLAB-QUVVATLASh DAVLAT QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKI QOʻMITASI HUZURIDAGI QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORI FAOLIYATINI MUVOFIQLAShTIRISh VA NAZORAT QILISh MARKAZINING
Qarori
XOʻJALIK YuRITUVChI SUBYEKTNING 35 FOIZDAN ORTIQ AKSIYALARINI SOTIB OLISh USTIDAN NAZORAT QILISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMANI TASDIQLASh HAQIDAGI QARORNI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB TOPISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 5-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1079-2]
“Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida”gi va “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasining Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi hamda Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazining “Xoʻjalik yurituvchi subyektning 35 foizdan ortiq aksiyalarini sotib olish ustidan nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma”ni tasdiqlash haqidagi 2001-yil 24-sentabrdagi 5 va 2001-12-sonli qarori (2001-yil 6-noyabr, roʻyxat raqami 1079) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi raisi v.b. B. ULAShOV
Toshkent sh.,
2008-yil 29-dekabr,
18-son
Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazining Bosh direktori K. TOLIPOV
Toshkent sh.,
2008-yil 29-dekabr,
2008-46-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 6-son, 63-modda)