toggle_night_mode
Hujjat 08.01.2009 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA NARKOTIK VOSITALAR, PSIXOTROP MODDALAR VA PREKURSORLARNING MUOMALADA BOʻLISHI BILAN BOGʻLIQ FAOLIYAT BOʻYICHA HISOBOTLAR YURITISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
“Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasida narkotik vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyat boʻyicha hisobotlar yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Manfaatdor vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻz idoraviy normativ hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 8-yanvar,
6-son
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-yanvardagi 6-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida narkotik vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyat boʻyicha hisobotlar yuritish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 31-moddasiga muvofiq narkotik vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshirishga litsenziyasi mavjud boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan narkotik vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyat boʻyicha hisobotlar yuritish tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizom tarkibida narkotik moddalar boʻlgan oʻsimliklarni yetishtirishga tatbiq etilmaydi.
2. Narkotik vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshirishga litsenziyasi mavjud boʻlgan yuridik shaxslar choraklik va yillik hisobotlar taqdim etadilar.
Narkotik vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshirishga litsenziyasi mavjud boʻlgan yuridik shaxslar oʻz faoliyati toʻgʻrisida (ishlab chiqarilgan, tayyorlangan, olib kelingan (olib ketilgan), sotilgan, foydalanilgan narkotik vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlar miqdori toʻgʻrisida) ushbu Nizomga 1— 6-ilovalarga muvofiq shakllar boʻyicha choraklik hisobotni hisobot davrdan keyingi oyning 25-kunidan kechikmasdan, yillik hisobotni hisobot yilidan keyingi yilning 25-yanvarigacha boʻlgan muddatda taqdim etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hisobotlar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Dori vositalari va tibbiy texnikalar sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasining Narkotik vositalarni nazorat qilish qoʻmitasiga bevosita yoki pochta aloqa vositasi orqali buyurtma xat bilan taqdim etiladi. Ushbu holatda pochta shtempelida qoʻyilgan sana hisobotni taqdim etish sanasi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Yuridik shaxslar choraklik va yillik hisobotlari nusxalarini oʻzining yuqori tashkilotiga taqdim qilishlari lozim.
II. Yuridik shaxslar tomonidan hisobotlarni taqdim etish tartibi
3. Narkotik vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlar sotish (berish)ga litsenziyasi mavjud boʻlgan yuridik shaxslar ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha sotilgan (berilgan) har bir narkotik vosita, psixotrop modda va prekursor miqdori va ularning hisobot davri oxiridagi holatiga koʻra qoldigʻi toʻgʻrisida choraklik va yillik hisobotlar taqdim etadilar.
4. Narkotik vositalar va psixotrop moddalar ishlab chiqaruvchilar, tayyorlovchilar hisoblangan hamda ularni sotishga litsenziyasi boʻlgan yuridik shaxslar ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha har bir sotilgan narkotik vosita va psixotrop modda miqdori va ularning hisobot davri oxiridagi holatiga koʻra qoldigʻi toʻgʻrisida choraklik va yillik hisobotlar taqdim etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Narkotik vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlardan foydalangan holda kombinatsiyalangan dori-darmonlar ishlab chiqarish, tayyorlash va sotishga litsenziyasi mavjud boʻlgan yuridik shaxslar ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha choraklik va yillik hisobotlar taqdim etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Narkotik vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlardan tibbiyotda va veterinariyada foydalanishga litsenziyasi mavjud boʻlgan yuridik shaxslar ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha foydalanilgan har bir narkotik vosita, psixotrop modda va prekursor miqdori va ularning hisobot davri oxiridagi holatiga koʻra qoldigʻi toʻgʻrisida choraklik va yillik hisobotlar taqdim etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Narkotik vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlardan ilmiy va oʻquv maqsadlarida foydalanishga litsenziyasi mavjud boʻlgan yuridik shaxslar ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha foydalanilgan har bir narkotik vosita, psixotrop modda va prekursor miqdori va ularning hisobot yil yakuni holatiga koʻra qoldigʻi toʻgʻrisida yillik hisobot taqdim etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Prekursorlar ishlab chiqarishga, shuningdek ulardan ishlab chiqarish ehtiyoji uchun foydalanishga litsenziyasi mavjud boʻlgan yuridik shaxslar ushbu Nizomga 6-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha prekursorlarning muomalada boʻlishi boʻyicha choraklik va yillik hisobotlar taqdim etadilar.
9. Yuridik shaxslar ular qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan taqdirda oxirgi hisobotlar taqdim qilingan vaqtdan boshlab va qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan vaqtgacha boʻlgan davr uchun hisobotlarni, shu jumladan qayta tashkil etilgan va tugatilgan kundagi holatiga koʻra narkotik vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlarning zaxiralari toʻgʻrisida maʼlumotlar taqdim etadilar.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Dori vositalari va tibbiy texnikalar sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasining Narkotik vositalarni nazorat qilish qoʻmitasi kiritilgan hisobotlar asosida yigʻma hisobot tuzadi va uni ilova qilinayotgan shakllar boʻyicha Narkotik moddalar ustidan nazorat qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat komissiyasiga va Davlat komissiyasi bilan kelishgan holda BMT Narkotik moddalar ustidan nazorat qilish Xalqaro qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartibda va shakl boʻyicha Xalqaro qoʻmitaga taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
III. Yakuniy qoidalar
11. Mazkur Nizomda nazarda tutilgan maʼlumotlar taqdim etmaganligi va taqdim etish muddatlarini buzganligi, shuningdek notoʻgʻri hisobot maʼlumotlari berganligi uchun yuridik shaxslar rahbarlari qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Dori vositalari va tibbiy texnikalar sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasining Narkotik vositalarni nazorat qilish qoʻmitasiga taqdim etiladigan maʼlumotlar maxfiy hisoblanadi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasida narkotik vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyat boʻyicha hisobotlar yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

‎‎20__y. __________ da narkotik vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlar sotilishi (berilishi) toʻgʻrisida hisobot

‎‎
‎‎_____________________________________________________________________________
‎_____________________________________________________________________________

‎‎(yuridik shaxsning nomi, STIR kodi)

Narkotik vosita, psixotrop modda, prekursor nomi, dori shakli, dozirovkasi‎

Oʻlchov birligi‎

Hisobot davri boshidagi qoldiq‎

Kirim‎

Hisobot davrida sotilgani (berilgani)‎

Hisobot davri oxiridagi holatiga koʻra qoldiq‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

‎‎
‎‎20___y. “_____”_______________ M.Oʻ. ‎
‎‎
‎‎Tashkilot rahbari______________ _________‎

‎Ijrochining familiyasi, ismi,

(F.I.O.) ‎

(imzo)

otasining ismi va telefon raqami ‎‎ Moddiy javobgar shaxs ‎‎
_________________________________ __________________________ ____________‎‎
(F.I.O.)

(imzo)‎

Izoh:
Narkotik vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlar sotish (berish) boʻyicha hisobot shakli har bir tur boʻyicha alohida toʻldiriladi.
Oʻlchov birligi: ampulalar, flakonlar, shprits-tyubiklar, tabletkalar, shamdorilar, transdermal plastirlar, prekursorlar uchun — g (ml).
Yuqori tashkiloti boʻlgan yuridik shaxslar hisobotni oʻzlarining yuqori tashkilotlari orqali taqdim etishlari mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasida narkotik vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyat boʻyicha hisobotlar yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

‎‎20___y. ___________ da narkotik vositalar va psixotrop moddalar ishlab chiqaruvchi, tayyorlovchi korxonalar hisoboti ___________________________________________________________________________

(yuridik shaxsning nomi, STIR kodi)

Narkotik vosita va psixotrop modda substansiyasi nomi‎‏

Tayyor mahsulotning nomi, dori shakli, dozirovkasi‎‏

Tayyor mahsulotning oʻlchov birligi‎‏

Hisobot davri boshidagi qoldiq‎‎

Hisobot davridagi substansiya kirimi‎‏

Hisobot davrida ishlab chiqarish uchun foydalanilgan substansiya‎‏

Substansiyaning tabiiy kamayishi‎‏

Hisobot davrida sotilgan tayyor mahsulot‎‏

Hisobot davri oxiridagi substansiya qoldigʻi‎‏

Hisobot davri oxiridagi tayyor mahsulot qoldigʻi‎‏

substansiya‎

tayyor mahsulot‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

8‎

9‎

10‎

11‎

‎‎
‎‎20___y. “_____”_______________ M.Oʻ. ‎
‎‎
‎‎Tashkilot rahbari______________ _________‎

‎Ijrochining familiyasi, ismi,

(F.I.O.) ‎

(imzo)

otasining ismi va telefon raqami ‎‎ Moddiy javobgar shaxs ‎‎
_________________________________ __________________________ ____________‎‎
(F.I.O.)

(imzo)‎

Izoh:
Narkotik vositalar va psixotrop moddalarning muomalada boʻlishi boʻyicha hisobot shakllari har bir tur boʻyicha alohida toʻldiriladi.
Yuqori tashkiloti boʻlgan yuridik shaxslar hisobotni oʻzlarining yuqori tashkilotlari orqali taqdim etishlari mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasida narkotik vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyat boʻyicha hisobotlar yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA

20___y. ___________ da narkotik vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlardan foydalangan holda kombinatsiyalangan dori-darmonlar ishlab chiqarish, tayyorlash va sotish toʻgʻrisida hisobot
‎___________________________________________________________________________

(yuridik shaxsning nomi, STIR kodi)

Narkotik vosita va psixotrop modda substansiyasi nomi‎‏

Tayyor mahsulotning nomi, dori shakli, dozirovkasi‎‏

Tayyor mahsulotning oʻlchov birligi‎‏

Hisobot davri boshidagi qoldiq‎‎

Hisobot davridagi substansiya kirimi‎‏

Hisobot davrida ishlab chiqarish uchun foydalanilgan substansiya‎‏

Substansiyaning tabiiy kamayishi‎‏

Hisobot davrida sotilgan tayyor mahsulot‎‏

Hisobot davri oxiridagi substansiya qoldigʻi‎‏

Hisobot davri oxiridagi tayyor mahsulot qoldigʻi‎‏

substansiya‎

tayyor mahsulot‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

8‎

9‎

10‎

11‎

‎‎
‎‎20___y. “_____”______________ M.Oʻ. ‎
‎‎
‎‎Tashkilot rahbari______________ _________‎

‎Ijrochining familiyasi, ismi,

(F.I.O.) ‎

(imzo)

otasining ismi va telefon raqami ‎‎ Moddiy javobgar shaxs ‎‎
_________________________________ __________________________ ____________‎‎
(F.I.O.)

(imzo)‎

Izoh:
Narkotik vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlardan foydalangan holda kombinatsiyalangan dori-darmonlar ishlab chiqarish, tayyorlash va sotish toʻgʻrisidagi hisobot shakllari dori-darmonning har bir turi boʻyicha alohida toʻldiriladi.
Yuqori tashkiloti boʻlgan yuridik shaxslar hisobotni oʻzlarining yuqori tashkilotlari orqali taqdim etishlari mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasida narkotik vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyat boʻyicha hisobotlar yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA

20___y. ___________da narkotik vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlardan tibbiyotda va veterinariyada foydalanish toʻgʻrisida hisobot
‎ ___________________________________________________________________________

(yuridik shaxsning nomi, STIR kodi)‎‎

Narkotik vosita, psixotrop modda va prekursor nomi, dori shakli dozirovkasi‎

Oʻlchov birligi‎

Alohida har bir tur boʻyicha yillik ehtiyoj‎

Hisobot davri boshidagi qoldiq‎

Kirim‎

Chiqim‎

Hisobot davri oxiridagi qoldiq‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

‎‎
‎‎20___y. “_____”______________ M.Oʻ. ‎
‎‎
‎‎Tashkilot rahbari______________ _________‎

‎Ijrochining familiyasi, ismi,

(F.I.O.) ‎

(imzo)

otasining ismi va telefon raqami ‎‎ Moddiy javobgar shaxs ‎‎
_________________________________ __________________________ ____________‎‎
(F.I.O.)

(imzo)‎

Izoh:
Narkotik vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlardan foydalanish boʻyicha hisobot shakllari har bir tur boʻyicha alohida toʻldiriladi.
Yuqori tashkiloti boʻlgan yuridik shaxslar hisobotni oʻzlarining yuqori tashkilotlari orqali taqdim etishlari mumkin, xususiy davolash-profilaktika muassasalar va dorixonalar hisobotlarni viloyatlar sogʻliqni saqlash boʻlimlarining Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi komissiyalari orqali taqdim etadilar.
Oʻzbekiston Respublikasida narkotik vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyat boʻyicha hisobotlar yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA

20___y. ___________ da narkotik vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlardan ilmiy va oʻquv maqsadlarida foydalanish toʻgʻrisida hisobot

‎___________________________________________________________________________

(yuridik shaxsning nomi, STIR kodi)‎‎

Narkotik vosita, psixotrop modda va prekursor nomi, dori shakli dozirovkasi‎

Oʻlchov birligi‎

Alohida har bir tur boʻyicha yillik ehtiyoj‎

Hisobot davri boshidagi qoldiq‎

Kirim‎

Chiqim‎

Hisobot davri oxiridagi qoldiq‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

‎‎
‎‎20___y. “_____”_______________ M.Oʻ. ‎
‎‎
‎‎Tashkilot rahbari______________ _________‎

‎Ijrochining familiyasi, ismi,

(F.I.O.) ‎

(imzo)

otasining ismi va telefon raqami ‎‎ Moddiy javobgar shaxs ‎‎
_________________________________ __________________________ ____________‎‎
(F.I.O.)

(imzo)‎

Izoh:
Narkotik vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlardan foydalanish boʻyicha hisobot shakllari har bir turi boʻyicha alohida toʻldiriladi.
Yuqori turuvchi tashkiloti boʻlgan yuridik shaxslar hisobotni oʻzlarining yuqori turuvchi tashkilotlari orqali taqdim etishlari mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasida narkotik vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyat boʻyicha hisobotlar yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA

‎‎20___y. ___________ da prekursorlarning muomalada boʻlishi boʻyicha hisobot ___________________________________________________________________

‎‎(yuridik shaxsning nomi, STIR kodi)

T/r‎‏
‎‏

Prekursor nomi‎‏
‎‏

Oʻlchov birligi‎‏
‎‏

Ishlab chiqarilgan va olib kelingan‎‎

Isteʼmolchilarga joʻnatilgani (sotilgani)‎‎

Oʻz ehtiyoji uchun sarflangani‎‏
‎‏

‎‏Tabiiy kamayishi

Ishlab chiqarish jarayonidagi yoʻqotish‎‏
‎‏

‎‏Hisobot davri oxiridagi qoldiq

hisobot davri boshidagi qoldiq‎‏

hisobot davrida ishlab chiqarilgani‎‏

import‎‏

respublika ichida sotib olingani‎‏

qoldiq bilan birga davr mobaynida jami kirim‎‏

shu jumladan‎‎

ichki bozorga‎

eksportga‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

8‎

9‎

10‎

11‎

12‎

13‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

‎‎
‎‎20___y. “_____”_______________ M.Oʻ. ‎
‎‎
‎‎Tashkilot rahbari______________ _________‎

‎Ijrochining familiyasi, ismi,

(F.I.O.) ‎

(imzo)

otasining ismi va telefon raqami ‎‎ Moddiy javobgar shaxs ‎‎
_________________________________ __________________________ ____________‎‎
(F.I.O.)

(imzo)‎

Izoh:
Yuqori tashkiloti boʻlgan yuridik shaxslar hisobotni oʻzining yuqori tashkilotlari orqali taqdim etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 1-2-son, 5-modda; 2012-y., 44-son, 507-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 11.07.2026-y., 09/26/359/0724-son)