1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.14.00 Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi. Kafolat jamgʻarmasi. Taraqqiyot jamgʻarmasi]
[TSZ:
1.Moliya / Budjet. Budjetdan tashqari jamgʻarmalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING TIKLANISh VA TARAQQIYOT JAMGʻARMASI FAOLIYATINI TAShKIL QILISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA” 2006-YIL 16-MAYDAGI PQ-350-SONLI QARORIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash dasturlarida Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi ishtirokini takomillashtirish, shuningdek tijorat banklarining investitsiyaviy faolligini kengaytirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 16-maydagi PQ-350-sonli qarorigailovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Mamlakatni isloh qilish va yangilashning huquqiy bazasini takomillashtirish masalalari boʻyicha Davlat maslahatchisining xizmati (Sh.X. Fayziyev) zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 6-yanvar,
PQ-1031-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 6-yanvardagi PQ–1031-sonli qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 16-maydagi PQ-350-sonli qaroriga kiritiladigan oʻzgartish va qoʻshimchalar
3. 2-ilovaning 9-bandi (Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish prinsiplari toʻgʻrisida nizom):
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“yetakchi tarmoqlarni modernizatsiya qilish uchun muhim ustuvor ahamiyatga ega investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish, eksportga moʻljallangan va import oʻrnini bosadigan ishlab chiqarishlar uchun xorijiy texnologiyalar va uskunalarni sotib olishga mablagʻlarni maqsadli yoʻnaltirgan holda respublikaning tijorat banklariga Jamgʻarmani boshqarish boʻyicha Kengash qarori bilan belgilangan tartibda kredit liniyalarini ochish”;