1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.06.00 Avtomobil transporti;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “AVTOMOTOTRANSPORT VOSITALARI UChUN ROʻYXATDAN OʻTKAZISh DAVLAT RAQAMI BELGILARINING YANGI NAMUNALARINI JORIY ETISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA” 2007-YIL 27-IYUNDAGI 131-SON QARORIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalari uchun roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarining yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 27-iyundagi 131-son qarori sifatli bajarilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Oʻzbekiston Respublikasida avtomototransport vositalari va ularning tirkamalari (yarim tirkamalari) uchun roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarining yangi namunalarini bosqichma-bosqich joriy etish muddatlarini uzaytirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Avtomototransport vositalari va ularning tirkamalari (yarim tirkamalari) uchun roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarining yangi namunalarini tayyorlash uchun sarflash materiallarini sotib olishni moliyalashtirish 2008-yil uchun Ichki ishlar vazirligiga nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida amalga oshirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalari uchun roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarining yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 27-iyundagi 131-son qarorigailovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.M. Xanov va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri B.A. Matlyubov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 18-sentabr,
211-son
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 18-sentabrdagi 211-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalari uchun roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarining yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 27-iyundagi 131-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar