1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jinoyat-protsessual qonunchilik]
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING XOʻJALIK PROTSESSUAL KODEKSIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChA KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2008-yil 12-iyunda qabul qilingan Senat tomonidan 2008-yil 28-avgustda maʼqullangan
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi OʻRQ-463-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 2018-yil 1-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustda qabul qilingan 478-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 234-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 2001-yil, № 1-2, 11-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 7, 373-modda; 2007-yil, № 8, 367-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimcha kiritilsin:
1) quyidagi mazmundagi 1921-modda bilan toʻldirilsin:
“1921-modda. Nazorat tartibida protest keltirish toʻgʻrisidagi ariza
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar nazorat tartibida protest keltirish toʻgʻrisidagi arizani ushbu Kodeksning 193-moddasida koʻrsatilgan mansabdor shaxslarga berishga haqli.
Nazorat tartibida protest keltirish toʻgʻrisidagi ariza mazmunan ushbu Kodeks 177-moddasining birinchi qismi talablariga muvofiq boʻlishi lozim. Arizaga sudning hal qiluv qarori nusxasi, agar ish apellatsiya, kassatsiya tartibida ham koʻrib chiqilgan boʻlsa, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlarining qarorlari nusxalari ham ilova qilinadi.
Ushbu moddaning ikkinchi qismi talablariga rioya qilinmagan taqdirda nazorat tartibida protest keltirish toʻgʻrisidagi ariza qaytariladi.
Sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran uch yil oʻtgandan keyin berilgan nazorat tartibida protest keltirish toʻgʻrisidagi ariza koʻrib chiqilmaydi.
Nazorat tartibida protest keltirish toʻgʻrisidagi ariza bir oylik muddatda, ish talab qilib olinadigan va tekshiriladigan hollarda esa ikki oygacha boʻlgan muddatda koʻrib chiqilishi kerak.
Protest keltirish uchun asoslar boʻlmaganda ariza bergan shaxsga arizani qanoatlantirmasdan qoldirish sabablari koʻrsatilib, yozma javob berilishi lozim”;
Protest keltirish uchun asoslar mavjud boʻlganda ushbu Kodeksning 193-moddasida koʻrsatilgan mansabdor shaxs protest keltiradi va uni ish bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudining Rayosatiga yuboradi.
Protestning mazmuni ushbu Kodeks 177-moddasining birinchi qismi talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
Protestning nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi.
Protest keltirgan mansabdor shaxs uni protest koʻriladigan sud majlisi boshlanguniga qadar oʻzgartirish, toʻldirish yoki chaqirib olishga haqli. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar protest toʻldirilganligi, oʻzgartirilganligi yoki chaqirib olinganligi toʻgʻrisida xabardor qilinadi”.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2008-yil 30-sentabrdagi 191 (4601)-sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 29-sentabr,
OʻRQ-184-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 40-41-son, 406-modda)