1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.03.00 Investitsiya (xususiylashtirish) jamgʻarmalari;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Moliya / Investitsiyalar]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKINI BOSHQARISH DAVLAT QOʻMITASI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
Qarori
INVESTITSIYA FONDLARINING SOF AKTIVLARINI BAHOLASH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 2-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 840-2]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 29-martdagi 7-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3615, 29.03.2025-y.) asosan 2025-yil 1-iyuldan davlat reyestridan chiqariladi.
Oʻzbekiston Respublikasi “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonunining 63-moddasiga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil, 29-30-son, 278-modda) muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi tomonidan 1998-yil 15-dekabrda 15-son, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1999-yil 20-sentabrda 91-son bilan tasdiqlangan “Investitsiya fondlarining sof aktivlarini baholash tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga (1999-yil 25-noyabr, roʻyxat raqami 840) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.