1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.11.00.00 Harbiy majburiyat / 15.11.01.00 Umumiy qoidalar;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Harbiy xizmat. Muqobil xizmat]
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
“UMUMIY HARBIY MAJBURIYAT VA HARBIY XIZMAT TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINING 18 VA 19-MODDALARIGA OʻZGARTIShLAR KIRITISh HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2008-yil 2-dekabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2008-yil 4-dekabrda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrda qabul qilingan “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi 436-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 12, 217-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 6, 262-modda; 2008-yil, № 9, 481 -modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 18-moddaning uchinchi qismidagi “yanvar — mart” degan soʻzlar “aprel — iyun” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 19-moddaning birinchi qismidagi “yiliga ikki marta: aprel-may va oktyabr-noyabr” degan soʻzlar “yiliga bir marta — fevral-mart” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2008-yil 12-dekabrdagi 240 (4650)-sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 11-dekabr,
OʻRQ-187-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 50-son, 491-modda)