1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.01 Umumiy qoidalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.02.00 Valyuta boyliklari / 07.27.02.02 Chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlar;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Moliya / Valyutani tartibga solish. Qimmatbaho metallar (toshlar);
2.Moliya / Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKI QOʻMITASI HUZURIDAGI QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORI FAOLIYATINI MUVOFIQLAShTIRISh VA NAZORAT QILISh MARKAZI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
“OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA ChET EL VALYUTASIDAGI QIMMATLI QOGʻOZLAR MUOMALASI, REZIDENTLAR TOMONIDAN ChET EL VALYUTASIDAGI QIMMATLI QOGʻOZLARNI SOTIB OLINIShI, ShUNINGDEK REZIDENTLAR ChIQARGAN QIMMATLI QOGʻOZLARNING NOREZIDENTLAR TOMONIDAN SOTIB OLINIShI TARTIBI TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA”GI QARORGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 2-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1692-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil 29-30-son, 278-modda) muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2007-yil 4-apreldagi 2007-04, 290-B-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlar muomalasi, rezidentlar tomonidan chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlarni sotib olinishi, shuningdek rezidentlar chiqargan qimmatli qogʻozlarning norezidentlar tomonidan sotib olinishi tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (2007-yil 22-iyun, roʻyxat raqami 1692 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 25-26-son, 274-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiritilsin.
Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Bosh direktori K. TOLIPOV
Toshkent sh.,
2009-yil 24-yanvar,
2009-03-son
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2009-yil 24-yanvar,
290-V-1-son
Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi va Markaziy bank Boshqaruvining 2009-yil 24-yanvardagi 2009-03, 290-V-1-son qaroriga ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlar muomalasi, rezidentlar tomonidan chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlarni sotib olinishi, shuningdek rezidentlar chiqargan qimmatli qogʻozlarning norezidentlar tomonidan sotib olinishi tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Qarorning muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida” va “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 27-sentabrdagi PQ-475-sonli “Qimmatli qogʻozlar bozorini yanada rivojlantirish toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 39-son, 387-modda, 51-52-son, 507-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi va Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladilar:”.
“Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”, “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi qonunlari va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlar muomalasi, rezidentlar tomonidan chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlarni sotib olinishi, shuningdek rezidentlar chiqargan qimmatli qogʻozlarning norezidentlar tomonidan sotib olinishi tartibini belgilaydi.
Mazkur Nizom qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan aksiya, obligatsiya va boshqa qimmatli qogʻozlarga (bundan keyingi oʻrinlarda — qimmatli qogʻozlar) nisbatan tatbiq etiladi”;
“hisob-kitob-kliring palatasi (keyingi oʻrinlarda — HKP) — oʻzaro majburiyatlarni (qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar boʻyicha axborotni toʻplash, solishtirish, tuzatish va ularga doir hujjatlarini tayyorlash) aniqlash hamda qimmatli qogʻozlarni yetkazib berish va ular yuzasidan hisob-kitoblar boʻyicha oʻzaro majburiyatlarni hisobga olish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs”;
“Chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashtirish va ularning muomalasiga, agar qonunda boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, ular davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyingina yoʻl qoʻyiladi”;
“Chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlarning chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazishda emitent mazkur chiqarilishdagi qimmatli qogʻozlar nominal qiymatining 0,01 foizi miqdorida respublika budjetiga yigʻim toʻlaydi.
Chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlarning chiqarilishini davlat roʻyxatiga olishga doir hujjatlarni koʻrib chiqish uchun olinadigan yigʻim emitentlar tomonidan eng kam ish haqining besh barobari miqdorida toʻlanadi”.
d) 7-banddagi “naqdsiz” soʻzi “hujjatsiz” soʻzi bilan almashtirilsin;
e) 12-bandining ikkinchi xatboshidagi “investitsion institutda” soʻzlari chiqarib tashlansin;
j) 17-banddagi “investitsiya instituti” soʻzlari “qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Norezident tomonidan aksiya koʻrinishida sotib olingan davlat aktivlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda norezidentning depozitariydagi depo hisobvaragʻiga oʻtkaziladi”;
i) 36-banddagi “investitsiya institutlari tomonidan” soʻzlari “qonun hujjatlarida belgilangan tartibda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
k) 42-bandda “emissiya risolasida (chiqarish anketasida)” soʻzlari “chiqarish toʻgʻrisidagi qarorida va emissiya risolasida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari va savdo tashkilotchilari chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlar boʻyicha oʻzlari amalga oshirayotgan barcha operatsiyalar va bitimlar hisobini yuritadilar va ular boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organiga maʼlumotlar taqdim etadilar”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 6-son, 60-modda)