1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.04.01 (Кучини йўқотган) Umumiy qoidalar / 03.10.99.00 (Кучини йўқотган) Garov]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari]
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
“GAROV TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISH TARTIBI HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “Garov to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni e’lon qilingan kundan boshlab amalga kiritilsin.
2. “Garov to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni u amalga kiritilganidan keyin paydo bo‘ladigan huquqiy munosabatlarga nisbatan qo‘llanilishi belgilab qo‘yilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasining qonunlari “Garov to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq holga keltirilgunga qadar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari, basharti, ular ushbu Qonunga zid bo‘lmasa, qo‘llanilaveradi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ushbu Qonun e’lon qilingan kundan boshlab uch oylik muddatda:
garov to‘g‘risidagi shartnomani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan shug‘ullanish vakolati berilgan boshqaruv idorasini tuzsin;
O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga “Garov to‘g‘risida”gi Qonundan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishga oid takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi muhokamasiga taqdim etsin;
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini ushbu Qonunga muvofiq holga keltirsin;
O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va boshqa idoralari “Garov to‘g‘risida”gi Qonunga zid bo‘lgan me’yoriy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YO‘LDOSHEV
Toshkent sh.,
1992-yil 9-dekabr,
737-XII-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 1-son, 18-modda)