1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.01.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari maqomining umumiy masalalari;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.13.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini tartibga solish;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat gerbi. Davlat madhiyasi. Davlat bayrogʻi. Davlat tili. Poytaxt. Bayramlar. Xotira kunlari. Yubileylar;
2.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati]
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
“NODAVLAT NOTIJORAT TAShKILOTLARI FAOLIYATINING KAFOLATLARI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA QOʻShIMChA VA OʻZGARTIShLAR KIRITISh HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2008-yil 26-avgustda qabul qilingan Senat tomonidan 2008-yil 4-dekabrda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 3-yanvarda qabul qilingan “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-76-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 1, 2-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 11-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Mamlakatda demokratik oʻzgarishlarni yanada rivojlantirishga va bunda nodavlat notijorat tashkilotlarining faol ishtirok etishiga koʻmaklashish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzurida Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi, shuningdek Fond mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasi tuziladi”;
2) 12-moddaning ikkinchi qismidagi, 13-moddaning ikkinchi qismidagi va 14-moddaning ikkinchi qismidagi “Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar “Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2008-yil 18-dekabrdagi 244 (4654)-sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 17-dekabr,
OʻRQ-191-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 51-son, 500-modda)