1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.90.00 (Кучини йукотган) Stipendiyalar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.98.00 (Кучини йукотган) Olimpiada. Tanlovlar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON IQTIDORLI YOSHLARINI TAQDIRLASH VA MODDIY RAGʻBATLANTIRISH TOʻGʻRISIDA
Qobiliyatli yoshlarni ragʻbatlantirish tizimini yanada takomillashtirish, ularni faol yaratuvchilik faoliyatiga keng jalb etish, iqtidorli oʻquvchilarni, talabalar va aspirantlarni qoʻllab-quvvatlash hamda munosib taqdirlash, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar yili” davlat dasturi toʻgʻrisida” 2008-yil 29-fevraldagi PQ-805-son qarorida qoʻyilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston oʻquvchi yoshlarini ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1993-yil 5-fevraldagi PF-555-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalari gʻoliblari boʻlgan akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarini taqdirlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti loyihasini tuzishda tasdiqlangan nizomlarga muvofiq iqtidorli yoshlarni taqdirlash va moddiy ragʻbatlantirish uchun zarur budjetdan ajratiladigan mablagʻlarni nazarda tutsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.19.00 Ommaviy axborot vositalari (radio, televideniye va boshqalar) (shuningdek, 12.03.09.00.ga qarang)]
3. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi ommaviy axborot vositalarida iqtidorli yoshlarning oʻz maʼnaviy, kasbiy va intellektual salohiyatini roʻyobga chiqarishdagi yutuqlari keng yoritilishini taʼminlasinlar.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 13-oktabr,
226-son
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi 226-son qaroriga 1-ILOVA
Aspirantlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari va ularni tayinlash tartibi toʻgʻrisida
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari davlat oliy taʼlim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlarining soʻnggi oʻquv yili aspirantlariga — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlov asosida tanlab olish natijalariga koʻra tayinlanadi.
2. Aspirantlarga tayinlash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari kvotasi (beshta) davlat ilmiy-texnika siyosatining eng muhim yoʻnalishlariga muvofiq, quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha, har bir yoʻnalishga bitta stipendiya hisobidan taqsimlanadi:
tabiiy fanlar, axborot texnologiyalari va boshqaruv.
Har yilning boshida Vazirlar Mahkamasi tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi taqdimnomasiga binoan, yoʻnalishlar boʻyicha stipendiyalar taqsimotiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar]
dissertatsiyaning tayyorlik darajasi (dissertatsiyaning tayyorlik darajasi kamida 70 foiz boʻlishi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash uchun nomzod koʻrsatgan muassislarning tegishli xulosasi bilan tasdiqlanishi kerak);
tillarni — davlat tilini va bitta xorijiy (Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mamlakatlari davlat tillaridan tashqari) tilni bilish, bakalavriatdagi taʼlim yoʻnalishi yoki magistraturadagi ixtisoslik (aspiranturadagi tadqiqot obyekti) xorijiy til hisoblangan alohida hollarda esa qoʻshimcha ravishda yana bitta xorijiy tilni bilish talab qilinadi.
Tillarni, axborot texnologiyalarini, Oʻzbekiston tarixini bilishga talablar darajasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi belgilaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalariga talabgorlar ushbu fanlar boʻyicha bilim darajasini aniqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazida maxsus test sinovidan oʻtadilar. Markaz yakuniy vedomostlarni test sinovlari natijalari bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga topshiradi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash uchun aspirantlar nomzodlarini koʻrsatadigan davlat oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, yetakchi mutaxassislarni jalb etgan holda, talabgorlar ishlarining dolzarbligini, ularning shaxsiy hissasini, oʻtkazilgan tadqiqotlarning muhimligini oldindan ekspertizadan oʻtkazadilar, dissertatsiya tadqiqotlari mavzusi boʻyicha aspirantlar ilmiy axborotlarining ommaviy muhokamasini tashkil qiladilar, ularning umumiy ilmiy tayyorgarligini, dissertatsiyaning tayyorlik darajasini, talabgorlarning maʼnaviy-axloqiy sifatlarini baholaydilar va har bir nomzod boʻyicha asoslangan xulosa qabul qiladilar.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar]
5. Ilmiy-tadqiqot ishlarining mufassal annotatsiyalari ikki nusxada, matnga tegishli koʻrgazmalar bilan birga dastlabki koʻrib chiqish uchun davlat oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasasi ilmiy kengashiga taqdim etiladi.
Ishga quyidagilar ilova qilinadi:
mazkur soha yetakchi mutaxassislarining fikr-mulohazalari;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar]
ilmiy ishlar roʻyxati;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.02.00 Mualliflik huquqi]
ilmiy maqolalarning bosma nusxasi, mualliflik guvohnomalarining nusxalari, ilmiy ish natijalaridan foydalanish haqidagi dalolatnomalar.
Ishning (annotatsiyaning) har bir nusxasi yuqorida sanab oʻtilgan hujjatlar bilan birga muqovalangan yoki jildga joylangan boʻlishi kerak. Muqovada yoki jildda ishni taqdim qilgan muassasaning nomi, talabgorning ismi, familiyasi va otasining ismi, ishning nomi koʻrsatiladi.
Boshqa hujjatlar, qoʻshimcha chizmalar, sxemalar, xaritalar, albomlar, suratlar va shu kabilar bir nusxada taqdim etiladi.
6. Ilmiy kengashlar yashirin ovoz berish orqali, oddiy koʻpchilik ovoz bilan qaror qabul qiladilar.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.04.00 Ilmiy xodimlar, ilmiy muassasalar mutaxassislari (maqom, attestatsiya, ilmiy daraja va unvonlar);
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari]
Ilmiy kengashlarning qarorlari vazirliklar va idoralar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash haqida tavsiyanomalar joʻnatish uchun asos hisoblanadi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi vazirliklar va idoralarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash toʻgʻrisidagi tavsiyalarini har yili bir marta — dekabr oyida koʻrib chiqadi va ular boʻyicha qaror qabul qiladi. Hujjatlar 1—31-oktabrda qabul qilinadi, axborot texnologiyalari, xorijiy tillar, Oʻzbekiston tarixi boʻyicha maxsus test sinovlari 1—30-noyabrda oʻtkaziladi.
8. Aspirantlarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hayʼati qarori asosida amalga oshiriladi.
Stipendiyalarni tayinlashdan avval talabgorlarning maxsus va umumilmiy tayyorgarlik darajasi hamda maʼlumotlarining belgilangan mezonlarga muvofiqligi puxta ekspertizadan oʻtkaziladi.
Shu maqsadda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi yetakchi olimlar va mutaxassislardan iborat tarkibda maxsus tanlov komissiyasi tuzadi, uning zimmasiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyalariga talabgorlar oʻrtasida saralash tanlovi oʻtkazish yuklanadi.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining tanlov komissiyasi talabgorlarning yakuniy tanlovini yashirin ovoz berish yoʻli bilan oʻtkazadi va agar har bir ishga ovoz berishda qatnashgan komissiya aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi maʼqullab ovoz bersa nomzod aspirantlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash uchun tavsiya qiladi.
Ovoz berishdan soʻng talabgorlar soni belgilangan oʻrinlar kvotasidan koʻp boʻlgan taqdirda ustunlik eng koʻp ovoz olgan talabgorlarga beriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.17.00 Olimpiadalar. Tanlovlar]
Tanlov komissiyasining qarori Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlangandan soʻng kuchga kiradi.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining qarori davlat oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari uchun aspirantlarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash va toʻlash haqidagi buyruqlarni rasmiylashtirishda asos boʻladi.
Stipendiyalar har yili aspirantning aspiranturaning oxirgi kursidagi oʻqish davri uchun, belgilangan miqdorga qatʼiy muvofiq holda tayinlanadi.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari sohibi boʻlgan aspirantlarga “Prezident stipendiyasining sohibi” guvohnomalari beriladi. Guvohnomalar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hayʼati majlisida tantanali vaziyatda topshiriladi.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari sohibi boʻlgan aspirantlar aspiranturani tamomlaganlaridan soʻng uch yil mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti “Isteʼdod” jamgʻarmasi orqali tajriba orttirish uchun xorijga joʻnatilish huquqini saqlab qoladilar.
13. Shaxsiy rejalarni bajarmagan va ilmiy odob-axloqqa rioya qilmagan aspirantlar tasarrufida aspirant oʻqiyotgan oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralarning taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hayʼati qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalaridan mahrum qilinishi mumkin.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlgan davlat oliy taʼlim muassasalari (bakalavriat va magistratura boʻyicha alohida) talabalariga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlov natijalariga binoan tayinlanadi.
2. Talabalarga tayinlash uchun belgilangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi kvotasi (oʻn bitta) quyidagi taʼlim yoʻnalishlaridan har biri boʻyicha bittadan stipendiya hisobidan bakalavriat va magistratura uchun alohida-alohida taqsimlanadi:
qishloq va suv xoʻjaligi;
texnika va informatika;
sogʻliqni saqlash va ijtimoiy taʼminot;
ijtimoiy-gumanitar va ijtimoiy fanlar;
tabiiy fanlar;
biznes va boshqaruv;
pedagogika;
madaniyat, sanʼat va sport;
xorijiy tillar;
huquq va xalqaro munosabatlar;
jurnalistika.
Ushbu roʻyxatga Vazirlar Mahkamasi tomonidan har oʻquv yili boshida, taʼlim yoʻnalishlaridagi ustuvorliklarni oʻzgartirishning maqsadga muvofiqligidan kelib chiqqan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tavsiyasiga binoan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
3. Talabalarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash uchun quyidagi mezonlarni bajarish belgilanadi:
umumtaʼlim tayyorgarligini ilmiy-tadqiqot (ijodiy ishlar) ishlari bilan uygʻunlashtirish;
yoʻnalishlar boʻyicha konferensiya (tanlov)larda qatnashish;
kamida ikkita eʼlon qilingan ishlar (asarlar)ning mavjudligi;
tillarni — davlat tilini va bitta xorijiy chet tilni bilish (Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mamlakatlari davlat tillaridan tashqari), bakalavriatdagi taʼlim yoʻnalishi yoki magistraturadagi mutaxassislik xorijiy til boʻlgan taqdirda esa qoʻshimcha ravishda yana bitta xorijiy tilni bilish talab qilinadi;
Tillarni, axborot texnologiyalarini, Oʻzbekiston tarixini bilish boʻyicha talab darajalarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi belgilaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasiga talabgorlar ushbu fanlar boʻyicha oʻz bilim darajasini aniqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazida (mintaqalar boʻyicha) maxsus test sinovlari topshiradilar. Markaz yakuniy vedomostlarni test sinovlari natijalari bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga taqdim etadi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasiga nomzodlar koʻrsatish, talabgorlar nomzodlarining oʻqishdagi va ilmiy (ijodiy) faoliyatdagi muvaffaqiyatlari ommaviy ravishda muhokama qilingandan soʻng, davlat oliy taʼlim muassasalarining ilmiy kengashlari tomonidan amalga oshiriladi.
Talabgorlar dastlabki koʻrib chiqish uchun ilmiy kengashga quyidagilarni topshiradilar:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar]
ilmiy (ijodiy) ish annotatsiyasi;
rahbarning fikr-mulohazalari;
ilmiy (ijodiy) ishga taqriz;
ilmiy ishlar roʻyxati va ularning bosma nusxalari.
Barcha hujjatlar ikki nusxada taqdim qilinadi. Hujjatlarning har bir toʻplami jildga joylanadi, har bir jild muqovasida ishni taqdim qilgan muassasaning nomi, talabgorning familiyasi, ismi va otasining ismi, ishning nomi koʻrsatiladi.
5. Ilmiy kengashlar yashirin ovoz berish orqali, oddiy koʻpchilik ovoz bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyalarini tayinlash uchun stipendiatlar nomzodlarini koʻrsatish toʻgʻrisida qaror qabul qiladilar.
Ilmiy kengashlar qarorlari vazirliklar va muassasalarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash haqida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga tavsiyanoma yuborishi uchun asos hisoblanadi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi stipendiyalar tayinlash haqidagi tavsiyanomalarni yiliga bir marta koʻrib chiqadi. Hujjatlarni qabul qilish muddati — 1—15-avgust, koʻrib chiqish muddati — 10—25-sentabr.
7. Davlat oliy taʼlim muassasalari talabalariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hayʼati qarori bilan amalga oshiriladi.
Stipendiyalar tayinlanishidan avval talabgorlarning belgilangan mezonlarga muvofiq bilim va ilmiy (ijodiy) tayyorgarlik darajasi puxta ekspertizadan oʻtkaziladi.
Shu maqsadda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi:
zimmasiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalariga talabgorlar orasidan tanlab olish yuklanadigan maxsus tanlov komissiyasi tuzadi;
talabgorlarning taʼlim va ilmiy (ijodiy) tayyorgarligi darajasini baholash maqsadida ishlarni koʻrib chiqish uchun yoʻnalishlar boʻyicha ekspertlar guruhlari tuzadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda axborot texnologiyalari, Oʻzbekiston tarixi, xorijiy tillar boʻyicha imtihon komissiyalarini tashkil etadi, test topshiriqlarini ishlab chiqadi;
tanlov komissiyasi va ekspert guruhlarining ish tartibini belgilaydi;
tanlov komissiyasi majlislarini oʻtkazish muddatlarini belgilaydi.
8. Tanlov komissiyasi talabgorlarning yakuniy tanlovini yashirin ovoz berish yoʻli bilan oʻtkazadi hamda talabgor va uning ishi uchun ovoz berishda ishtirok etgan komissiya aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi ovoz berganda talabalar nomzodini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash uchun tavsiya qiladi.
Tanlov komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari sohibi boʻlolmagan, lekin eng yaxshi koʻrsatkichlarga ega boʻlgan tanlov qatnashchilarini nomli davlat stipendiyalariga tavsiya qilish huquqiga ega.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hayʼatining qarori davlat oliy taʼlim muassasalarining talabalarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash va toʻlash haqida buyruq tayyorlashi uchun asos boʻladi.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari talabalarga har yili, bir oʻquv yili uchun, 1-sentabrdan boshlab, belgilangan miqdorlarga qatʼiy rioya qilingan holda tayinlanadi.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalariga sazovor boʻlgan talabalarga “Prezident stipendiyasining sohibi” guvohnomasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hayʼati majlisida tantanali ravishda topshiriladi.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari sohiblari boʻlgan talabalar davlat oliy taʼlim muassasasini bitirgach, ikki yil davomida grant asosida magistraturaga (bakalavr-stipendiatlar) va aspiranturaga (magistr-stipendiatlar) kirish imtihonlarisiz qabul qilinadi. Agar aspirantura va magistratura mutaxassisligi toʻgʻri kelmasa, u holda kirish imtihonlari faqat aspirantura mutaxassisligi boʻyicha topshiriladi.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari sohibi boʻlgan talabalar oʻqishni bitirgandan soʻng, ikki yil mobaynida magistraturada (bakalavar-stipendiatlar) va aspiranturada (magistr-stipendiatlar) oʻqishni davom ettirish maqsadida xorijga joʻnatilish huquqini saqlab qoladilar.
14. Kundalik darslarni oʻzlashtirmaydigan, oʻquv intizomini va ilmiy odob-axloqni buzgan talabalarni oʻquv yili mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalaridan mahrum qilish tasarrufida talaba oʻqiyotgan oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralarning taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hayʼati qarori bilan amalga oshirilishi mumkin.
15. Talabalarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash boʻyicha ariza va shikoyatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
1. Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Ulugʻbek va Imom al-Buxoriy nomidagi davlat stipendiyalari Oʻzbekiston Respublikasi davlat oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat boʻyicha oʻqiyotgan oxirgi ikki kurs talabalariga tayinlanadi.
2. Kelgusi oʻquv yili uchun davlat stipendiyalari soni joriy oʻquv yili oxirida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi taqdimnomasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi davlat oliy taʼlim muassasalari boʻyicha nomli stipendiyalarni taqsimlashni taʼlim ixtisosiga va talabalar soniga muvofiq amalga oshiradi.
3. Stipendiyalarni tayinlash uchun quyidagi mezonlarni bajarish belgilanadi:
aʼlo oʻqish va ilmiy (ijodiy) ishlarda ishtirok etish;
tillarni — davlat tilini va bitta xorijiy (Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mamlakatlari davlat tillaridan tashqari) tilni bilish, bakalavriatdagi taʼlim yoʻnalishi xorijiy til hisoblangan alohida hollarda qoʻshimcha ravishda yana bitta xorijiy tilni bilish; Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan shaxslar uchun esa oʻqish olib boriladigan tilni qoʻshimcha ravishda bilish talab qilinadi;
Tillarni bilish boʻyicha umumiy talablar darajasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan, oliy taʼlim muassasalarining tillar boʻyicha ixtisoslashmagan mutaxassisliklar uchun xorijiy tillarga boʻlgan talablari hajmida belgilanadi.
Nomli davlat stipendiyalariga talabgorlar ushbu tillar boʻyicha oʻz bilimlari darajasini aniqlash uchun oʻqish joyidagi til kafedralarida maxsus suhbatdan oʻtadilar.
4. Nomli davlat stipendiyalarini tayinlash uchun nomzodlar koʻrsatish davlat oliy taʼlim muassasalari ilmiy kengashlari tomonidan, talabgorlarning oʻquv va ilmiy faoliyatlarini ommaviy muhokama qilish asosida amalga oshiriladi.
tillar kafedrasining suhbat natijalari haqidagi maʼlumotnomasi.
Barcha hujjatlar jildga tikilgan yoki papkaga joylangan holda taqdim etiladi. Muqovada nomli davlat stipendiyasining nomi, talabgorning familiyasi, ismi va otasining ismi, fakulteti, kursi, guruhi koʻrsatiladi.
5. Ilmiy kengashlar yashirin ovoz berish orqali oddiy koʻpchilik ovoz bilan qaror qabul qiladilar.
Ilmiy kengashlarning qarorlari oliy taʼlim muassasalari qarashli boʻlgan vazirliklar va idoralarning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga nomli davlat stipendiyalarini tayinlash toʻgʻrisida tavsiyanomalar joʻnatishi uchun asos boʻladi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi stipendiyalar tayinlash haqidagi tavsiyanomalarni yiliga bir marta koʻrib chiqadi. Koʻrib chiqish muddati — 10—25-sentabr.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining qarori davlat oliy taʼlim muassasalarining talabalarga nomli davlat stipendiyalarini tayinlash va toʻlash haqidagi buyruqlarni rasmiylashtirishi uchun asos boʻladi.
Stipendiyalar 1-sentabrdan boshlab, bir yil muddatga, belgilangan miqdorga qatʼiy muvofiq holda tayinlanadi. Stipendiyalarni yangi muddatga qaytadan tayinlash ham aynan shu tartibda amalga oshiriladi.
8. Nomli davlat stipendiyalariga sazovor boʻlgan talabalarga quyidagi guvohnomalar beriladi:
“Beruniy davlat stipendiyasining sohibi”;
“Ibn Sino davlat stipendiyasining sohibi”;
“Navoiy davlat stipendiyasining sohibi”;
“Ulugʻbek davlat stipendiyasining sohibi”;
“Imom al-Buxoriy stipendiyasining sohibi”.
Guvohnomalar talabalarning oʻqish joyida tantanali vaziyatda topshiriladi.
9. Nomli davlat stipendiyalariga sazovor boʻlgan talabalar bakalavriatni tugatganidan soʻng bir yil mobaynida, tegishli mutaxassislik boʻyicha magistraturaga kirish imtihonlarisiz, grant asosida qabul qilinadilar.
10. Nomli davlat stipendiyalariga sazovor boʻlgan talabalar oʻqishni tugatganlaridan soʻng bir yil mobaynida magistraturada oʻqishni davom ettirish uchun xorijga yuborilayotgan yoshlar guruhlari tarkibiga kiritilishda ustunlikka ega boʻlish huquqini saqlab qoladilar.
11. Talabalarni kundalik darslarni oʻzlashtirmaganlik, oʻquv intizomini va ilmiy odob-axloqni buzganlik uchun oʻquv yili mobaynida nomli davlat stipendiyalaridan mahrum qilish davlat oliy taʼlim muassasalari taqdimnomalariga binoan tegishli vazirliklar va idoralar buyruqlari bilan amalga oshirilishi mumkin.
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi qarorlariga koʻra oʻtkaziladigan respublika musobaqalarini: akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarining umumtaʼlim fanlari boʻyicha olimpiadalarini, oʻquvchilarning badiiy-ijodiy ixtisosliklar boʻyicha tanlovlarini, sportning shaxsiy va komanda turlari boʻyicha sport musobaqalarini tashkil etishning umumiy prinsiplarini belgilaydi.
oʻquvchi yoshlarning isteʼdodi va ijodiy qobiliyatini namoyon qilish;
oʻquvchilarda oʻzlari tanlagan fanlar va ixtisosliklarni chuqur oʻrganishga qiziqishni oshirish;
oʻquvchilarning kelajakdagi kasblarni toʻgʻri tanlashiga koʻmaklashish;
oʻquv-tarbiya jarayonini, oʻqituvchilarning pedagogik mahoratini takomillashtirish, ular tomonidan qobiliyatli oʻquvchilar bilan aniq maqsadga yoʻnaltirilgan yakka tartibdagi ishlarni oʻtkazish.
3. Respublika olimpiadalari har yili akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumtaʼlim maktablarining IX, X, XI sinflari (majburiy 12 yillik taʼlimga toʻliq oʻtilgungacha) hamda IX sinflar oʻquvchilari (majburiy 12 yillik taʼlimga toʻliq oʻtilgandan keyin) oʻrtasida oʻtkaziladi. Olimpiadalarning umumtaʼlim fanlari roʻyxati, ularni umumtaʼlim maktablarining IX sinf oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazish tartibi va muddatlari Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazish boʻyicha esa Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi tomonidan belgilanadi.
Olimpiadalar toʻrt bosqichda oʻtkaziladi:
1-bosqich — oʻqish joyi boʻyicha;
2-bosqich — tuman, shuningdek hududi tumanlarga boʻlinmagan shahar boʻyicha;
3-bosqich — viloyat boʻyicha, shu jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasida va Toshkent shahrida;
4-bosqich — respublika boʻyicha.
Olimpiadaning birinchi bosqichida umumtaʼlim maktablari va akademik litseylar, kasb-hunar kollejlarining barcha oʻquvchilari ishtirok etishlari mumkin, navbatdagi bosqichlarda esa faqat oldingi bosqichlarda I, II, III oʻrinni egallab, gʻolib boʻlganlar qatnashadilar. Akademik litseylar va umumtaʼlim maktablarining I bosqichda chuqurlashtirilgan fanlar boʻyicha 1-oʻrinni egallagan oʻquvchilari olimpiadaning II bosqichida qatnashmasdan toʻgʻridan-toʻgʻri III bosqichida qatnashadilar.
Olimpiadalarning barcha bosqichlarida gʻoliblar ham fanlar boʻyicha, ham kurslar (sinflar) boʻyicha alohida-alohida aniqlanadi.
Olimpiadalar bosqichlarini tashkil etish va oʻtkazish uchun masʼuliyat tegishli ravishda akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumtaʼlim maktablari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi markazi hamda Xalq taʼlimi vazirligi hududiy boʻlinmalari rahbarlari zimmasiga, yakunlovchi — toʻrtinchi bosqich boʻyicha esa — majburiy 12 yillik taʼlimga toʻliq oʻtilgungacha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markaziga, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markaziga va Xalq taʼlimi vazirligiga, majburiy 12 yillik taʼlimga oʻtilgandan keyin esa Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markaziga hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markaziga yuklanadi.
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari va ixtisoslashtirilgan musiqa-badiiy maktab-internatlari oʻquvchilarining ikkita guruhi oʻrtasida oʻtkaziladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi markazi tanlov ixtisosliklari va shartlar roʻyxatini va tanlovlar shartlarini tasdiqlaydi.
Bolalar musiqa maktablari va sanʼat maktablari oʻquvchilarining musiqa fanlari boʻyicha tanlovlari har uch yilda bir marta quyidagi bosqichlar boʻyicha oʻtkaziladi:
1-bosqich — tuman, shuningdek hududi tumanlarga boʻlinmagan shahar boʻyicha;
2-bosqich — viloyat boʻyicha, shu jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasida va Toshkent shahrida;
3-bosqich — respublika boʻyicha.
Tanlovlarning birinchi bosqichida oʻz taʼlim muassasalaridagi hisobot konsertlarida eng katta eʼtibor qozongan oʻquvchilar ishtirok etadilar.
Ikkinchi bosqichda I, II, III oʻrinlarni egallagan, uchinchi — yakunlovchi bosqichda esa tanlovga tavsiya etilgan har qaysi ixtisoslik boʻyicha faqat I oʻrinni egallagan oʻquvchilar ishtirok etadilar.
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari va ixtisoslashtirilgan musiqa-badiiy maktab-internatlari oʻquvchilarining ijodiy tanlovlari musiqa ijrochilari oʻrtasida har ikki yilda bir marta, uch turda oʻtkaziladi.
Ushbu tanlovlarga saralab olish va yuborish hisobot konsertlari yakunlari boʻyicha amalga oshiriladi. Tanlov turlari Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi belgilagan tartibda oʻtkaziladi. I, II, III oʻrinlarni egallagan oʻquvchilar faqat soʻnggi tur yakunlari boʻyicha aniqlanadi.
Oʻquvchilarning ijodiy tanlovlari bosqichlari va turlarini tashkil etish uchun masʼuliyat tegishli ravishda taʼlim muassasalarining rahbarlari zimmasiga, Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda uning hududiy boʻlinmalariga yuklanadi.
5. Respublika sport musobaqalari har yili sportning har xil turlari boʻyicha oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari va umumtaʼlim maktablari komandalari oʻrtasida, oʻquv yili davomida, quyidagi bosqichlar boʻyicha oʻtkaziladi:
1-bosqich — mintaqalar boʻyicha, bolalar sport maktablari, sport klubi yoki jamiyatlari tarkibida;
2-bosqich — respublika boʻyicha, oʻsha komandalarda yoki mintaqa terma jamoasi tarkibida.
Sport musobaqalarining har bir bosqichi eng kuchli sportchilarni saralash xususiyatlarini hisobga olgan holda oʻtkaziladi.
Xalqaro musobaqalarning sport turlari, oʻtkazish kalendari va musobaqa dasturi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining qarori bilan belgilanadi.
Respublika musobaqalarining sport turlari, oʻtkazish kalendari va oʻtkazish dasturi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Xalq taʼlimi vazirligi hamda Madaniyat va sport ishlari vazirligining birgalikdagi qarori bilan belgilanadi.
I, II, III oʻrinlarni egallagan oʻquvchilar sportning har bir turi boʻyicha aniqlanadi.
Sport musobaqalari bosqichlarini tashkil etish uchun masʼuliyat tegishli ravishda akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumtaʼlim maktablari, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining hududiy boʻlinmalari rahbarlari zimmasiga toʻrtinchi — final bosqichi boʻyicha esa — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markaziga, Xalq taʼlimi vazirligiga, Madaniyat va sport ishlari vazirligiga yuklanadi.
6. Gʻoliblarni taqdirlash Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari va musobaqalari gʻoliblari boʻlgan akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarini taqdirlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
7. Respublika musobaqalarini oʻtkazish boʻyicha butun tadbirlar kompleksini bajarish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda ularning hududiy boʻlinmalari oʻz buyruqlari bilan tashkiliy qoʻmitalar, jyurilar, hakamlar hayʼatlari, apellyatsiya komissiyalari va boshqa tuzilmalarni tashkil etadilar.
Tashkiliy qoʻmitalar olimpiadalar, tanlovlar va musobaqalarga tayyorgarlik koʻrish hamda ularni oʻtkazishda yagona ilmiy-uslubiy yondashuvni taʼminlaydilar, jyurilar, hakamlar hayʼatlari, apellyatsiya komissiyalari va boshqa tuzilmalar tarkibini shakllantiradilar va tasdiqlaydilar, testlar va sinov topshiriqlarini tayyorlashni tashkil etadilar, baholash mezonlarini va yakunlar chiqarish tartibini tasdiqlaydilar, qatnashchilarning musobaqaga kelishi bilan bogʻliq barcha masalalarni hal qiladilar.
Apellyatsiya komissiyalari olimpiadalar, tanlovlar va musobaqalar qatnashchilarining shikoyatlari va arizalarini koʻrib chiqadilar. Komissiyalarga, zarurat boʻlganda, jyurilar, hakamlar hayʼatlari qarorlarini bekor qilish va ularga oʻzgartirishlar kiritish huquqi beriladi.
8. Olimpiadalar, tanlovlar va musobaqalarning oʻtkazish muddatlari va joylari tegishli hokimliklar bilan kelishiladi, ular qatnashchilarni turar joy, oziq-ovqat bilan taʼminlashda va boshqa tashkiliy masalalarni hal etishda yordam koʻrsatadilar.
9. Akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari musobaqalarini mablagʻ bilan taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan, ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida tuzilgan smetalar boʻyicha amalga oshiriladi.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi olimpiadalar, tanlovlar va musobaqalar topshiriqlarining murakkabligiga qoʻyiladigan talablarning oliy taʼlim muassasalariga qabul qilinadigan abituriyentlar bilimlari darajasiga muvofiq boʻlishini taʼminlaydi.
11. Olimpiada, tanlov va musobaqaning har bir fani uchun xalqaro va respublika musobaqalari gʻoliblari test sinovisiz hamda qoʻshimcha imtihonsiz qabul qilinadigan soha ixtisosliklari roʻyxati har yili Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash vaqtida Taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi 226-son qaroriga 5-ILOVA
Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalari gʻoliblari boʻlgan akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarini taqdirlash tartibi toʻgʻrisida
1. Ushbu Nizom umumtaʼlim fanlari boʻyicha akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarining rasmiy xalqaro va respublika olimpiadalari, badiiy-ijodiy ixtisosliklar boʻyicha maktablar, sanʼat va madaniyat kasb-hunar kollejlari oʻquvchilarining tanlovlari, sport musobaqalari gʻoliblariga tatbiq etiladi hamda taʼlim muassasalariga imtiyozli kirish va pul mukofotlari olish tartibini belgilaydi.
2. Respublika (1-oʻrin) va xalqaro (1—5-oʻrinlar) tanlovlar va musobaqalarning individual turlarida gʻolib chiqqan akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumtaʼlim maktablarining bitiruvchilari oliy taʼlim muassasasiga test sinovlarisiz va qoʻshimcha imtihonsiz qabul qilinadilar.
3. Respublika (1-oʻrin) va xalqaro (1—5-oʻrinlar) tanlovlar va musobaqalarning jamoa turlari gʻoliblari oʻz komandalari tarkibidan — akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumtaʼlim maktablari bitiruvchilaridan oliy taʼlim muassasasiga test sinovlarisiz va qoʻshimcha imtihonsiz qabul qilish uchun uch nomzodni belgilaydilar.
4. Respublika (1-oʻrin) va xalqaro (1—5-oʻrinlar) shaxmat va shashka turnirlarida gʻolib chiqqan akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumtaʼlim maktablari bitiruvchilari pedagogik kadrlar tayyorlaydigan oliy taʼlim muassasasiga test sinovlarisiz va qoʻshimcha imtihonsiz qabul qilinadilar.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 7-yanvardagi 4-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
6. Umumtaʼlim fanlari boʻyicha respublika olimpiadalarida 1 — 3-oʻrinlarni va xalqaro olimpiadalarda 1 — 5-oʻrinlarni egallagan akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumtaʼlim maktablarining XI sinflari bitiruvchilari oliy taʼlim muassasasiga test sinovlarisiz va qoʻshimcha imtihonsiz qabul qilinadilar.
Umumtaʼlim fanlari boʻyicha respublika olimpiadalarida 1—5-oʻrinlarni egallagan umumtaʼlim maktablarining IX sinflari bitiruvchilari akademik litseylar va kasb-hunar kollejlariga respublika tashkiliy qoʻmitasining yoʻllanmasi boʻyicha qabul qilinadilar.
Olimpiadalar gʻoliblariga: xalqaro olimpiadalarda 1, 2, 3, 4, 5-oʻrinlarni egallaganlarga — talaba stipendiyasining tegishli ravishda 10, 9, 8, 7, 6 baravari miqdorida; respublika olimpiadalarida 1, 2, 3-oʻrinlarni egallaganlarga — talaba stipendiyasining tegishli ravishda 3, 2, 1 baravari miqdorida pul mukofotlari belgilanadi.
7. Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari va musobaqalari gʻoliblarini oliy taʼlim muassasasiga imtiyozli qabul qilish taʼlim muassasasi ixtisosliklari bilan olimpiada fanlari, tanlovlar ixtisosliklari, sport turlarining soha boʻyicha mos kelishiga qatʼiy rioya qilingan holda amalga oshiriladi.
8. Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari va musobaqalari gʻoliblarini test sinovlarisiz va qoʻshimcha imtihonsiz oliy taʼlim muassasasiga qabul qilish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi taʼsis etadigan maxsus guvohnoma asosida amalga oshiriladi.
Maxsus guvohnomalar ana shunday imtiyozlarga ega boʻlgan gʻoliblarga beriladi va bu guvohnomalar oliy taʼlim muassasasiga kirish uchun zarur hujjatlar bilan birga qabul komissiyasiga topshiriladi.
9. Xalqaro olimpiadalar, tanlovlar va musobaqalarning gʻoliblari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markaziga, Madaniyat va sport ishlari vazirligiga oʻzlari erishgan natijalarni tasdiqlovchi diplomlarni (1—3-oʻrinlar) yoki jyuri qarorini, sertifikatlarni (4-5-oʻrinlar) maxsus guvohnomalar berilishi uchun asos sifatida taqdim etadilar.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, nazorat tartibida, gʻoliblarga berilgan maxsus guvohnomalarning reyestri bilan bitiruvchilar roʻyxatini test sinovlari oʻtkaziladigan kundan oldin Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasiga taqdim etadilar.
11. Xalqaro badiiy-ijodiy tanlovlar, Olimpiya oʻyinlari, jahon va qitʼa chempionatlarining gʻoliblari oʻzlarining taʼlim muassasasiga kirish boʻyicha imtiyozli huquqlaridan uch yil mobaynida, respublika olimpiadalari, tanlovlari va musobaqalari gʻoliblari esa — ular oʻtkazilgan kundan boshlab bir yil mobaynida foydalanishlari mumkin.
12. Xalqaro (1—5-oʻrinlar) va respublika (1—3-oʻrinlar) olimpiadalari, tanlovlari va musobaqalari gʻoliblariga sportning ham individual, ham jamoa turlari boʻyicha diplomlar bilan birga ushbu Nizomning 5-bandiga muvofiq belgilangan miqdorda pul mukofotlari topshiriladi.
Gʻoliblarga pul mukofotlari, tashkilotchilar taʼsis etgan sovrinlardan qatʼi nazar, topshiriladi.
13. Olimpiadalar, tanlovlar va musobaqalar gʻoliblarini moddiy ragʻbatlantirish uchun mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi smetalarida nazarda tutiladi.
14. Gʻoliblarga diplomlar, maxsus guvohnomalar va pul mukofotlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan tantanali vaziyatda topshiriladi.
15. Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari va musobaqalari gʻoliblari oliy taʼlim muassasasiga qabul qilingandan keyin tuziladigan guruhlar tarkibida xorijiy mamlakatlar taʼlim muassasalariga yuborish uchun ustunlikka ega boʻlish huquqini oladilar.
16. Maxsus guvohnomalar roʻyxatdan oʻtkazilgan tartib raqamiga ega boʻlib, qatʼiy hisobot hujjatlari toifasiga kiradi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazida saqlanadi hamda zarur boʻlganda Madaniyat va sport ishlari vazirligiga beriladi.
Gʻolibning surati boʻlmagan guvohnoma haqiqiy hisoblanmaydi.
Maxsus guvohnoma yoʻqolganda yoki yaroqsizlanib qolganda dublikat berilmaydi.
17. Gʻoliblarning oliy taʼlim muassasasiga oʻqishga imtiyozli kirish masalalari boʻyicha ariza va shikoyatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi 226-son qaroriga 6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston oʻquvchi yoshlarini taqdirlash va moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisida” 1993-yil 25-martdagi 157-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2005-yil 6-iyuldagi 156-son qaroriga ilovaning 3-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 6-7-son, 35-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fan va texnologiyalar rivojlanishini muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 7-avgustdagi PQ-436-son qarori) 2006-yil 2-oktabrdagi 207-son qaroriga 1-ilovaning 1-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 10-son, 73-modda).