1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.01.00 Umumiy qoidalar. Davlat boji toʻlovchilar va undiriladigan obyektlar]
[TSZ:
1.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar)]
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
“DAVLAT BOJI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-138-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim Qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 1993-yil 1-yanvardan eʼtiboran amalga kiritilsin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq holga keltirilgunga qadar amaldagi meʼyoriy hujjatlarning ushbu Qonunga zid boʻlmagan qismlari qoʻllanilaveradi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oylik muddat ichida:
davlat boji stavkalarini belgilasin;
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-sonli qarori bilan davlat boji stavkalari tasdiqlangan.
Hukumatning, vazirliklar va idoralarning meʼyoriy hujjatlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
ushbu Qonunning qoʻllanilishini taʼminlovchi boshqa zarur meʼyoriy hujjatlar qabul qilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
1992-yil 9-dekabr,
740a-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 1-son, 23-modda)