1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.01 Umumiy qoidalar;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.02.00 Oʻrmonlarni muhofaza qilish va foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi / 11.06.02.01 Umumiy qoidalar;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING “UGOM-ChOTQOL DAVLAT MILLIY TABIAT BOGʻI VA ChOTQOL DAVLAT BIOSFERA QOʻRIQXONASI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMLARNI, OHANGARON VA BURChMULLA OʻRMON XOʻJALIGI KORXONALARI USTAVLARINI TASDIQLASh HAQIDA” 2001 YIL 22 IYuNDAGI 262-SON QARORIGA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Togʻda yashovchi aholi, chegara xizmatlari va Ugom-Chotqol davlat milliy bogʻi xodimlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bogʻi va Chotqol davlat biosfera qoʻriqxonasi toʻgʻrisidagi nizomlarni, Ohangaron va Burchmulla oʻrmon xoʻjaligi korxonalari ustavlarini tasdiqlash haqida” 2001-yil 22-iyundagi 262-son qaroriga quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:
3-ilovaning 12-bandiga “oʻrmon kordonlari” soʻzlaridan keyin “kichik koʻpriklar” soʻzlari qoʻshilsin;
4-ilovaning 12-bandiga “oʻrmon kordonlari” soʻzlaridan keyin “kichik koʻpriklar” soʻzlari qoʻshilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.M. Xanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 26-yanvar,
20-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 5-son, 39-modda)