toggle_night_mode
Hujjat 25.09.2008 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING JINOYAT KODEKSIGA HAMDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING MAʼMURIY JAVOBGARLIK TOʻGʻRISIDAGI KODEKSIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2008-yil 23-iyunda qabul qilingan
Senat tomonidan 2008-yil 28-avgustda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007-yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008-yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 85-modda ikkinchi va uchinchi qismlarining “a” bandi chiqarib tashlansin;
2) 1861-moddaning birinchi qismi dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Etil spirti, alkogolli va tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish ancha miqdorda yoxud shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa”.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar) quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:
1) quyidagi mazmundagi 1861-modda bilan toʻldirilsin:
“1861-modda. Etil spirti, alkogolli va tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish
Etil spirti, alkogolli va tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish —
huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, eng kam ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
2) 245-moddaning birinchi qismi “186” raqamidan keyin “1861 (aksiz markasi bilan markalanmagan tovarlarni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish hollari bundan mustasno)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
3) 264-moddaning birinchi qismi “1791” raqamidan keyin “1861 (aksiz markasi bilan markalanmagan tovarlar qonunga xilof ravishda ishlab chiqarilgan yoki muomalaga kiritilgan hollarda)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
4) 287-moddaning 8-bandi “1763” raqamidan keyin “1861” raqami bilan toʻldirilsin;
5) 291-modda birinchi qismining “d” bandi “1763” raqamidan keyin “1861” raqami bilan toʻldirilsin.
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
 LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2008-yil 25-sentabrdagi 188 (4598)-sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 24-sentabr,
OʻRQ-182-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 39-son, 391-modda)